Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


Muntazam xatolikni qanday kamaytirish usullari mavjud?



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   162
1666003133-1

13. Muntazam xatolikni qanday kamaytirish usullari mavjud?
14. Tasodifiy xatolik deganda qanday xatolikni tushunasiz?
15. Nima sababdan faqat tasodifiy xatoliklar baholanadi?
16. K o‘p marotaba o ‘lchash natijalarini qayta ishlash qanday ketma-
ketlikda amalga oshiriladi?
17. Metrologik ta’ minot deganda nimani tushunasiz?
18. Metrologik ta’minotning vazifasi nimalardan iborat?
19. Metrologik ta’minotning nechta tashkil etuvchisi mavjud? Ularning
faoliyati nimalardan iborat?
20. Metrologik ta’ minotning asosiy maqsadi nimadan iborat?
21. O ‘lchashlarning bajarish uslubiyati qanday hujjatlarni o ‘z ichiga
oladi?
83


III BOB.
STANDARTLASHTIRISH FAOLIYATIGA
DOIR TUSHUNCHA VA BILIMLAR
3.1. O‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish
to‘g‘risida»gi Qonuni
O ‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishning tashkiliy 
asoslari O ‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘ri- 
sida»gi Qonuni bilan qonunlashtirilgan. Qonun 1993-yil 28-de- 
kabrda qabul qilingan, 1994-yil 28-fevralda umumiy axborot vosi- 
talarida chop etilgan va shu kundan boshlab kuchga kirgan.
Qonun 4 ta b o ‘lim, 12 ta moddadan iborat b o‘lib, qonunning 
b o ‘limlari quyidagicha nomlanadi:
I b o ‘lim. Umumiy qoidalar;
II b o ‘lim. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar;
III b o ‘lim. Standartlar ustidan davlat nazorati;
IV b o ‘lim. Davlat yo‘li bilan standartlashtirish va nazorat qi- 
lishga doir ishlarning moliyaviy ta’ minoti. Standartlarni qo‘llashni 
rag‘batlantirish.
Qonunning I b o ‘limi 1—5-moddalardan tashkil topgan b o ‘lib, 
u standartlashtirishning asosiy maqsadlari, davlat standartlashtirish 
tizimi, standartlashtirish ishlarini o ‘tkazish, standartlashtirish to‘g‘ - 
risidagi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar va bitimlardan 
iborat.
Qonunning II b o ‘limi 6- va 7-moddalardan tashkil topgan 
b o ‘lib, u me’yoriy hujjatlarning toifalari va ularga qo‘yiladigan 
asosiy talablar, standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlarning 
sertifikatlashtirishda q o ‘llanilishiga bag‘ishlangan.
Qonunning III b o ‘limi 8—10-moddalardan tashkil topgan va 
davlat nazorati organlari va obyektlari, davlat inspektorlari, ularning 
huquqlari va javobgarligi, standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tegishli ma’lumotlar 
keltirilgan.
84


Qonunning IV b o ‘limi 11- va 12-moddalardan tashkil topgan 
b o ‘lib, unda davlat yo‘li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga 
doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, standartlar qo‘llanilishini rag‘ - 
batlantirish keltirilgan.
Qonunda standartlashtirishning asosiy maqsadlari belgilangan:
— iste’molchilar va davlatning mahsulotlar (xizmatlar)ning aholi 
hayoti, sog‘lig‘i va mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi masalalari 
b o ‘yicha manfaatlarini himoya qilish;
— mahsulotning o ‘zaro almashinuvchanligi va mos keluvchan- 
ligini ta’minlash;
— mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
— barcha turdagi boyliklarning tejalishiga ko‘ maklashish;
— ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni 
amalga oshirish;
— tabiiy va texnogen halokatlar va boshqa favqulodda vaziyat- 
larning sodir b o‘lishi ehtimolini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi 
obyektlarining xavfsizligini ta’minlash;
— o ‘lchashlarning birliligini ta’minlash.
O ‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi 
Qonunida respublikada standartlashtirish b o ‘yicha ishlarni o ‘tka- 
zish umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini belgilovchi O ‘z SDT fao­
liyat ko‘rsatishi belgilangan. Bu qoidalarning o ‘zi «O ‘zstandart» 
agentligi tomonidan o ‘rnatiladi. Davlatarxitekturaqurilish (qurilish, 
qurilish industriyasi, shu jumladan, loyihalash va konstruksiyalash 
sohasida), Tabiatni muhofaza qilish davlat q o‘mitasi (tabiiy boy- 
liklardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslanish va boshqa zararli 
ta’sirlardan saqlash sohasida), Sog‘liqni saqlash vazirligi (tibbiyotga 
m o‘ljallangan mahsulotlar, tibbiyot texnikasi buyumlari, dori- 
darmonlar sohasida, shuningdek, respublikada chiqariladigan va 
import b o ‘yicha keltiriladigan mahsulotlarda inson uchun xavfli 
aralashmalar borligini aniqlash masalalari bo‘yicha) o ‘zining vakolat 
doirasida standartlashtirish b o ‘yicha ishlarni tashkillashtirish, 
muvofiqlashtirish va ta’minlash ishlarini olib boradi. Qonunda 
respublikada q o ‘llaniladigan me’yoriy hujjatlar ro‘yxati keltirilgan:
85


• xalqaro (davlatlararo, hududiy) standartlar;
• O ‘zbekiston davlat standartlari;
• tarmoqlar standartlari;
• texnik shartlar;
• ma’muriy-hududiy standartlar;
• korxonalarning standartlari;
• xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Standartlashtirish b o ‘yicha me’yoriy hujjatlarga, shuningdek,
standartlashtirish b o ‘yicha qoidalar, me’yorlar, texnik-iqtisodiy 
va ijtimoiy axborotlar tasniflagichlari (klassifikatorlari) ham kiradi.
Xalqaro (davlatlararo, hududiy), xorijiy me’yoriy hujjatlar 
«O ‘zstandart» agentligi tomonidan belgilangan tartibda qo‘llaniladi. 
Yagona va uzluksiz ta’lim davlat tizimida ta’lim davlat standartlari 
ishlab chiqiladi, respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tas- 
diqlanadi.
Standartlashtirish b o ‘yicha me’yoriy hujjatlar mamlakatimiz 
va xorijiy fan va texnikaning zamonaviy yutuqlariga asoslanishi 
va xalqaro savdo uchun ortiqcha to‘siqlar paydo qilmasligi lozim. 
Raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun o ‘zuvchi (oldindan tuzil- 
gan) standartlar yaratilishi mumkin.
Mahsulotni me’yoriy hujjatlarsiz ishlab chiqarish va xaridga 
q o ‘yish man etiladi.
Mahsulotning aholi hayoti, sog‘lig‘i, mulki xavfsizligini ta’min- 
laydigan me’yoriy hujjatlarning talablari, mahsulotning mos keluv- 
chanligi va o ‘zaro almashinuvchanligi, bularni tekshirish usul- 
larining bir xilligi va bir xil tamg‘ alanishini ta’minlash uchun rioya 
qilinishi shart.
Standartlar va o ‘lchashlar birliligini ta’ minlash ustidan davlat 
nazorati idoralari, obyektlari va subyektlari, davlat nazoratini baja- 
ruvchi davlat inspektorlarining huquqlari va mas’ulligi, shuningdek, 
davlat nazorati subyektlarining va bularga rahbar shaxslarning stan­
dartlashtirish to‘g‘risida qonunlar, standartlardagi majburiy talab- 
larni buzganligi uchun javobgarliklari belgilangan.
Davlat nazorati idoralariga quyidagi huquqlar berilgan:
• aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma 
berish;
86


• jarima solish;
• tadbirkor subyektlarning lavozimli shaxslarini ma’muriy 
javobgarlikka tortish;
• tekshirilgan mahsulotni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki 
xaridga qo‘yish (yetkazib berish, sotish), foydalanish (ekspluatatsiya 
qilish)ni to‘xtatish;
• standartlarning majburiy talablariga mos kelmaydigan va dav- 
lat ro‘yxatidan o ‘tmagan import mahsulotning xaridga qo‘yilishini 
taqiqlash;
• mahsulotni ishlab chiqarish yoki xaridga q o‘yishni (yetkazib 
berish, sotishni) taqiqlash to‘g‘risidagi davlat inspektorining ko‘r- 
satmasini buzganligi uchun jarima yozish.
Jarima sud tomonidan belgilanadi, agar tadbirkor subyekt 
qoidani buzganlikdagi aybini o ‘z b o ‘yniga olsa va jarimani o ‘z 
ixtiyori bilan to‘lashga rozi bo‘lsa, bu to‘g‘rida qaror davlat nazorat 
idoralari tomonidan qabul qilinadi.
O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 
10-noyabrdagi 235-sonli qarori bilan O ‘zbekiston Respublikasida 
standartlar va o ‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risida 
Nizomning jarimaga tortish qismiga o ‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 
kiritilgan (Nizom 1994-yil 12-avgustda 410-sonli hukumat qarori 
bilan tasdiqlangan).
a) 4-modda 5-xatboshi quyidagicha tahrirda bayon etiladi:
«xo‘jalik faoliyati subyektlari mansabdor shaxslariga ma’mu­
riy jazo qo‘llangandan keyin bir yil davomida standartlarning maj­
buriy talablari takroriy buzilganligi uchun xo‘jalik faoliyati subyekt- 
lariga nisbatan sotilgan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida 
jarimalar q o‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish»;
b) quyidagi mazmunda 9-modda q o ‘shimcha kiritilsin:
«9. X o ‘jalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy 
aktivlari summasining 20 foizidan ortiq jarimalarni unga undirila- 
digan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan 
boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda b o ‘lib-bo‘lib to‘lash 
imkonini bergan holda amalga oshiriladi».
87


Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ishlar ro‘yxati belgi- 
langan:
— xalqaro, davlatlararo, hududiy me’yoriy hujjatlarni ishlab 
chiqish yoki qatnashish;
— standartlashtirishning muayyan obyektlari bo‘yicha qonun 
hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish;
— asos b o ‘luvchi tashkiliy-metodik va umumtexnikaviy me’yo­
riy hujjatlarni ishlab chiqish va uning ishlashini ta’minlash;
— texnik-iqtisodiy axborot tasniflagichlarini ishlab chiqish, bular 
to‘g‘risida rasmiy axborot tayyorlash va chop etish, shuningdek, 
barcha foydalanuvchilarga tarqatish:
— umumdavlat ahamiyatidagi ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni 
bajarish;
— standartlarning majburiy talablariga rioya qilish ustidan davlat 
nazoratini amalga oshirish;
— me’yoriy hujjatlar davlat jamg‘armasini shakllantirish va 
olib borish. Standartlar, mahsulot va xizmatlar katalogini belgi­
langan tartibda xaridga qo‘yishdan olingan mablag‘lar, shuningdek, 
standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunlarni buzganligi uchun jarimaga 
tortishdan olingan mablag‘larning bir qismi ham moliyalash manba- 
lari b o ‘lishi mumkin.
Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladigan davlat das- 
turlarini ishlab chiqishda mahsulot sifatini me’yoriy ta’ minlash 
b o ‘limlari nazarda tutilishi lozim.
Muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alangan mahsulot chiqaruvchi 
korxonalarni, shuningdek, an’anaviy texnologiya imkoniyatlaridan 
o ‘zuvchi, istiqbolga m o‘ljallangan talablar standarti b o ‘yicha mah­
sulot ishlab chiqargani uchun iqtisodiy yordam va rag‘batlantirish 
davlat kafolati qonunda ko‘zda tutilgan.
3.2. Standartlashtirish bo‘yicha asosiy tushuncha 
va atamalar
Odatda, biz, «standart b o ‘yicha» degan iborani ko‘p ishlatamiz.
X o ‘sh, standart nima? Standart — ko‘pchilik manfaatdor tomon- 
lar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng
88


maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning 
har xil turlari yoki natijalariga tegishli b o ‘lgan umumiy va takror 
qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar 
va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiq- 
langan me’yoriy hujjatdir.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan nati- 
jalariga asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga 
erishishga yo‘naltirilgan b o ‘lishi kerak.
Standartlar darajasiga ko‘ra, xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, 
milliy va korxona miqyosida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab 
chiqarishga qo‘yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli 
turlarini yaratish va o ‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqa- 
ruvchi, tayyorlovchi va iste’ molchi o ‘rtasidagi munosabatlarni 
yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o ‘z vaqtida yuqori 
sifatli loyiha-konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi 
mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlash va 
kerak b o ‘lsa mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgi- 
laydi.
Standartlashtirish mahsulot muomalada b o ‘lganida va sotish 
bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka)da yaxshi tartib 
va sharoitlar yaratish, yuklash va joylashtirish, omborlarda mah­
sulot sifatini buzmay saqlash, transportda olib yurish, buyumni 
tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil 
etishning eng samarador shakllari haqidagi fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar 
kabi asosiy yo‘nalishlarni bir-biriga bog‘lovchi vosita hamdir.
Standartlashtirish texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishda eng 
oqilona joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat xarajatlari 
va moddiy zaxiralarning ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko‘ril- 
moqda.
Asos b o ‘luvchi umumtexnikaviy standartlar fan, texnika, tex- 
nologiya, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarida, jumladan,
89


standartlashtirish sohasida va shunga yaqin sohalarda ko‘p marta 
foydalaniladigan ilmiy-texnikaviy atamalar va ularning ta’riflarini 
o ‘rnatadi.
O ‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O ‘z SDT)da asosiy 
atamalar va ta’riflar O ‘z DSt 1.10:1998 standartida qabul qilingan 
va ISO/IEC 2:1996 qo‘llanmasiga mos kelib, unda quyidagi asosiy 
atamalar keltirilgan.
Standartlashtirish — haqiqiy mavjud yoki paydo bo‘lishi mum­
kin b o ‘lgan masalalarda barcha tomondan ko‘p marta foydalanish 
uchun ma’lum sohada nizomlar o ‘rnatish vositasida maqbul dara- 
jada tartibga solishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Bu ta’rif mazmuni standartlashtirish mohiyatini yetarlicha aniq 
va chuqur tushunishga imkon beradi. Standartlashtirish faoliyati 
oddiy tartibga solish emas, balki ma’lum sohada tartibga tushirishga 
yo‘naltirilgan. Tartibga solishning darajasi va me’yori ham aniqlan- 
gan — maqbul darajada tartibga solish ko‘zda tutiladi. Tartibga 
solish qanday yo‘l bilan erishiladi? Nizomlar (qoidalar, me’yorlar, 
talablar va b.)ni o ‘rnatish vositasida erishiladi. Bu nizomlar barchaga 
va ko‘p marta foydalanish uchun m o‘ljallangan. Bunda qanday 
masalalar hal etiladi? Haqiqiy mavjud b o ‘lgan masalalar, ya’ni 
shu kunning ehtiyojlari, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va doimiy 
o ‘zgarib turuvchi, tobora o ‘sib borayotgan ehtiyojlarni hisobga 
olgan holda kelajak ehtiyojlari hal etiladi.
Standart — umumkelishuv (konsensus) asosida ishlab chiqilgan 
va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan va ma’lum sohada 
maqbul darajada tartibga solishga yo‘naltirilgan hujjat. Tan olingan 
idorada barcha uchun va ko‘p marta foydalanishga m o‘ljallangan 
faoliyatning turli yo‘nalishlari yoki ularning natijalariga tegishli 
qoidalar, umumiy tamoyillar yoki tavsiflar o ‘rnatiladi.
«Standart» ta’ rifidagi barcha ibora va jumlalar «Standart­
lashtirish» ta’rifidan tanish. Faqat «tan olingan idora tomonidan 
tasdiqlangan» va «konsensus» so‘zlari tushuntirishni talab etadi.
Tasdiqlash darajalari standartlashtirish darajalariga ko‘ra aniq­
lanadi, O ‘z SDT ning asosiy nizomlarida o ‘rnatilgan «tan olingan 
idoralar» ma’nosi kelib chiqadi.
90


Konsensus umumkelishuv ma’ nosini anglatadi. Umumke- 
lishuvda manfaatdor tomonlarning ko‘pchiligida muhim masalalar 
b o ‘yicha jiddiy e’tirozlar b o ‘lmaydi va barcha tomonlarning fikrini 
hisobga olish va mos kelmaydigan nuqtayi nazarlarni bir-biriga 
yaqinlashtirishga intiluvchi jarayon natijasida umumiy kelishuvga 
erishiladi. Konsensus to‘liq yakdillikni bildirishi shart emas, chunki 
standartlashtirishning murakkab obyektlari b o ‘yicha to‘liq yak- 
dillikka amalda erishib b o ‘lmaydi.
Standartlashtirish obyekti — standartlashtirilishi lozim b o ‘lgan 
obyekt. Standartlashtirish obyektlariga mahsulotlar, jarayon yoki 
xizmatlar, shuningdek, har qanday materiallar, komponentlar, 
uskuna-jihozlar, tizimlar, ularning o ‘zaro mos keluvchanligi, tarti- 
botlar (protseduralar), bayonnomalar, vazifalar, ularning faoliyat 
usullari kiradi (3.1-rasm).
Standartlashtirish har qanday obyektning ma’lum jihatlari bilan 
cheklanishi mumkin. Masalan, poyabzalga nisbatan uning o ‘lcham- 
lari va puxtalik mezonlari alohida standartlashtirilishi mumkin.
Bu bilan bir vaqtda, standartlashtirish obyektlarining ko‘p xos­
salarga ega ekanligi va obyektning o ‘z ichida va undan tashqarida 
bog‘lanishlarning murakkabligi bilan tavsiflanishini nazarda tutish 
kerak.
Standartlashtirish har qanday obyektning muayyan jihatlari 
(xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga 
nisbatan yondashiladigan b o ‘lsa, uning katta-kichikligi va pishiq- 
ligini alohida standartlashtirish mumkin.
Standartlashtirish obyekti sifatida xizmat xalqqa xizmat qilish 
(xizmat shartlarini qo‘shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun 
ishlab chiqarish xizmatini o ‘z ichiga oladi. Standartlashtirishning 
boshqa obyektlari faoliyatining biriktirilgan sohalarida O ‘zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat 
arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi 
tomonidan belgilanadi.
Demak, standartlashtirish obyekti — standartlashtiriladigan yoki 
unga yo‘naltirilgan mahsulot, ishlar (jarayonlar) va xizmatlardir.
91


Mahsulotlar 
(xalq iste’moli 
tovarlari, ishlab 
chiqarish vositalari)
Xomashyo va 
tabiiy yonilg‘ilar
Materiallar va 
oziq-ovqatlar
Tayyor
buyumlar
Bir guruhdagi 
mahsulotlarning 
alohida jihatlari:
— atamalar, 
belgil ashlar;
— parametr va 
o ‘lchamlari;
— texnik talablar;
— nazorat usullari;
— tamg‘alash, 
qadoqlash, tashish 
va saqlash qoidalari
Standartlashtirish
obyektlari
Xizmatlar 
(xo‘jalik, ishlab 
chiqarish)
Bir guruhdagi 
xizmatlarning 
alohida jihatlari:
— atamalar;
— texnik talablar;
— baholash 
usullari;
— korxonalarning 
sinflanishi;
— xodimlarga 
talablar
Jarayonlar
(ishlar)
— Mahsulot hayotiy 
siklining alohida 
bosqichlariga 
mansub jarayonlar;
— nomaterial ishlab 
chiqarish bilan 
bog‘liq jarayonlar 
(statistik, bank, 
nashriyot faoliyati);
— boshqaruv 
jarayonlari;
— o ‘lchash jarayon­
lari;
— axborotlarni qayta 
ishlash va hisoblash 
jarayonlari;
— himoyalash 
faoliyati jarayonlari 
(insonlar, tabiat)
3.1-rasm. Standartlashtirish obyektlarining sinflanishi.
Standartlashtirish jihati — tanlangan standartlashtirish obyektini 
standartlashtirish yo‘nalishi b o ‘lib, unga ko‘rsatilgan talablar turini 
aniqlaydi.
O ‘z -o ‘zidan standartlashtirish jihati muayyan bir guruhdagi 
mahsulot yoki xizmatlar bo‘lib, atama va ta’riflar, sinflanish, asosiy 
parametrga talablar, saqlash, tashish va vosita hamda usullariga
92


talablar, nazorat usullari va vositalari, metodlariga talablar va 
boshqalar hisoblanadi.
Standartlashtirish sohasi o ‘zaro aloqador standartlashtirish 
obyektlari majmuasi deb ataladi. Kimyo sanoati, mashinasozlik, 
transport, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot, ekologiya va boshqalar 
standartlashtirish sohasi b o ‘lib hisoblanadi. Masalan, kimyo sa­
noati standartlashtirish sohasi bo‘lsa, kimyo sanoatining standart­
lashtirish obyektlari b o ‘lib texnologik jarayonlar, mahsulotlar, qu- 
rilmalarning xavfsizligi va ekologikligi hamda boshqalar hisoblanadi.
Standartlashtirish obyektlarining parametrlarini optimal- 
lashtirish — standartlashtirishning iqtisodiy, texnik va ijtimoiy 
samaralarini moddiy va mehnat sarflari hamda tabiiy boyliklar 
sarfi bilan nisbatini aniqlash, shuningdek, ilmiy-texnikaviy va ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini xalq xo‘jaligi va aholining ehtiyojlari bilan 
kelishtirish.
Standartda «Standartlashtirish sohasi», «Standartlashtirish dara­
jasi», «Kompleks standartlashtirish», «Oldindan standartlashtirish», 
«Standartlashtirish b o ‘yicha texnik qo‘mita», «Standartlashtirish 
bo‘yicha tayanch tashkilot», «Asos bo‘luvchi standart», «Birxillash- 
tirish» va boshqa atamalarning ta’ riflari berilgan.
Standartlashtirish tarmoqlararo tizimining atamalar standartlari 
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Bunday standartlar jumlasiga, 
masalan, quyidagilar kiradi:
— konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi — sanoat kor- 
xonalari, buyumlari, hujjatlari;
— sertifikatlashtirish milliy tizimi;
— texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotni tasniflash va kodlash- 
ning yagona tizimi — shtrixli kodlashni avtomatik aynan o ‘xshatish 
(identifikatsiyalash);
— O ‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi — asosiy va 
umumiy atamalar, o ‘lchash vositalari va ularning parametrlari, 
metrologik xizmat, analitik tekshirishni metrologik ta’minlash;
— mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni tashkil qilish tizimi;
— sifat tizimi — sifat menejmenti tizimi. Asosiy qoidalar va 
lug‘at;
93


— mahsulot sifatini sinash va tekshirish;
— mahsulot sifati;
— o ‘zaro almashinuvchanlik asosiy me’yorlari. Joizliklar va 
o ‘tkazishlar yagona tizimi; yuzaning g‘adir-budurligi; yuzalarning 
joizliklari, shakllari va joylashishlari;
— mahsulot sifatini statistik boshqarish usullari;
— xizmatlar.
3.3. Standartlar toifalari va ularning turlari
O ‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashish obyekt- 
lariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyi- 
dagi toifalari amal qiladi:
— xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
— O ‘zbekiston Respublikasining standartlari;
— tarmoq standartlari;
— texnikaviy shartlar;
— korxonalarning standartlari;
— xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Xalqaro standart (ISO va h.k.) — standartlashtirish bilan 
(standartlashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot 
tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga 
yaroqli b o ‘lgan standart.
Mintaqaviy standart (M G S ) — standartlashtirish bilan shu- 
g‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va 
iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli b o ‘lgan hujjat.
Davlatlararo standart (ГОСТ) — standartlashtirish, metro­
logiya va sertifikatlashtirish b o ‘yicha davlatlararo kengash tom o­
nidan qabul qilingan, bajarilishi shart b o ‘lgan hujjat.
Milliy standart (O ‘z DSt) — standartlashtirish bilan shug‘ul- 
lanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar­
ning keng doirasiga yaroqli b o ‘lgan standart.
Korxona standarti (KSt) — mahsulot, xizmat yoki jarayonga 
korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va u tomonidan 
tasdiqlangan hujjat.
94


Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat 
doirasida standartlar yangidan yaratilishi hamda xalqaro, min­
taqaviy va davlatlararo standartlarni to ‘g‘ridan to‘g‘ri q o ‘llash 
mumkin.
Standartlardan tashqari, rahbariy hujjatlar, texnikaviy shartlar, 
standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar (qoidalar) 
ham mavjuddir.
Rahbariy hujjat (RH ) deganda, standartlashtirish idoralari va 
xizmatlarning vazifalari, burchlari va huquqlari, ularning ishlari 
yoki ishlarining ayrim bosqichlarini bajarish usullari, tartibi va 
mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat tushuniladi.
Texnikaviy shartlar (TSH ) — buyurtmachi bilan kelishilgan 
holda, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi tomonidan 
tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) b o ‘lgan texnikaviy talab­
larni belgilovchi me’yoriy hujjat.
Y o‘riqnoma (qoidalar) — ishlar yoki ularning ayrim bosqich- 
larining mazmuni va tarkibini belgilovchi me’yoriy hujjat.
«O ‘zstandart» agentligi, «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi, Davlat 
tabiatni muhofaza qilish q o‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi 
standartlashtirish b o ‘yicha tarmoqlararo ishlarni tashkil qilish va 
muvofiqlashtirish uchun o ‘z huquqlari doirasida y o ‘riqnomalar, 
qoidalar, nizomlar, uslubiy ko‘rsatmalar, rahbariy hujjatlar va 
tavsiyalarni ishlab chiqadilar va manfaatdar tomonlar bilan kelishil- 
gan holda tasdiqlaydilar.
O ‘zbekiston Respublikasining standartlarini ishlab chiqish, 
kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi O ‘z DSt 1.0-1998 
va O ‘z DSt 1.1-92 standartlari bilan belgilanadi.
Standartlashtirish obyektining o ‘ziga xos xususiyatlari va unda 
belgilanadigan talablar mazmuniga bog‘liq ravishda O‘zbekiston 
Respublikasi davlat standartlashtirish tizimi asosiy turdagi standart- 
larni nazarda tutadi:
— asos b o ‘luvchi standartlar;
— umumtexnikaviy standartlar;
— texnikaviy shartlar (mahsulot, jarayon, xizmatlar uchun) 
standartlari;
— texnikaviy talablar standartlari;
95


— nazorat usullari (sinovlar, tahlillar, o ‘lchashlar, ta’riflar) 
standartlari.
Lozim bo‘lgan taqdirda mahsulotning asosiy texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari, uning nomlari (turlari), oqilona tarkibi va boshqa 
talablarni aniq belgilaydigan bir turdagi mahsulot guruhiga standart 
ishlab chiqilishi mumkin.
Asos bo‘luvchi standartlar tashkiliy-texnik jarayonlarning baja- 
rilishi, ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llash jara- 
yonlari tartibi (qoidalari), shuningdek, faoliyatning muayyan soha- 
sida ishlarni tashkil etishning asosiy (umumiy) qoidalarini belgi- 
laydi.
Umumtexnikaviy standartlar mahsulotning texnikaviy jihatdan 
bir-biriga mos b o ‘lishi va o ‘zaro almashinuvini ta’minlash uchun 
zarur b o ‘lgan ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni q o‘l- 
lashning umumtexnikaviy talablari, shuningdek, mehnat xavf- 
sizligi, atrof-muhitni (ekologiyani) himoya qilish, zararli ta’sirlardan 
(shovqin, tebranish va boshqalardan) himoya qilish, namunaviy 
texnologik jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish (sinash) 
usullari, hujjatlarni birxillashtirish talablarini belgilaydi.
O ‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari va texnikaviy shart- 
larini ishlab chiqish, odatda, har bir manfaatdor korxona va tashki- 
lotning muxtor vakili b o ‘lgan mutaxassislardan tashkil topgan 
texnikaviy qo‘mitalar (TQ) kuchi bilan yoki standartlashtirish bo‘ - 
yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Standartlar turlari. Standartlashtirish obyektining o ‘ziga xos 
xususiyatidan va unga o ‘rnatilgan talablaridan kelib chiqib quyidagi 
turdagi standartlar ishlab chiqiladi: asos b o ‘luvchi standartlar; 
mahsulot (xizmat)ga standartlar; ishlar (jarayonlar)ga standartlar; 
nazorat usullari (sinash, o ‘lchash, tahlillar) standartlari.

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin