Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə14/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

AVTOTO‘XTATGIChLAR

  1. Avtoto‘xtatgichli va himoya uchastkalariga ega bo‘lgan avtoblokirovka svetoforlari yaqinida, taqiqlovchi ko‘rsatkichli svetofordan o‘tib ketgan poyezd (tarkib)ning avtomatik tarzda tezkor tormozlanishini keltirib chiqaruvchi elektromexanik yo‘l avtoto‘xtatgichlari o‘rnatiladi.

Yo‘li rivojlangan bekatlarda, tarmoqda o‘rnatilgan poyezdlar harakatini signallashtirish vositalaridan qatiy nazar, yarim avtomatik tarzda ishlaydigan kirish va chiqish svetoforlari yaqinida, hamda bir-biriga zid marshrutlar va birlashtirish tarmoqlarini to‘suvchi manyovr svetoforlari yaqinida elektromexanik yo‘l avtoto‘xtatgichi o‘rnatiladi.
Bekatlarda harakat kam bo‘ladigan marshrutlarni to‘suvchi svetforlar yaqinida, hamda park yo‘llaridagi manyovr svetoforlari yaqinida avtoto‘xtatgich o‘rnatilmasligi mumkin.

  1. Yo‘l avtoto‘xtatgichining skobasi yo‘lning o‘ng tomonida svetofordan oldin 20 metrdan ortiq bo‘lmagan masofada o‘rnatilishi lozim.

1964 yildan keyin qurilgan bekatlarda harakat tarkibining aylanishi yoki to‘xtab turishiga mo‘ljallangan yo‘llarda manyovr svetoforining yo‘l avtoto‘xtatgichi skobasi mazkur svetoforning ajratuvchi chegarasi ortida, yo‘nalish bo‘yicha 0,7 -1,0 metr masofada o‘rnatiladi.
kesishuvchi s'yezdlari bo‘lgan bekatlardagi tarkibning aylanishiga mo‘ljallangan yo‘lda, manyovr svetofori oldida dublyor avtoto‘xtatgich o‘rnatiladi.

  1. To‘suvchi holatdagi yo‘l avtoto‘xtatgichi skobasi markazidan eng yaqin harakat relsi golovkasining ichki qirrasigacha bo‘lgan masofa 308 mm bo‘lishi va uning kamayish yoki ko‘payish tomonga og‘ishi 20 mm dan oshmasligi lozim.

Yo‘l avtoto‘xtatgichi skobasi relslar golovkalari sathidan 85 mm balandlikda bo‘lib, ko‘payish tomonga og‘ishi 5 mm dan oshmasligi kerak.

  1. Berk yo‘llarda tirgaklar oldida, yo‘l avtoto‘xtatgichi gabaritlariga ega bo‘lgan inertsion avtoto‘xtatgichlar va avtoto‘xtatgichlarning qo‘zg‘almas skobalari o‘rnatiladi.

Inertsion avtoto‘xtatgich asosiy yo‘lda poyezdlar tarmoqning ohirgi bekatiga kelganida o‘rnatiladi, platforma yaqinida poyezdning to‘xtashini nazorat qilish vositalari o‘rnatilgan bekatlar hamda ochiq yer usti yo‘l qismlaridagi bekatlar bundan mustasno.
Bekatlarda, poyezdlar harakatiga teskari qiyaliqda joylashgan asosiy yo‘lda, yo‘lovchilar platformasining ohirida, poyezdning so‘ntgi vagoni orqasiga, bir tomonlama ta’sirga ega bo‘lgan inertsion to‘xtatgichlar o‘rnatilishi mumkin.



Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin