Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


LOKOMOTIVNING TEZLIKNI AVTOMATIK RAVIShDA TARTIBGA SOLUVChI AVTOMATIK SIGNALIZATSIYaSI



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə12/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

LOKOMOTIVNING TEZLIKNI AVTOMATIK RAVIShDA TARTIBGA SOLUVChI AVTOMATIK SIGNALIZATSIYaSI
(ALS-ARS)



  1. Lokomotivning tezlikni avtomatik ravishda tartibga soluvchi avtomatik signalizatsiyasi quyidagilarni ta’minlashi lozim:

rels zanjirlari va poyezd qurilmalariga oldindagi yo‘l uchastkalarining bandligi yoki bo‘shligi, marshrutning tayyorligi yoki tayyor emasligiga qarab ruxsat etilgan eng katta tezlik haqidagi signal talabini uzatish;
poyezdning boshqaruv kabinasiga ruxsat etilgan eng katta tezlik yoki harakatni ta’qiqlovchi va to‘xtashni talab qiluvchi signal belgisini berish;
uzluksiz ravishda ruxsat etilgan me’yoriy tezlikni nazorat qilish va poyezd (harakat tarkibi) tomonidan mazkur tezlik oshirilganda avtomatik ravishda tormozlanish;
poyezd tezligi ruxsat etilgan me’yorgacha kamayganida yoki mashinist xushyorligini tasdiqlaganidan keyin harakat tarkibining tormozlanishini avtomatik ravishda bekor qilish;
band bo‘lgan yo‘l uchastkasi oldida, rels zanjiri yaxlitligi buzilgan yo‘l uchastkasi oldida, poyezd (tarkib) signal talablarini qabul qilish qoidasini buzganida, qizil chiroqli svetofor oldida, tezlik oshirilib mashinist tomonidan ALS-ARS qurilmasining tormozlanish signalini qabul qilgani tasdiqlamaganda poyezdning (tarkibning) to‘liq to‘xtaguniga qadar avtomatik ravishda tormozlanishi;
poyezdning ARS qurilmalari o‘chirib qo‘yilganida mashinist xushyorligini nazorat qilish;
poyezd (tarkib) to‘xtaganidan keyin uning harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
rels zanjiriga harakatni taqiqlovchi signal talabi berilganida yoki unda chastota mavjud bo‘lmaganida xushyorlik tepkisi (pedali) bosilgan holatda poyezdning 20 km/soatdan ortiq tezlikda harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik.
ALS-ARS asosiy signallashtirish vositasi bo‘lgan tarmoqlarda poyezdlar harakatlanganida ALS-ARS jihozlari ishlamay qolgan holda uning o‘rnini bosa oladigan dublyor vositalar (yoki tezlikni cheklash vositalari) qo‘llanilishi lozim. Dublyor vositalari (yoki tezlikni cheklash vositalari)dan foydalanish tartibi metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilanadi.

  1. Ikki poyezd oralig‘idagi eng kichik masofa, ruxsat etilgan eng katta tezlikda harakatlanayotgan ikkinchi poyezd uchun ALS-ARS qurilmasi orqali tormoz berilganida, hisoblab chiqilgan tormozlanish masofasidan kam bo‘lmasligi kerak.

  2. O‘tkazish qobiliyatini oshirish maqsadida, ALS-ARS qo‘shimcha tarzda, oldinda ketib borayotgan poyezd tezligini tashqaridan nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan bo‘lsa, ikki poyezd oralig‘idagi masofani qisqartirishga ruxsat beriladi.

Poyezdning ARS qurilmalari o‘chirib qo‘yilganda, poyezdning tormozlanishi ta’minlanishi lozim.

  1. Asosiy, tarkiblarning aylanishi va to‘xtab turishiga mo‘ljallangan hamda yangi qurilayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan yo‘nalishlardagi tarmoqlarning tutashish yo‘llari, shuningdek mazkur tarmoqlarda foydalanishga mo‘ljallangan elektr poyezdlari ALS-ARS qurilmalari bilan jihozlanishi zarur.

Park yo‘llarida ALS-ARS qurilmalari bilan asosiy yo‘llar yoki tarmoqlarning tutashish yo‘llari, shuningdek tarkiblarning tekshirishga mo‘ljallangan yo‘llarga chiqish qismini ajratib turuvchi svetoforlarning oldi uchastkalari jihozlanadi.

  1. Vagonlarni ko‘tarib ta’mirlash, yuvish va havo oqimi bilan tozalashga mo‘ljallangan depo yo‘llaridan tashqari yo‘llar qoida tariqasida poyezdning ALS-ARS jihozlarini tekshirish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.




Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin