Mavzu: Qizil kitob Reja: Qizil kitob va uning o’rni
Mavzu: Qizil kitob
Reja:
1. Qizil kitob va uning o’rni.
2. O’zbekiston qo’riqxonalarining qisqacha tarixi.
3. O’zbekiston “Qizil kitobi”ning zarurligi.
4. Kelajak oldidagi burchimiz.
"Qizil Kitob ― bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida ozining tabiat boyliklarini asrash mas'uliyatini olgan".
(Xalqaro Qizil Kitobdan)
Qizil kitob va uning orni
Qizil Kitob - nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qaygu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yoqolib ketayotgan hayvon zotlari va osimlik turlarini ozida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob - harakatga chaqiruvchi kitobdir.
Dunyoning kopgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yoqolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, osimliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2- tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida soz yuritiladi.
Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini oziga tortib, hamma mintaqada mashhur boldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bolib, uning har bir varagi har xil rangdadir. Har qaysi rangni oz ma'nosi bolib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va osimlik turlarining yoqolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.
Yer yuzida hayvon zotlari va osimlik turlarining yoqolib ketishining ikki sababi bor bolib, birinchi sababi ― bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa ― (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o;simliklar dunyosi, ayniqsa, ormonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni ormonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda ormonlarning holatini yaxshi deb bolmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd m3 hajmda ormonlar qirqilmoqda. FАО ma’lumotlariga ko’ra bu ko’rsatkich yaqin yillar ichida 1,5 martaga ortishi mumkin.
Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o’rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo’lgan o’rmonlarning yarmidan kopi kesib tashlanmoqda. 160 mln gektar tropik ormonlar vayron bolgan, atigi yiliga 11 mln gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi Qizil Kitob yaratilishiga sabab boldi (1-jadval).
1-jadval
Yoqolish xavfidagi turlar soni
(Xalqaro «Qizil Kitob» malumoti boyicha)
Dostları ilə paylaş: |