1. Qizil kitob va uning o’rni. O’zbekiston qo’riqxonalarining qisqacha tarixi. O’zbekiston “Qizil kitobi”ning



Yüklə 29,97 Kb.
səhifə3/4
tarix21.10.2023
ölçüsü29,97 Kb.
#159147
1   2   3   4
Mavzu Qizil kitob Reja Qizil kitob va uning o’rni-fayllar.org

Ikkinchi Qo’riqxona - 1947 yilda Toshkent oblastining Ohangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 451,6 km2 va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi. O’simlik dunyosida 1100 dan ortiq daraxt va butalar turi bor. Qoyalarda 2 tur archa o’sadi, daryolar bo’ylari qarag’ayzorlar bilan qoplangan, qo’riqxona hayvonlarga boy. Bu yerda Sibir tog’ echkisi, to’g’iz, Turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, tulki, Menzbir sug’uri, jayra, relikt yumronqoziq, irbis va turli qushlar qo’riqlanadi. Ugom-Chotqol tabiiy milliy bog’ 1990-yilda tashkil etilgan, maydoni 5760 km2.

Nurota tog’-yong’oq qo’riqxonasi Jizzax viloyatining Forish tumanida Nurota tog’larining shimoliy yonbag’irlarida 1975-yili noyob hayvon turi Seversev qo’ylarining populyatsiyasini saqlash va yong’oq turlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan. Bu yerda 900 ga yaqin o’simlik turlari uchraydi, ularning ayrimlari endemic: Viktoriya, Korolkov, Velikiy lola turlari, Yelena chinniguli, Suvorov piyozi, poyali piyoz, Seversev ungeriyasi, daraxtsimon o’simliklar asosan soylar bo’yida uchraydi. Bu yerda asosiy o’rmon hosil qiluvchi turlarga yong’oq, yovvoyi o’rik, olxo’ri, olma, tut, tol teraklar, qayrag’och toshloq yonbag’irlarda xandon pista va Buxoro bodomi o’sadi. Maydoni 17752 km2.

Hayvonot olami ham juda boy. Bu yerda karakanga tulkisi, cho’l bo’risi, korsak, tosh suvsar, jayra, tolay quyoni va to’g’iz keng tarqalgan. Cho’l hayvonlaridan bu qo’riqxonada uzunoyoq kirpi, qizil dumli, katta qumsichqonlar va Seversov tovushkonini umumkin. Qizil kitobga kiritilgan Seversov qo’yi, berkut va boshqalar bu qo’riqxonada qo’riqlanadi.


Qizilsuv tog’-archa davlat qo’riqxonasi 1975-yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida tashkil qilingan. Umumiy matdoni 30094 ga, uning 4192 gektari o’rmon bilan qoplangan. 400 dan ortiq o’simlik turlari o’sadi. Hayvonot olami ham boy, turli sutemizuvchi hayvonlarning 23 turi mavjud. Qushlarning 66 turi uchraydi, ulardan 27 turi shu yerda qishlaydi. Oq tirnoqli ayiq, bars, Markaziy Osiyo silovsini, qizil sug’ur, Pamir oqtishi, tolay quyoni va Markaziy Osiyo takasi qo’riqlanadi.
Miroki davlat qo’riqxonasi 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tashkil qilingan. Oqsuv va Tanxozdaryo havzalarida joylashgan. Qo’riqxona hududida Seversov muzligi ― o’zbekistondagi yirik muzliklardan biri joylashgan. Bu yerda g’orlar ko’p, lekin ular hali yaxshi o’rganilmagan. Oqsuv daryosida juda chiroyli sharshara mavjud.
Qo’riqxonada o’sadigan o’simliklarning ko’pi oziq-ovqat, dori-darmon va manzaraliligi bilan katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Maksimovich rovochi, anzur piyozi, kiziliya, tog’ rayhon, kiyik o’ti, lolalar, shirach, tog’olcha, qoraqant va boshqalar ko’p uchraydi.
Hayvonot olami ham ancha boy. Qorli cho’qqilarda bars yoki uning izlarini uchratish mumkin. Archzorlarda Turkiston silovsini va oq tirnoqli ayiq hayot kechiradi. Qo’riqxonaning janubiy qismida Markaziy Osiyo takasi, bo’ri, tulki, jayra, qizil sug’ur, tolay quyoni tarqalgan. Qo’riqxonada turli sayroqi va yirtqich qushlarni uchratish mumkin.
Payg’ambar Orol qo’riqxonasi. 1971-yilda Amudaryodagi payg’ambar orol qo’riqxona deb e’lon qilingan. Umumiy maydoni 4043 gektar, shundan 964 gektari to’qayzor. Qo’riqxona Amudaryo yuqori oqimining to’qayzor namunasi sifatida saqlash maqsadida tashkil qilingan. Bu yerda asosan Buxoro bug’usi-xongul muhofaza etiladi.
Baday to’qay davlat qo’riqxonasi 1971-yilda Qoraqalpog’iston hududida, Amudaryoning quyi oqimida tashkil qilingan. To’qay o’rmonlari va u yerdagi hayvonlarni saqlash maqsadida ochilgan.
1975-yilda Samarqand viloyatida maydoni 2360-2518 gektar bo’lgan Zarafshon davlat qo’riqxonasi tashkil etildi. Bu qo’riqxonani ornitologik deb atasa ham bo’ladi, chunki bu yerda asosan turli qushlar keng tarqalgan (160 dan ortiq tur). Asosiylaridan biri Zarafshon qirg’ovulidir.
Abdusamad davlat qo’riqxonasi 1978-yilda tashkil etilgan bo’lib, maydoni 2158 ga, shundan 1459 gektari to’qayzor. Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan. Farg’ona vidysida saqlanib qolgan kichik-kichik noyob to’qayzorlar va shu yerlarda uchraydigan Sirdaryo qirg’ovuli, suv parrandalari hamda boshqa to’qayzorga xos bo’lgan jonivorlarni saqlash maqsadida tashkil qilingan.
Qorako’l cho’l davlat qo’riqxonasi 1971 (1990)-yilda Buxoro viloyatida amu-Qorako’l kanallari atroflaridagi uchar qumlarni saksovul-buta o’simliklari bilan mustahkamlash, irrigatsion inshootlarning qum ostida qolishidan himoya qilish, Janubiy Qizilqum fauna va flora majmualarini tiklash, uchib o’tish davrida qushlarning dam olishi va oziqlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil qilingan maydoni 10000 ga.
Vardanzil davlat qo’riqxonasi 1975-yilda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tashkil qilingan. Asosiy maqsadi, qadimiy Vardanzi shahrining xarobalari va 50 yoshlik saksovul daraxtlarini muhofaza qilish. Maydoni 3 km2.
Arnasoy davlat qo’riqxonasi 1983-yilda Jizzax viloyatida tashkil qilingan. Maydoni 63 ming gektar. Uning tarkibiga Tuzkon ko’li ham kiradi. Asosan qushlar qo’nib o’tadigan paytida dam olishga qo’nadigan qushlarni muhofaza qilish maqsadida ochilgan. Bu yerda jingalak birqozon, qora va kulrang laylaklar, g’oz, qirg’ovul va loyxo’raklarni uchratish mumkin.
Biosfera qo’riqxonalari – inson xo’jalik faoliyatining tabiatga ta’sirini ayrim regionlar va sayyora ko’lamida o’rganish, baholash, ularni nazorat qilib turish uchun xalqaro va milliy darajada tashkil etiladigan qo’riqxonalardir. Atrof-muhit ustidan sayyora miqyosida nazorat sistemasi, biosfera qo’riqxonalari ma’lumotlariga asoslanadi.
O’zbekistonda mavjud Nurota tog’-yong’oqzor qo’riqxonasi asosida biosfera qo’riqxonasi tashkil etilgan.
O’zbеkistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimiga umumiy maydoni 2164 kvadrat kilomеtr bo’lgan to’qqizta davlat qo’riqxonasi, 6061 kvadrat kilomеtr maydonni egallagan ikkita milliy bog’, maydoni 12186,5 kvadrat kilomеtrni o’z ichiga olgan to’qqizta davlat buyurtmaxonasi va bitta noyob hayvon turlarini ko’paytirish bo’yicha Rеspublika markazi (“Jayron” Ekomarkazi) kiradi. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 20520 kvadrat kilomеtr yoki rеspublika umumiy hududining 5,2 foizini tashkil qiladi. Shulardan yirik va e’tiborni jalb qiladigan Chotqol o’rmon-tog’ biosfеra qo’riqxonasi (356,8 kv.km) Chotqol tog’ tizmasining g’arbiy tarmog’ida joylashgan. Yana Hisor (814,3 kv. km) va Zomin (268,4 kv. km) tog’-archa qo’riqxonalari, Qoraqalpog’istonda joylashgan Baday-To’qay (tеkislik-to’qayzordagi 64,6 kv. km maydonni egallagan o’rmonlarni himoyalaydi) qo’riqxonasi, Qizilqum (101,4 kv.km) va Zarafshon (23,5 kv.km) vodiy-to’qayzor qo’riqxonalari, Surxon o’rmon-tog’ (2136,9 kv.km) va Kitob (53,7 kv.km.) gеologiya qo’riqxonalari ona tabiatimiz musaffoligi asralayotgan juda so’lim go’shalardir.
Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy bog’larimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma'lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, ko’payishi, fiziologiyasi, tabiati o’rganiladi.



Yüklə 29,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin