Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


METROPOLITEN YO‘LLARINING KESIShISh VA



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə8/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

METROPOLITEN YO‘LLARINING KESIShISh VA
TUTAShISh JOYLARI



  1. Metropoliten yo‘llarining o‘zaro, hamda boshqa turdagi transport tarmoqlari bilan kesishishi turli sathlarda amalga oshirilishi lozim.

  2. Metropoliten yo‘llarining elektr uzatish va aloqa tarmoqlari, neft quvurlari, gaz quvurlari va suv quvurlari, hamda boshqa yer usti va yer osti kommunikatsiyalari va inshootlari bilan kesishishi metropoliten boshlig‘ining ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Bunday kesishish joylarida zarur hollarda poyezdlar harakati xavfsizligi va uzluksizligini taminlovchi maxsus himoya vositalar o‘rnatilishi lozim. Bunday himoya vositalarning loyihalari metropoliten Boshqarmasi bilan kelishilishi lozim.

  1. Temiryo‘llarni metropolitenning asosiy va bekat yo‘llariga tutashtirish taqiqlanadi.

Temiryo‘llarni elektrlashtirilmagan park yo‘llari va boshqa bekat yo‘llariga tutashtirilishiga metropoliten boshlig‘ining ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin.

  1. Metropolitenning foydalanilayotgan tonnellari yangi qurilayotgan tonnel uchastkalaridan foydalanilayotgan tonnel tomonidan boshqariladigan yaxlit beton tutashtirgichlar yoki metall konstruktsiyalar bilan ajratilishi kerak.



TUTAShUV RELSI



  1. Tutashuv relsi belgilangan harakat tezligi hamda har qanday iqlim sharoitida uzluksiz ravishda tok uzatilishini ta’minlashi lozim.

  2. Tutashuv relsining ishchi yuzasi harakat relslari golovkasi sathidan 160 mm balandlikda bo‘lishi, bunda uning ko‘rsatilgan me’yordan oshishi yoki kamayishi 6 mm dan oshmasligi kerak.

Tutashuv relsi o‘q chizig‘idan eng yaqin harakat relsi golovkasining ichki qirrasigacha bo‘lgan masofa 690 mm bo‘lishi, bunda me’yordan oshishi yoki kamayishi 8 mm dan oshmasligi kerak.

  1. Tutashuv relsi harakat relslari va tonnel qurilmalardan elektr izolyatsiya qilingan, yong‘inga chidamli materialdan yasalgan himoya qutisi bilan yopilgan bo‘lishi lozim.

  2. Tutashuv relsi bo‘linmalarini metall qismlarining uchlari oralig‘i uzunligi kamida 14 m bo‘lgan berkitilmaydigan havo oraliqlari bilan alohida izolyatsiya qilingan sektsiyalarga (fider zonalarga) ajratilishi kerak. Bir vagonning tok qabul qilgichlari bilan qamrab olinmaydigan bunday havoli oraliqlar tortuvchi dvigateli o‘chirilgan poyezdlar harakatlanadigan joylarda, asosiy yo‘llar bekatlarida - yo‘lovchilar platformasi boshlanishidan kamida 50 m uzoqlikda joylashishi lozim.

Strelkali o‘tkazgichlar, chorrahali tutashish va metall qurilmali joylarda tutashuv relsining berkitiladigan havo oraliqlarining uzunligi 10 m dan oshmasligi kerak.
Qurilayotgan tarmoqlarda asosiy yo‘llarning tutashuv relsini qabul qiluvchi uchlarida qiyaligi 1/30, uzatuvchi uchlarida qiyaligi 1/25 bo‘lgan kontsevoy otvodga ega bo‘lishi kerak. Ishlayotgan tarmoqlarda qayta jihozlanish amalga oshirilmagunicha qiyaligi 1/25 bo‘lgan chetki ajratmadan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Qurilayotgan tarmoqlarda park yo‘llarining tutashuv relsini sektsiyaarga ajratilishi to‘rt-besh yo‘lning tutashuv relsini elektr tokidan o‘chirish imkoniyatini nazarda tutishi lozim.
Tutashuv tizimini elektr tarmog‘iga ulash, sektsiyalarga ajratish chizmalari metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.



Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin