Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə4/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

INShOOTLAR VA QURILMALAR


2-BOB
UMUMIY QOIDALAR



  1. Metropoliten inshootlari va qurilmalari soz holatda saqlanib poyezdlarni belgilangan eng katta tezliklarda harakatlanishini ta’minlashlari lozim.

Har qanday nosozlikning oldini olish hamda inshootlar va qurilmalarning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash, ularni ta’mirlash uchun mas’ul shaxslarning ishlarida asosiy narsa bo‘lishi kerak.
Inshootlar qurilmalarning holati uchun javobgarlik ularga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, shuningdek bekatlar, uchastkalar, distantsiyalar, elektrodepolar, ushbu inshootlar va qurilmalarga mas’ul xizmatlar rahbarlari zimmasida bo‘ladi.
Ushbu xodimlarning har biri o‘zining lavozim majburiyatlariga muvofiq, o‘z uchastkasida inshootlar va qurilmalardan foydalanish qoidalari va holatini bilishi, ularni muntazam ravishda tekshirib turishi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning yuqori sifatini ta’minlashi lozim.

  1. Metropoliten bo‘linmalari o‘rtasida inshootlar va qurilmalarga xizmat ko‘rsatish chegaralari, ularni saqlash uchun javobgarlik va mas’uliyat metropoliten boshlig‘ining buyrug‘i bilan belgilanadi.

  2. Inshootlar, qurilmalar, mexanizmlar va asbob-uskunalar tasdiqlangan hujjatlar va texnik shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Asosiy inshootlar va qurilmalar, mexanizmlar va jihozlarning texnik pasportlari bo‘lib, ular asosiy texnik va foydalanish tavsiflarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.

Inshootlar va qurilmalarning tuzilishlariga o‘zgartirish kiritish mazkur inshoot va qurilmalar hujjatlarini tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarga metropoliten boshlig‘i bilan kelishilgan holda ruxsat etiladi.
Shahar ma’muriyatining tegishli idoralari bilan kelishilgan holda, metropoliten boshlig‘ining ruxsati bilan inshootlarning me’morchilik bezaklariga o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yiladi.
Asosiy inshootlar va qurilmalarning tasnifi, davriy ta’mirlash muddatlari, ularni saqlash me’yorlari metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
Inshootlar va qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va saqlash bo‘yicha namunaviy texnologik jarayonlar metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Yangi qurilgan va qayta barpo qilingan tarmoq, inshoot, qurilma va binolar “Qurib bitkazilgan temiryo‘l transporti va metropoliten obektlarini foydalanishga qabul qilish” Qoidalari asosida qabul komissiyalari tomonidan doimiy foydalanishga qabul qilinadi va faqatgina ulardan foydalanish tartibini belgilaydigan texnik hujjatlar tasdiqlangandan so‘ng hamda ushbu inshootlar va qurilmalarga xizmat ko‘rsatadigan ishchilarning ushbu hujjatlar bo‘yicha bilimlari tekshirilgandan keyin ishga tushiriladi.

Kapital ta’mirlangan inshootlar va qurilmalar normativ hujjatlarda belgilangan tartibda foydalanishga kiritiladi.


GABARIT



  1. Metropoliten inshootlari va qurilmalari Davlat standarti bilan belgilangan binolar va jihozlarga yaqinlashuv gabaritlari talablarini qondirishi lozim.

Binolar va jihozlarning yaqinlashuv gabaritlariga rioya etilishiga inshootlar va qurilmalarga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, shuningdek metropolitenning tegishli bo‘linmalari boshliqlari javobgar bo‘ladilar.
To‘g‘ri yo‘l uchastkalari, shuningdek egrilik radiusi 500 m va undan ortiq bo‘lgan uchastkalarda yonma-yon joylashgan yo‘llarning o‘q chiziqlari orasidagi masofa quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak:
oralig‘ida tayanchi bo‘lmagan ikki yo‘lli tonnellardagi asosiy yo‘llarda- 3400 mm;
1963 yilgacha qurilgan oralig‘ida tayanchi bo‘lmagan ikki yo‘lli tonnellardagi asosiy yo‘llarda - 3300 mm;
Ko‘priklar va estakadalarda - 3700 mm; Yer usti uchastkalaridagi asosiy yo‘llarda, kesishuvchi s'yezdlar yotqizilgan joylarda va harakat tarkibining ortga qaytishi uchun mo‘ljallangan yo‘llarda - 4000 mm;
Park yo‘llarida - 4200 mm;
Depo yo‘llarida - 4500 mm;
Temiryo‘l harakat tarkibi harakatlanishiga mo‘ljallangan park yo‘llarida - 4800 mm.
Egri uchastkalarda yo‘lning o‘q chizig‘i bilan peregon va bekatlardagi inshootlar va qurilmalarning yaqinlashuv gabaritlari o‘rtasidagi gorizontal masofalar, inshootlar va qurilmalarning yaqinlashuv gabaritlarini qo‘llashga doir ko‘rsatmalar bilan belgilanadi.
Ta’mirlash ishlari davomida relslarning golovkalari darajasining loyihadagi belgisiga va yo‘llarning rejadagi holatiga o‘zgartirishlarga faqat metropoliten boshlig‘ining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi..

  1. Ochiq harakat tarkibidagi yuklar (qadoqlanishi va mustahkamlanishidan kelib chiqib) belgilangan yuklash gabariti doirasida joylashtirilishi lozim.

Yo‘lning yoniga tushirilgan yoki yuklash uchun tayyorlab qo‘yilgan materiallar yoki jihozlar ularning yaqinlashuv gabaritlari buzilmaydigan holatda joylanishi va mahkamlab qo‘yilishi kerak.

Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin