Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


yilgacha kamida bir yilda bir marta



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə6/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

5 yilgacha kamida bir yilda bir marta.
5 yildan 10 yilgacha kamida har uch yilda bir marta.
10 yildan ortiq kamida har besh yilda bir marta.
Yo‘l distantsiyalari bekatlarning sxematik planlari, asosiy va bekat yo‘llarining ko‘ndalang kesimlari hamda rejalariga ega bo‘lishi lozim. Ushbu hujjatlarga barcha o‘zgartirishlar o‘z vaqtida kiritib borilishi lozim.
Yo‘l rejasi va profili, hamda tonnel qoplamasini tekshirish tartibi, shuningdek bekatlar va yo‘llarining ko‘ndalang kesimlarining sxematik planlarini tuzish tartibi metropoliten Boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
TUPROQ TO‘ShAMA, YO‘LNING USTKI QURILMASI
VA SUN’IY INShOOTLAR



  1. Tuproq to‘shamaning ustki kengligi loyiha hujjatlariga muvofiq bo‘lishi lozim.

Metropoliten yo‘llarining yangi qurilayotgan yer usti uchastkalarida tuproq to‘shamaning ustki kengligi qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim.

  1. Tonnellarda, butun yo‘l davomida yo‘lning ustki elementlari, tonnel qurilmalari, jihoz va uskunalardan suvni to‘la chetga chiqarish tarmog‘i bilan ta’minlanishi lozim.

Yer usti uchastkalarining tuproq to‘shamasi mustahkamligini ta’minlanishi uchun tuproq to‘shamasi suvni chetga chiqarish tarmog‘i, shaklining o‘zgarishiga qarshi va mustahkamlovchi qurilmalarga ega bo‘lishi kerak.

  1. Yo‘lning to‘g‘ri va 600 metr va undan katta radiusli bo‘lgan egri uchastkalarida rels golovkalarining ichki qirralari oralig‘ining kengligi 1520 mm bo‘lishi lozim.

Bundan keskin egri uchastkalarda rels golovkalarining ichki qirralari oralig‘ining kengligi quyidagi radiuslarga monand o‘lchamlarga ega bo‘lishi kerak:
599 metrdan 400 metrgacha 1530 mm
399 metrdan 125 metrgacha 1535 mm
124 metrdan 100 metrgacha 1540 mm
100 metrdan kam 1544 mm
Yo‘lning to‘g‘ri va egri uchastkalarida rels golovkalarining ichki qirralari oralig‘ining kengligining og‘ishi kengayish yo‘nalishida +6 mm, va torayish yo‘nalishida - 4 mm, radiusi 100 m va undan kichik bo‘lgan egri uchastkalarda esa og‘ish kengayish yo‘nalishida +2 mm dan katta bo‘lmasligi kerak.
Mavjud yo‘llarda ularni 1520 mmli izga o‘tkazilgunga qadar izning kengligi yo‘lning to‘g‘ri uchastkalarida, hamda 200 m va undan katta radiusli egri uchastkalarda 1524 bo‘lishiga ruxsat beriladi. rels golovkalarining ichki qirralari oralig‘i kengligining og‘ishi kengayish bo‘yicha +6 mm dan va torayish bo‘yicha - 4 mm dan katta bo‘lmasligi lozim.
1520 mm li izga o‘tkazish tartibini metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
Agar relslarning yon tomoni yemirilgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan me’yorlardan og‘ishlarning yo‘l qo‘yiladigan miqdorlarini metropoliten boshlig‘i belgilaydi.

  1. Yo‘lning ikkala izining relslari golovkalarining yuqori qismi to‘g‘ri yo‘lda bir xil balandlikda bo‘lishi lozim.

Yo‘lning to‘g‘ri uchastkalarida butun yo‘l mobaynida bir rels izi ikkinchisidan 4 mm balandlikda bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Yo‘lning burilish uchastkalarida tashqi rels balandliklari burilish radiusi va yo‘l bo‘ylab harakat tezligi bog‘liq ravishda qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq belgilanadi.
Tashqi rels izining balandligi 120 mm dan oshmasligi lozim. Zarur hollarda metropoliten Boshqarmasi ruxsati bilan asosiy yo‘lning burilish uchastkalarida tashqi rels chizig‘ining maksimal balandligi 120mm dan oshishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Yo‘lning egri uchastkalarida rels izlari joylashish sathining belgilangan me’yorlardan oshig‘i 4mm dan oshmasligi kerak.

  1. Maxsus nazoratni talab etuvchi inshootlar (rivojlanishi poyezdlar harakati xavfsizligi darajasini pasaytirishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar, nuqsonlar va shakl o‘zgarishlariga ega bo‘lgan inshootlar) ro‘yxati, ularni nazorat qilish tartibi, shuningdek shakli o‘zgarayotgan va og‘ir injenerlik-geologik sharoitlarda bo‘lgan yer qatlami uchastkalarini nazorat qilish tartibi metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.

  2. Inshootlar yong‘inga qarshi vositalar bilan belgilangan meyorlar asosida ta’minlangan bo‘lishlari lozim.

  3. Relslar, davriy ravishda yo‘l xizmati boshlig‘i tasdiqlagan jadvalga binoan defektoskopli vagon va defektoskopli aravachalar yordamida tekshirilib turishi lozim.

  4. Tonnellar va yer usti uchastkalaridagi relslar metall qurilmalar, jihozlar, suvquvurlari, kabel qobiqlari, yo‘lning beton to‘shamasi va shag‘alli ballastlarga tegmasligi hamda ulangan bo‘lmasligi kerak. Ular o‘rtasidagi oraliq 30 mm dan kam bo‘lmasligi lozim.

Depo yo‘llaridagi relslar ham yerga ulangan qurilmalar va inshootlar konstruktsiyalaridan elektr izolyatsiya qilingan (ajratilgan) bo‘lishi kerak.

  1. Qurilayotgan yo‘llarda yo‘l qurilmalari, yo‘l devorlari, platforma osti maydonlari, shamollatish shahobchasi (ventkiosk) va boshqa inshootlarda shovqinni yutish va tebranishdan himoya qilish vositalari ko‘zda tutilishi lozim.

  2. Tonnel yoki yopiq yer usti uchastkalarida poyezdni yurgizuvchi samarali tortuvchi tokning miqdori bir yo‘lning ikkala relsida 1500 A dan ortgan yo‘lovchilar oqimining “tig‘iz” vaqtida o‘tkazilgan amaliy o‘lchovlardan keyin relslarni grafitli moylama bilan ulangan joyiga metropoliten Boshqarmasi bilan kelishilgan holda qo‘shimcha elektr tutashtirgichlar o‘rnatiladi.




Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin