Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə9/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

SIGNAL VA YO‘L BELGILARI



  1. Signal va yo‘l belgilari metropoliten harakati yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lining o‘ng tomonida o‘rnatiladi, yer usti yo‘llarida jihozlar yaqinlik gabariti saqlangan holda ikki yo‘l oralig‘idagi o‘q chiziq bo‘ylab joylashtirilishi mumkin.

Signal va yo‘l belgilari tasdiqlangan turga mos bo‘lishi lozim.

  1. Strelka o‘tkazgichlari yaqinida va tonnellarda yo‘llar birlashadigan boshqa joylarda chegaralovchi reykalar, yer usti yo‘llarida esa - chegaralovchi ustunlar o‘rnatiladi.

Chegaralovchi ustunlar ikki yo‘l o‘rtasida, chegaralovchi reykaar esa ikki yo‘l oralig‘ida o‘rnatiladi. Tutashuvchi yo‘llar o‘q chiziqlari orasidagi masofa quyidagicha bo‘ladi:
tonnellarda va yer usti uchastkalarida 3400 mm
1963 yilgacha qurilgan yo‘llarda 3300 mm
temiryo‘l harakat tarkibining aylanishi
uchun mo‘ljallangan park yo‘llarida 4100 mm
Yo‘lning egri uchastkalarida bu masofalar qurilmalar va uskunalarning yaqinlashuv gabaritlarini qo‘llash haqidagi ko‘rsatmalarga muvofiq uzaytirilishi lozim.


YO‘LNI TO‘SISh VOSITALARI



  1. Yo‘lni to‘sish vositalari (tushirib yuboruvchi bashmaklar yoki strelkalar) to‘sib turgan holatda harakat tarkiblarini ular joylashgan yo‘ldan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.

Yo‘lni to‘sish vositalari, burilish to‘sinlari va berk yo‘llardagi tirgaklar yo‘l to‘silganini ko‘rsatuvchi belgilar balan jihozlangan bo‘lishi kerak.


YO‘L XONALARI VA BINOLARI



  1. Yo‘llar va inshootlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun, shuningdek mexanizmlar, uskunalar, ashyolar va asboblarni saqlash uchun bekatlar va o‘tish tonnellarining maxsus joylarida xonalar, yer usti yo‘llarida esa - yo‘l binolari nazarda tutilishi lozim.

Mazkur binolar va xonalar tarmoqda xizmat ko‘rsatish uchastkalari bo‘yicha bir me’yorda joylashishi kerak.



Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin