Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


-bob ESKALATOR XO‘JALIGI INShOOTLARI VA QURILMALARI



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə20/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

8-bob
ESKALATOR XO‘JALIGI INShOOTLARI VA QURILMALARI


UMUMIY TALABLAR



  1. Eskalatorlar yo‘lovchilarni xavfsiz tashilishini ta’minlashlari lozim.

  2. Eskalatorlarning asosiy tavsiflari, ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari Eskalatorlar tuzilishi va ulardan foydalanish qoidalari hamda shuningdek texnik shartlariga to‘g‘ri kelishi lozim.

Eskalatorlarning elektr uskunalari va yerga ulanishi Elektr uskunalarni o‘rnatish qoidalariga javob berishi kerak.
Foydalanishda bo‘lgan eskalatorlarning pasport tavsiflarini o‘zgarishiga olib keluvchi o‘zgartirishlarga eskalatorlarni loyihalash bo‘yicha ixtisoslashgan (bunday huquqqa ega bo‘lgan) tashkilot xulosasi bo‘lgan taqdirda metropoliten Boshqarmasining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

  1. Har bir eskalator «Eskalatorlarni o‘rnatish va ulardan foydalanish qoidalari» talablariga mos keluvchi pasportga ega bo‘lishi lozim.

Eskalator pasporti uni ishlab chiqargan zavod tomonidan alohida qismlar va detallarni ishlab chiqargan korxonalar hujjatlari bilan birga beriladi.

  1. Har bir eskalator uning eng katta yuklamada ko‘tarishga ishga tushirish imkonini beruvchi bosh yuritmaga, hamda tamirlash-reviziya ishlarini bajarish uchun zinapoya 0,04 m/s dan katta bo‘lmagan tezlikda harakatlanishini taminlaydigan yordamchi yuritmaga ega bo‘lishi kerak.

Eskalatorlarni zinapoyadagi yo‘lovchilar holatini nazorat qiluvchi avtomatika qurilmalar bilan jihozlashga yo‘l quyiladi.

  1. Eskalator berk turda avtomatik tarzda ishlaydigan reduktorning kirish valida joylashgan ishchi tormozi bilan jihozlanishi lozim. Bu tormoz bosh yoki yordamchi yuritma elektr dvigatelini har o‘chirilganida foydalanish yuklamasi saqlangan va eskalator belgilangan to‘xtash masofalari doirasida to‘xtagan taqdirda kamida ikki karra zahirani ta’minlovchi kuch bilan ishlashi zarur. Ikki yoki undan ortiq tormoz qo‘llanganida ularning har biri kamida 1,1 ga teng bo‘lgan tormoz momenti zahirasiga ega bo‘lshi lozim. Bundan tashqari, har bir eskalator bosh valda o‘rnatilgan va pastga tushayotgan eskalator tezligi 30% dan ortiq ko‘tarilganida yoki tepaga ko‘tarilayoggan eskalatorning harakat yo‘nalishi o‘z-o‘zidan o‘zgarganida, ishchi tormoz ishlamay qolganida zinapoyani to‘xtatuvchi avtomatik tarzda ishlaydigan avariya tormozi bilan jihozlanishi lozim.

Eskalator yuritmasidagi mexanik ulanish ajratilgan holda ishlar amalga oshirilganida, shuningdek ishchi tormoz buzilganida eskalator zinapoyasi belgilangan holatda to‘xtatib qo‘yilishi kerak.

  1. Eskalator quyidagi hollarda elektr dvigatelini to‘xtatib qo‘yuvchi blokirovkalash vositalari bilan jihozlanishi lozim:

eskalator tutqichi uzilganida yoki haddan tashqari cho‘zilganida;
tutqich to‘xtab qolganida;
tortma stantsiya karetkasining bitta yoki ikkita yulduzchasini yuritma tomonga yoki teskari tomonga 30 mm atrofida siljiganida;
avariya tormozi gaykasi o‘z-o‘zidan buralib bo‘shab qolganida;
ishchi yoki avariya tormozi ishlab ketganida;
siljiydigan kirish maydonchasi ko‘tarilganida;
zinapoyani kirish maydonchalari oldida ko‘tarilishi yoki tushib qolishi holatida.
Yo‘lovchilar tashish xavfsizligini oshiruvchi boshqa blokirovkalar ham o‘rnatilishi mumkin.
Mazkur blokirovkalash vositalari shunday tuzilishga ega bo‘lishi lozimki, ularning birortasi (LT-5 rusumli eskalatorning ishchi tormozi va ET-5 rusumli eskalatorning kirish maydonchasidan tashqari) ishlab ketganida, eskalator faqat majburiy tarzda boshlang‘ich holatga keltirilganidan so‘ng ishga tushirilishi mumkin bo‘lishi lozim.
Eskalatorni to‘xtatish uchun balyustradaning yuqori va pastki ogolovniklarida, shuningdek pastki grebenkalar oldidagi kabina va nazorat punktida «To‘xta» deb yozilgan o‘z-o‘zidan qaytmaydigan yoqib-o‘chiruvchilar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Sxema bilan blokirovkalashga ega bo‘lgan «To‘xta» deb yozilgan o‘z-o‘zidan qaytmaydigan qo‘shimcha yoqib-o‘chiruvchilar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi.

  1. Eskalatorlar xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni xavfsiz ishlashini ta’minlovchi himoya to‘siqlari va maydonchalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

  2. Mashina xonasi va unga tutashuvchi ajratish (demontaj) shaxtasi yuritma elementlarini montaj, demontaj va transportirovka qilishga mo‘ljallangan, yuk ko‘tarish vositalari bilan jihozlanishi kerak.

  3. Eskalator elektr yuritmalari chizmalari mashina xonalarida ko‘zga yaqqol tashlanadigan joylarga osib qo‘yilishi va bu hujjatlarga barcha o‘zgartirishlar o‘z vaqtida kiritilishi lozim.




Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin