Yo‘lovchilar avtomatikasi uskunalari bekatning zaruriy zahira imkoniyati va istiqboldagi rivojlanishini inobatga olib eng katta 15 minutli yo‘lovchilar oqimini o‘tkazilishini ta’minlashi lozim.
Ayrim bekatlar kirish yoki chiqish uchun almashlab foydalanishi mumkin bo‘lgan avtomatik nazorat punktlari bilan jihozlanishi mumkin.
Operatorlarning kabinalari kirishni avtomatik nazorat qilish punktlari, nazorat o‘tkazish punkti ishini kuzatish va yo‘lakni berkitish vositalari, kassa xonalari esa — pulni maydalash avtomatlarini ishlashini nazorat qilish vositalari bilan jihozlanishi lozim.
Kirish va chiqishni avtomatik nazorat qilish punktlari, hamda nazorat o‘tkazish punktlari yo‘lovchilar o‘tishini avtomatik hisobga olish vositalari bilan jihozlanishi mumkin.
STSB VA ALOQA TARMOQLARI
Qurilayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan tarmoqlarda dispetcherlik markazlashuvi, poyezdlar harakatini avtomatik boshqarish, nozimlik aloqasi, podstantsiyalar, eskalatorlar, muhandislik-texnikaviy ta’minot vositalarini teleboshqaruvining o‘zaro zahiradagi simlari kollektorlarning turli bo‘linmalari va qoida tarzida, turli peregon tonnellarida yotqiziladigan alohida kabellarga ulanishi kerak.
STSB va aloqa tarmoqlari shikastlanganida ularni tiklash ishlari quyidagi tartibda amalga oshirilishi lozim:
elektr markazlashtirish va avtoblokirovka tarmoqlari, ALS-ARS ;
poyezd nozimlik aloqasi va poyezd radioaloqasi tarmoqlari;
elektr nozimlik aloqasi tarmoqlari;
tonnel va strelka aloqasi tarmoqlari;
qolgan STSB tarmoqlari, aloqa va yong‘inga qarshi signallashtirish tarmoqlari.
STSB VA ALOQA VOSITALARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISh
Har xil bog‘lanishlarni amalga oshiruvchi STSB jihozlari berkitilgan va tamg‘alangan bo‘lishi kerak. Ularni ochish, faqat signallashtirish va aloqa xizmatining vakolatli xodimlariga, bu haqda Yo‘llar, strelka o‘tkazuvchi, STSB va aloqa vositalari, hamda tutashuv tarmog‘ini tekshirish daftarida (DU-46 shakldagi tekshirish daftarida) oldindan qayd etilishi sharti bilan yo‘l quyiladi.
STSB jihozlaridagi tamg‘alarning butligi uchun mazkur jihozlardan foydalanuvchi navbatchi xodimlar javobgar bo‘ladi.
zarur bo‘lgan hollarda jihozlardan, uskunalardan va ularni ishlatish tugmalaridan tamg‘alarni yechishga, shuningdek hisoblagichli tugmalarni (shu jumladan yordamchi tugmalarni) ishlatishga markazlashtirish posti navbatchisiga, bu haqda poyezd nozimi va STSB elektromexanigiga zudlik bilan xabar berish sharti bilan, dipetcherlik markazlashuvi tarmoqlarida esa - poyezd nozimiga bu haqda STSB elektromexaniga zudlik bilan xabar berish va Tekshirish daftarida qayd etish sharti bilan ruxsat etiladi.
Elektr markazlashtirish vositalaridan foydalanish tartibi mahalliy yo‘riqnoma bnlan belgilanadi.
Signallashtirish distantsiyasi va aloqa distantsiyasi, ulardagi mavjud STSB va aloqa vositalari, hamda ular xizmat ko‘rsatuvchi boshqa vositalarning chizmalari va tavsiflariga, tegishli standartlar va me’yorlarga ega bo‘lishi kerak. Mazkur hujjatlarga barcha o‘zgarishlar o‘z vaqtida kiritilishi lozim.
STSB qurilmalariga doir namunaviy yechimlar, STSB qurilmalarini loyihalashga ixtisoslashgan (bunday huquqqa ega bo‘lgan) tashkilot xulosasi bo‘lgan taqdirda metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
STSB qurilmalarining bog‘lanishlariga vaqtinchalik o‘zgarishlar faqat signallashtirish va aloqa xizmati boshlig‘ining ruxsati bilan, harakat xizmati boshlig‘i bilan kelishilgan holda, uzog‘i bilan bir kunga, uzoq muddatga esa - metropoliten boshlig‘ining ruxsati bilan kiritilishi mumkin.
Markazlashtirish posti navbatchisining ruxsatisiz, ishlarni amalga oshiruvchi rahbarning bu haqda Tekshirish daftarida oldindan qayd etmasidan, yo‘li rivojlanmagan bekatda esa - bekat navbatchisining ruxsatisiz va yuqoridagi daftarda qayd etmasdan turib, STSB qurilmalari va uskunalarini qayta jihozlash, ko‘chirish, ta’mirlash, sinovdan o‘tkazish va almashtirish ishlarini, hamda o‘rnatilgan bog‘lanishlarning buzilishi yoki ishining vaqtincha to‘xtashiga olib keluvchi boshqa ishlarni, shuningdek nosozliklarni bartaraf etish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Markazlashtirilgan nozimlik tarmog‘ida bunday ishlar poyezd nozimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
Qurilmalar bekatlardan ancha uzoqda joylashgan hollarda mazkur qurilmalarning ishga tushirilishi, shuningdek nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha kutilmagan ishlarni amalga oshirish uchun olisdagi qurilmalarning vaqtincha o‘chirib qo‘yilishi haqidagi yozuvlarni poyezd nozimi va Markazlashtirish posti navbatchisiga (yo‘li rivojlanmagan bekatlarda- bekat navbatchisiga) tonnel aloqasi orqali uzatib qayd etish va Tekshirish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziluvchi telefonogramma bilan almashtirilishi mumkin, bunda ishlar rahbari mazkur telefonogrammani keyinchalik Tekshirish daftarida shaxsiy imzosi bilan tasdiqlashi lozim.
O‘rnatilgan bog‘lanishlarni buzmagan holda alohida STSB qurilmalari va uskunalarini almashtirish va o‘chirib qo‘yish Markazlashtirish posti navbatchisining ruxsati bilan, yo‘li rivojlanmagan bekatda - bekat navbatchisining (markazlashtirilgan nozimlikka ega tarmoqlarda — poyezd nozimining) ruxsati bilan Tekshirish daftarida qayd etilmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Bunday qurilma va uskunalarni almashtirish va o‘chirib qo‘yish ishlarining ro‘yxatini metropoliten Boshqarmasi tasdiqlaydi.
Ishlayotgan STSB qurilmalarini sinovdan o‘tkazish, barcha hollarda Markazlashtirish posti navbatchisining ruxsati bilan va uning nazorati ostida, dispetcherlik markazlashuviga ega tarmoqlarda poyezd nozimning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Signal uskunalarining yoritilganligi signal ko‘rsatkichlarining poyezd mashinisti ish joyidan aniq ko‘rinishini ta’minlashi zarur.
Svetoforlar, taklif qiluvchi signallar va marshrut ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida va uzluksiz yoritilishi uchun javobgarlik signallashtirish distantsiyalari boshliqlari zimmasiga, strelka ko‘rsatkichlari va yo‘l to‘siqlari ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida va uzluksiz yoritilishi uchun javobgarlik bekatlar boshliqlari zimmasiga yuklatilgan.
Bekat yo‘llaridagi signal uskunalarini yoritish vositalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash tartibini metropoliten boshlig‘i belgilaydi.
Signallashtirish distantsiyasi xizmatchilari svetoforlarning signallari va marshrut ko‘rsatkichlarini doimiy ravishda aniq ko‘rinib turishini, strelkalar, signallar va rels zanjirlarining kodlanishi, shuningdek rels zanjirlaridagi ALS-ARS signal chastotalarining belgilangan miqdorini tekshirib turilishini ta’minlashlari shart.
Har safar svetofor chiroqlari almashtirilganidan so‘ng STSB elektromexanigi svetoforlar signal ko‘rsatkichlarining ko‘rinish darajasini yo‘ldan turib tekshirishi lozim.
Asosiy yo‘llar va tarkiblarning aylanish yo‘llaridagi svetoforlarning signallari va marshrut ko‘rsatkichlarining ko‘rinish darajasi hamda ALS-ARS qurilmalarining barqaror ishlashi elektr poyezdni boshqarish bosh kabinasidan:
STSB katta elektromexanigi mashinist-yo‘riqchisi bilan birga - har oyda kamida bir marta, shuningdek STSB qurilmalarini ta’mirlash va svetofor golovkalarining holatini o‘zgartirish bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilganida;
signallashtirish distantsiyasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan elektrodepo boshlig‘ining tasarruf etish bo‘yicha o‘rinbosari bilan birga - har chorakda kamida bir marta va yangi o‘rnatilgan signallar ulanganidan keyin tekshirilishi lozim.
Poyezd va manyovr radioaloqasining ravon ishlashi elektr poyezdni boshqarish bosh kabinasidan:
aloqa katta elektromexanigi elektrodepo radio ustasi bilan birga - har oyda kamida bir marta;
aloqa distantsiyasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan elektrodepo boshlig‘ining tasarruf etish bo‘yicha o‘rinbosari bilan birga - har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
ALS-ARS, poyezdlar harakatini avtomatik tarzda boshqarish, poyezd radioaloqasi qurilmalarining soz ishlashi, sozligi vagon-laboratoriya yordamida metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan jadvalga ko‘ra vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi kerak.
Tekshiruv natijalari signallashtirish, aloqa va harakat tarkibi xizmatlari tomonidan birgalikda ko‘rib chiqilishi lozim.
Rels zanjirlari va tokni qaytarish tarmog‘ining uzluksiz ishlashini taminlovchi alohida qismlarning saqlanishi uchun javobgarlik quyidagilarga yuklanadi:
rels zanjirlari uskunalari (yo‘l relelari, transformatorlar, filtrlar, generatorlar va boshqalar), drossellar, drossel-transformatorlar va ularning orasidagi o‘rta shinalar, yo‘l qutilari, yuqorida ko‘rsatilgan qurilmalar bilan relslar oralig‘idagi barcha tutashtirgichlar, elektr tortqili birlashtirgichlar, birlashtiruvchi yo‘llarning relslari o‘rtasidagi strelka birlashtirgichlari, transpozitsiyalar, strelka garniturasi fundament ugolniklar izolyatsiyasi, STSB qurilmalari yerga ulanishini, shuningdek rels zanjirlarining shuntga ta’sirchanligini taminlash uchun javobgarlik -signallashtirish distantsiyasiga;
izolyatsiyalovchi chegaralarni, chegara birlashtirgichlari, ostryaklar ildizi va krestovina usoviklari yaqinidagi strelka birlashtirgichlari, shpallar va ballast qatlamining tok kamayishiga qarshiligi me’yorlariga muvofiqligi; strelkalarga havo xaydash armaturalari, ostryak sirg‘asi va bog‘lovchi polosalarning izolyatsiyalovchi detallari, shuningdek harakat relslari golovkalarining toza holatda saqlanishi uchun javobgarlik - yo‘l distantsiyasiga;
podstantsiyalardan drossellarning o‘rta shinalari yoki relslarning tortish yo‘llariga qarab tortilgan asosiy va qo‘shimcha tortib oluvchi kabellar; drossellar o‘rtasidagi bo‘ylama va ko‘ndalang tutashtiruvchi kabellar; tarmoqlar va bekat yo‘llari rels zanjirlarini bosh yo‘llarning rels zanjirlari bilan birlashtiruvchi kabellar va ajratgichlar; elektr toki bilan harakatlanuvchi tarkibni tekshirishga mo‘ljallangan yo‘l drossellarining o‘rta shinalarini tortqili rels tarmoqlari yoki drossellarning o‘rta shinalari bilan birlashtiruvchi kontaktorlar, kabellar va simlar; 825 V kabellarning nollanishi (nol simiga ulanishi), elektrodepoga kiraverishdagi park yo‘llarida o‘rnatilgan yo‘llar o‘rtasidagi kabel birlashtirgichlarning saqlanishi uchun javobgarlik - elektr ta’minoti distantsiyasiga;
park yo‘llari bilan depo yo‘llari o‘rtasidagi ajratuvchi chegaralarni shuntlovchi ajratgichlar va kabellar, manfiy shinalar va ulardan park yo‘llarigacha tortilgan kabellar, shuningdek harakat tarkibining g‘ildirak juftlari rels zanjirlarining ishonchli shuntlanishini ta’minlaydigan holatda bo‘lishi uchun javobgarlik - elektrodepoga yuklanadi.
STSB va aloqa vositalaridan foydalanuvchi xodimlar ulardan foydalanish tartibiga o‘qitilishi, hamda ularning bilimlari tekshirilgan bo‘lishi lozim.
Signallashtirish distantsiyasi boshlig‘i va aloqa distantsiyasi boshlig‘i, STSB va aloqa vositalaridan foydalanuvchi boshqa xizmatlar xodimlarini o‘qitish, hamda ularning bilimi va mazkur vositalardan foydalanish borasidagi tajribalarini tizimli ravishda tekshirib borishi uchun tegishli xodimlarni tayinlaydilar.