Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə26/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

HARAKAT TARKIBI
11-bob


UMUMIY TALABLAR



  1. Elektrodepo, elektr tokida harakatlanuvchi tarkiblarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalari, ta’mirlash bazalari, motovozlar deposi, hamda harakatdagi tarkib xo‘jaligi boshqa inshoot va qurilmalarini joylashtirish va texnik jihozlash poyezdlar harakatining belgilangan soni, harakat tarkibidan eng unumli tarzda foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sifatini yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashi lozim.

  2. Harakat tarkibi uzluksiz ishlashi va harakat xavfsizligi ta’minlanishi uchun doimo soz holatda saqlanishi kerak.

Harakat tarkibi ishida biron-bir nosozlikni paydo bo‘lishi haqida ogohlantirish va uning belgilangan ish muddatlarini ta’minlash, harakat tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash mas’ul shaxslarning asosiy ishi bo‘lishi lozim.

  1. Yangi qurilayotgan harakat tarkibining turlari va ularning asosiy texnik tavsiflari hukumat tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Asosiy bo‘linmalarining chizmalari, texnik shartlari yetkazib beruvchi tomonidan metropoliten boshlig‘i bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Xo‘jalik ahamiyatiga ega harakat tarkibi: elektrovozlar, motovozlar, drezinalar, platformalar, agregatlar va maxsus ahamiyatga ega mashinalarni yaratishga texnik shartlarni metropoliten boshlig‘i tasdiqlaydi.

  1. Vagonlarning barcha elementlari mustahkamligi, chidamliligi va texnik holati bo‘yicha vagonlar uchun texnik shartlarda belgilangan poyezdlarning eng katta tezliklarda xavfsiz va tekis harakatlanishini ta’minlashi lozim.

  2. Foydalanishga qabul qilingan harakat tarkibining konstruktsiyasiga faqat metropoliten boshlig‘ining ruxsati va harakat tarkibini ishlab chiqqan tashkilot bilan kelishilgan holda o‘zgartish kiritishga yo‘l qo‘yiladi.

  3. Harakat tarkibi Davlat standarti tomonidan belgilangan harakat tarkibi gabariti (o‘lchamlari) talablariga javob berishi kerak. Foydalanishda bo‘lgan harakat tarkibi qismlarining ostidan relslar golovkasining ustki yuzasigacha bo‘lgan eng kichik oraliq, shuningdek mazkur oraliqni tekshirish tartibi metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilanadi.

  4. Yangi qurilgan harakat tarkibini foydalanishga topshirishdan avval, metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilangan tartibda sinovdan o‘tkazilishi va qurib beruvchi korxonadan qabul qilinishi lozim.

  5. Harakat tarkibining har bir birligi quyidagi aniq ajralib turuvchi belgilar va yozuvlarga ega bo‘lishi kerak: raqamb, ishlab chiqargan korxonani belgi taxtachasi, tara og‘irligi, rezervuarlar va nazorat uskunalarining tekshirilganligi haqida yozuvlar va jadvallar. Harakat tarkibining boshqa belgi va yozuvlari metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilangan tartibda kiritiladi.

  6. Har bir harakat tarkibi birligiga texnik va foydalanish tavsiflari ifodalangan texnik pasport - yuritilishi lozim.

  7. Elektr poyezdlar tezlik o‘lchagich, tezlikni avtomatik ravishda tartibga soluvchi avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi (ALS-ARS), harakat tarkibining ishga layoqatini diagnostika qilish va qayd etish vositalari, poyezd radioaloqasi va yo‘lovchilarga axborot berish texnik vositalari bilan jihozlanishi lozim. Shuningdek ular poyezdlar harakatini avtomatik tarzda boshqarish vositalari bilan ham jihozlanishi mumkin.

  8. Yo‘lovchilar vagonining ichkarisida o‘rindiqlar suyanchig‘ining orqasida eshiklarni qo‘lda ochishga mo‘ljallangan elektropnevmatik boshqaruvini o‘chirish jo‘mraklari o‘rnatilishi lozim.

Vagonlar yo‘lovchilarga radiokarnay orqali axborot berish vositalari, hamda «yo‘lovchi-mashinist» tezkor aloqa vositasi bilan jihozlanishi zarur.

  1. Vagonlarning elektr uskunalarini yuqori yuklanishdan, qisqa tutashuv toklaridan va qizib ketishdan himoya qilish apparaturasiga ega bo‘lishi lozim. Tortib olish tarmog‘iga harakat tarkibidan STSB va aloqa vositalarishng normal ish maromini buzadigan toklar o‘tmasligi kerak.




Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin