Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


-bob INShOOT VA QURILMALARNI TEKShIRISh



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə24/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

10-bob
INShOOT VA QURILMALARNI TEKShIRISh
HAMDA ULARNI TA’MIRLASh


INShOOT VA QURILMALARNI TEKShIRISh



  1. Inshootlar, qurilmalar va texnik-xizmat binolari tizimli ravishda tegishli nizom va yo‘riqnomalarga muvofiq belgilangan tartib va muddatlarda tekshirib turilishi lozim.

Inshootlar, qurilmalar va texnik-xizmat binolarining tekshirilishi ularga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, hamda nazorati ularning tasarrufida bo‘lgan bekatlar, distantsiya qismlari, elektrodepo va xizmatlarning boshliqlariga yuklanadi.

  1. Srelka o‘tkazgichlari har oyda komissiya tomonidan tekshirib turilishi lozim:

har chorakda ikki marta yo‘l ustasi va STSB katta elektromexanigidan iborat bo‘lgan bekat boshlig‘i raisligidagi komissiya tomonidan;
har chorakda bir marta yo‘l distantsiyasi boshlig‘i, signallashtirish distantsiyasi boshlig‘i yoki ularning o‘rinbosarlari, hamda bekat boshlig‘idan tarkib topgan va harakat distantsiyasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari raisligidagi komissiya tomonidan.
Zarur hollarda park yo‘llari va boshqa yo‘llarda strelka o‘tkazgichlarini tekshirishda komissiya ishida park yo‘llari va boshqa yo‘llarga tutash hudud tasarrufida bo‘lgan bo‘linmalarning boshliqlari ishtirok etishlari kerak.

  1. Bekat inshootlari va qurilmalari har oyda kamida bir marta, osma vositalari - har chorakda kamida bir marta bekat boshlig‘i raisligidagi komissiya tomonidan tekshirilishi lozim. Komissiya tarkibi metropoliten boshlig‘ining buyrug‘i bilan belgilanadi.

  2. Tekshirish natijalari va aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari daftarlarda qayd etiladi. Mazkur daftarlarda shuningdek nosozliklarni bartaraf etish va belgilangan tadbirlarni bajarish muddatlari ham ko‘rsatiladi.

  3. Xizmatlar boshliqlari va korxona rahbarlari qo‘l ostidagi bo‘linmalarda xo‘jaliklarning holati va xodimlar tomonidan texnologik intizomga rioya qilinishini tizimli ravishda tekshirib nazorat qilib borishlari, hamda harakat xavfsizligi, shuningdek barcha inshoot, qurilma va vositalarni soz holatda saqlanishini kafolatlovchi zarur choralarni ko‘rishlari lozim.

  4. Metropoliten bo‘linmalari tomonidan inshootlar qurilmalar va texnik-xizmat binolarini, texnologik intizom va harakat xavfsizligi talablarining bajarilishini tekshirish:

metropoliten boshlig‘i tomonidan harakat xavfsizligi bo‘yicha bosh revizor, xizmatlar boshliqlari va korxonalar rahbarlari ishtirokida - kamida bir yilda bir marta;
metropoliten boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan harakat xavfsizligi bo‘yicha revizorlar, xizmatlar boshliqlari va qo‘l ostidagi bo‘linmalar rahbarlari ishtirokida - bir yilda ikki marotaba o‘tkazilishi lozim.



Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin