Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Amaliy topshiriq
54-mavzuda keltirilgan «telefon»ni gugurt qutisi va cho‘p 
laridan 
foydalanib yasang. Ipning qanday uzunligida aloqa yetarli bo‘lishini 
aniqlang. Ovoz sifatining ip tarangligiga bog‘liqligiga e’tibor bering.
1. Ko‘pgina eshiklarni ochganimizda skripka ovoziga o‘xshash tovush eshiti la-
di. Buni qanday tushuntirish mumkin?
2. Ko‘p qavatli uyda yashaganda gilamni qaysi tomondagi devorga osish foydali?
3. Ishlab turgan mashina dvigatelining ovozini eshitib, uning mexanizmlarining 
faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olish mumkinmi?
Musiqiy tovushlar va shovqinlar. Tovush va salomatlik. Me’morchilikda tovush


VI bob. Tovush hodisalari
170
170
10-mashq.
1. Qoya ro‘parasida turgan bola ovozining aks-sadosini 2 s dan so‘ng 
eshitdi. Boladan qoyagacha bo‘lgan masofa qanchaga teng? (Javobi: 340 m).
2. 54-mavzudagi jadvaldan foydalanib, teplovoz tovushining temir yo‘l 
rels lari bo‘ylab tarqalish tezligi, havoda tarqalish tezligidan necha marta 
katta bo‘lishini aniqlang.
3. Yugurish yo‘lkasining fi nishida turgan hakam qaysi paytda sekun-
domerni ishga tushirishi kerak: start to‘pponchasining ovozini eshitgandami 
yoki og‘zidan chiqqan uchqunni ko‘rgandami?
4. Dengizning ~1,5 km chuqurligiga yuborilgan ultratovush 2 s dan 
so‘ng qabul qilindi. Ultratovushning dengiz suvidagi tarqalish tezligi 
nechaga teng? (Javobi: 1500 m/s).
VI BOBNI YAKUNLASH BO‘YICHA NAZORAT SAVOLLARI
1. «Har qanday takrorlanuvchi hara katga... deyiladi». Nuqtalar o‘r niga mos 
so‘zni topib qo‘ying.
A) ...tovush...
B) ...tebranma harakat... 
C) ...tebranishlar chastotasi...
D) ...rezonator...
2. Normal sharoitda gazlarda to vush ning tarqalish tezligi intervali qaysi javobda 
to‘g‘ri kelti rilgan?
A) 1000–2000 m/s; B) 3000–4000 m/s; C) 300–400 m/s; D) 500–1000 m/s.
3. «Kamerton» qanday asbob?
A) aniq bir chastotali tovush chiqara digan asbob;
B) pufl ab chalinadigan musiqa asbobi;
C) tovushni kuchaytiradigan asbob;
D) tovushni qabul qiladigan asbob.
4. Tovush qattiqligining birli gini ko‘rsating.
A) 
dB; B) 
W/m
2
; C) 
Hz; D) 
W.
5. Tovush balandligi nimaga bog‘ liq?
A) amplitudasiga; B) asosiy toniga; C) oberton soniga; D) chastotasiga.
6. Qaysi qatorda erkaklar chiqara digan ovoz nomlari keltirilgan?
A) bas, bariton, tenor; 
B) bas, soprano, tenor;


171
C) soprano, messo-soprano, bariton;
D) koloratur soprano, messo-sop rano, kontralto.
7. Dengiz tubiga yuborilgan ultrato vushni 2,5 sekunddan so‘ng qaytib qabul 
qilindi. Den giz chuqurligi nimaga teng? To vushning tarqalish tezligini 1500 
m/s deb oling.
A) 1875 m; B) 2550 m; C) 3550 m; D) 3000 m.
8. «1 sekund vaqt davomidagi tebra nishlar soniga... deyiladi». Nuqtalar o‘rniga 
mos so‘zni to pib qo‘ying.
A) ...tebranishlar amplitudasi... 
B) ...tovush yuksakligi...
C) ...tovush tembri... 
D) ...chastota...
9. Tovush tembri nimalarga bog‘ liq?
A) obertonlar soniga; 
B) obertonlar kuchiga;
C) tovush balandligiga; 
D) tovush chastotasiga.
10. Inson qulog‘ining og‘riq se zish bo‘sag‘asi qanchaga teng?
A) 
100–110 
dB; B) 
130 
dB; C) 
150 
dB; D) 
180 
dB.
11. Qaysi javobda infratovush larning chastota intervali to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) 16 Hz dan kichik; 
B) 20000 Hz dan yuqori;
C) 20–20000 Hz; 
D) 100–2000 Hz.
12. Tovushning materiallar to monidan yutilishini aniqlash uchun yutilgan tovush 
energiya sini, tush gan tovush energiyasi... kerak.
A) ...ga qo‘shish... 
B) ...ga bo‘lish...
C) ...dan ayirish... 
D) ...ga bo‘lib, 100% ga ko‘ paytirish...
13. Shipga o‘rnatilgan parrak se kun diga 10 marta aylanmoqda. Par rak o‘rnatilgan 
qurilmadan qay si diapazon dagi tovushlar chiqadi?
A) musiqiy tovushlar; 
B) ultratovush;
C) infratovush; 
D) shovqin.
14. Kamertonga o‘rnatilgan rezona tor nima vazifani bajaradi?
A) ovoz hosil qilish; 
B) ovozni kuchaytirish;
C) ovozni qabul qilish; 
D) tonini o‘zgartirish.
15. Radiokarnaydan ovoz chiqish vaq tida g‘arbdan sharqqa tomon 25 m/s tezlikda 
shamol esdi. Тo vushning shu yo‘nalishdagi tarqa lish tezligini aniq lang. Тinch ho-
latda tovushning havoda tarqa lish tezligini 330 m/s deb oling.
A) 330 m/s; B) 355 m/s;
C) 305 m/s;
D) 300 m/s.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin