28
28
YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz I bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha
xulosalari bilan
tanishasiz.
Fizik jismlar
Tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlar
Fizik
hodisalar
Moddani tashkil etgan zarralari o‘zgarmasdan qoladigan
holda sodir
bo‘ladigan hodisalar.
Fizik kat-
talik
Jismlar yoki fi zik hodisalarning o‘lchash mumkin bo‘lgan parametrlari.
Xalqaro
birliklar
sistemasi
(XBS)
1960-yilda kiritilgan. Unda asosiy 7 birlik qabul qilingan: uzunlik (metr),
massa (kilogramm), vaqt (sekund), tok kuchi (Amper), temperatura
(Kelvin), yorug‘lik kuchi (kandela), modda miqdori (mol). Qolgan
fi zik kattaliklar asosiy birliklar yordamida hosil qilinadi. Masalan,
1 J = 1 N · 1 m.
Metr (m)
Uzunlik birligi. XBS asosiy birligi. Qiymat jihatidan yorug‘likning
vakuumda 1/299792458 sekund davomida o‘tadigan yo‘liga teng.
Namunasi platina-iridiy qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, Fransiyada
saqlanadi.
Sekund (s)
XBS asosiy birligi. Taxminan o‘rtacha quyosh sutkasining 1/86400
qismiga teng (1 sutka = 24 soat = 86400 s).
Atom
Grekcha
atomos – bo‘linmas degani. Kimyoviy element xossalari
saqlanib qola digan eng kichik zarra. Hozirgi kunda tabiiy holda 88
element mavjudligi aniqlangan, 17 tasi laboratoriyalarda hosil qilingan.
Molekula
Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarra. Molekulalar
atomlardan tashkil topadi. Moddalarda molekulalar
bir xil atomlardan
yoki har xil atomlardan tashkil topadi. Lotincha
moles – massa degani.
Diffuziya
Bir modda molekulalarining ikkinchi moddaga, ikkinchi modda
molekula larining birinchi moddaga o‘zaro o‘tishiga aytiladi.
Gazlarda
tez, suyuqliklarda sekin, qattiq jismlarda juda sekin boradi.
Temperatura ortishi bilan tezlashadi. Lotincha
diffuzio – tarqalish,
sochilish degani.
Broun
harakati
Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to‘xtovsiz va
tartibsiz
ha ra kati. Bu harakat temperatura ortishi bilan ortadi. Hodisa 1827-
yilda ingliz bota nigi R. Broun tomonidan o‘rganilgan.
Molekular
kuchlar
Molekulalar orasidagi o‘zaro tortishish va itarishish kuchlari. Juda
qisqa maso fada namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: