V bob. Yorug‘lik hodisalari
142
142
fokusi deyiladi. Ko‘zgu markazidan
F nuqtagacha bo‘lgan masofa
fokus
masofasi deyiladi.
Qavariq ko‘zguga tushgan Quyosh nurlari undan sochiladi (103-
b rasm).
Sochilgan nurlarni fi kran davom ettirilsa,
F nuqtada kesisha
di. Unga
mavhum fokus deyiladi.
OD – ko‘zguning
egrilik radiusi,
OF – ko‘zguning
fokus masofasi deyiladi.
OF =
.
a)
b)
103-rasm.
.
Agar yorug‘lik manbaini botiq ko‘zguning fokusiga qo‘yilsa,
undan
chiqqan nurlar ko‘zgudan qaytib, bosh optik o‘qqa parallel holda qaytadi.
Ko‘zgularda tasvir yasash uchun buyumdan chiqqan ikkita nurdan
foydalanish kifoya. 104-rasmda botiq ko‘zguda yonib
turgan shamning
tasvirini yasash keltirilgan.
104-rasmda buyum ko‘zgudan 2
F masofadan nariga qo‘yilgan. Undan
1 nurni bosh optik o‘qqa
parallel,
2 nurni bosh fokus
F ga yo‘naltiramiz.
Bu nurlar ko‘zgudan qay tib, o‘zaro uchrashgan
joyida shamning tasviri
hosil bo‘ladi. Tasvir
to‘nkarilgan, kichiklashgan va
haqiqiy bo‘ladi.
Agar buyum ko‘zgudan 2
F va
F oralig‘idagi masofaga qo‘yilsa (105-rasm),
tasvir bu safar ham
1 va
2 nur yor damida yasaladi. Tasvir
to‘nkarilgan,
kattalashgan va
haqiqiy bo‘ladi. Agar buyum 2
F masofaga qo‘yilsa,
buyum va tasvir ustma-ust tushadi.
106-rasmda qavariq ko‘zguda tasvir hosil qilish ko‘rsatilgan. Unda
tasvir
to‘g‘ri, kichiklashgan va mavhum bo‘ladi.
143
104-rasm.
105-rasm.
106-rasm.
F
Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, qa
variq
va botiq ko‘zgularda buyumdan ko‘zgu mar-
kazigacha bo‘lgan masofa
d, tasvirdan ko‘zgu
o‘rtasigacha bo‘lgan masofa
f (104-rasm)
va fokus masofasi
F orasida
quyidagicha
bog‘liqlik bor:
.
Botiq ko‘zgularda
d va
F hamma vaqt musbat qiymatga ega.
f ning
qiymati haqiqiy tasvir uchun musbat,
mavhum tasvir uchun manfi y
bo‘ladi.
Sferik ko‘zgular kundalik turmushda va texnikada keng qo‘llaniladi.
Qavariq ko‘zgular avtomobillarda orqa tomonni kuzatish uchun o‘rnatiladi.
Chunki unda yassi ko‘zguga nisbatan kattaroq joyni ko‘rish mumkin. Botiq
ko‘zgular nurni to‘plash xususiyatiga ega bo‘lganligidan projektorlarda,
avtomobil va qo‘l chiroqlarida qo‘llaniladi.
1. Mavhum tasvir deganda nimani tushunamiz?
2. Tajribada sferik ko‘zgularning fokusi qanday topiladi?
3. Sferik sirt markazi va ko‘zgu fokusi ustma-ust tushadimi?
4. Botiq ko‘zguda kattalashgan tasvirni olish uchun buyumni qayerga qo‘yish
kerak?
Dostları ilə paylaş: