V bob. Yorug‘lik hodisalari
138
138
101-rasm.
Stakanga solib qo‘yilgan naycha singandek bo‘lib ko‘ri-
nishi, hovuzdagi suvga qaralganda chuqurmasdek bo‘lib
ko‘rinishi yorug‘likning suvga tushishi va chiqishida sinishi
tufaylidir (101-rasm). Yorug‘likning bir muhitdan ikkin-
chisiga o‘tganda sinishiga sabab, yorug‘likning tarqalish
tezligi o‘zgarishidir. Yorug‘lik shishadan havoga yoki suv-
dan havoga o‘tganda sinish burchagi tushish burcha gidan
katta bo‘ladi. Shunga ko‘ra, suvda
yashovchilar uchun
tashqi dunyo butunlay boshqacha bo‘lib ko‘rinadi.
Amaliy topshiriq
Piyola olib, uning ichiga tanga soling. Piyolani stol ustiga qo‘yib,
undan tanga ko‘rinmaydigan joygacha uzoqlashing. O‘rtog‘ingizdan
piyolaga suv quyishni so‘rang. Shunda tanga yana ko‘rinadigan bo‘ladi.
Sababini tushuntiring.
1. Nima sababdan qog‘oz ho‘llansa orqasidagi yozuvlar ko‘rinadi?
2. Suv yoqasida o‘tirgan bola, suvda Quyoshning aksini ko‘rib turibdi. Bola
o‘rnidan tursa, Quyoshning aksi qaysi tomonga siljiydi?
3. Suv ichida turib atrofga qaralsa, undagi toshlar, suv o‘tlari va h.k., suv
ustidan turib qaralgandagidek ko‘rinadimi?
47-MAVZU
YORUG‘LIK HODISALARI
HAQIDA BERUNIY VA IBN SINONING FIKRLARI
Yorug‘lik hodisalari allomalarimizdan Beruniy
va Ibn Sinoning
ham e’tiborini jalb qilgan. Oldingi mavzularda Yerdagi energiyaning
(issiqlikning) asosiy manbai Quyosh deb ko‘rsa tilgan edi. Bu haqda
Beruniy o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida
quyidagicha bayon qiladi:
«Quyosh nuridagi mavjud haroratning sababi haqida ba’zilar bunga
sabab
nur desalar, ba’zilar esa nur aksi – burchaklarining o‘tkirligi sabab
deganlar. Unday emas, balki nurning o‘zida harorat mavjud – deydilar».
139
Beruniyning bu fi
kri Quyoshdan Yerga issiqlik
nurlanish tufayli kelishini isbotlaydi.
Yorug‘lik tezligi haqida quyidagicha yozadi: «Ba’zilar
u zamonsizdir, chunki jism emas – desa, ba’zilar esa
uning
zamoni tez, lekin undan ham tezroq biror narsa
yo‘q va nur tezligini sezib bo‘lmaydi». Bu fi krlari bilan
tabiatdagi biror jism yoki zarraning tezligi yorug‘lik
tezligiga teng yoki undan katta bo‘la olmasligini
ta’kidlagan. Beruniy
Oy va Quyosh tutilishining
sabablarini quyidagicha izohlaydi: «Oyning tutilishiga
sabab uning Yer soyasiga kirishidir. Quyosh tutilishi Oy bilan Quyoshning
bizdan tutilishi (ya’ni Quyosh bilan Yerning orasiga Oyning kirib qolishi)
tufaylidir. Shuning uchun Oyning qorayishi g‘arb tomondan va Quyoshning
tutilishi esa sharq tomondan boshlanmaydi.
Quyosh tutilishi oldidan
Oy g‘arb tomondan kelib bir parcha bulut berkitgandek uni (Quyoshni)
to‘sadi. Turli joy (shahar)larda berkitiladigan sathi turlicha bo‘ladi.
Ammo Quyoshning berkituvchisi (Oy) katta emasdir. Oyni berkituvchisi
(Yer) kattadir».
Beruniyning bu fi krlari qanchalik to‘g‘ri ekanligi haqida
o‘ylab ko‘ring. Yorug‘lik sinishi haqida Beruniy va Ibn Sinoning bir-
biriga yo‘llagan savol va javoblarida quyidagilar bor. Beruniy shunday
deb so‘raydi: – «Oq, yumaloq, tiniq bir shishani tiniq suv bilan to‘ldirilsa,
kuydirishda bamisoli yumaloq tosh (linza) xizmatini bajaradi.
Agar u
shisha suvdan bo‘shatilib, havo bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, kuydirmaydi va
Quyosh sho’lasini to‘plamaydi. Nima uchun shunday bo‘ladi?». Savolga
Ibn Sino quyidagicha javob beradi: «Albatta suv qalin, vazmin, zich tiniq
bir jism bo‘lib, uning zotida rang bordir. Shunday sifatdagi har qanday
narsadan yorug‘lik akslanadi (sinadi). Shuning uchun suv bilan to‘ldirilgan
dumaloq shishada yorug‘lik akslanadi. Sho’laning to‘pla nishidan
kuydirish
quvvati paydo bo‘ladi. Ammo havodagi sho’la kuchli akslanmaydi. Chunki
havo nozik (siyrak) va tiniqdir». Bu fi krlarning qanchalik to‘g‘riligini
keyingi «linza» haqidagi mavzuda o‘rganasiz.
Ko‘rish va uning sabablari haqida Beruniy Ibn Sinoga shunday savol
yuboradi: «Ko‘z nuri vositasi bilan idrok qilish – ko‘rish qana
qa, nima
Dostları ilə paylaş: