Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


perpendikular orasidagi burchak sinish burchagi (



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

perpendikular orasidagi burchak sinish burchagi (β) deyi ladi. 
Tajribalar ko‘rsatadiki, sinish burchagi tushish burchagidan kichik bo‘ladi. 
Demak, yorug‘lik nuri bir muhitdan ikkinchisiga o‘tganda o‘z yo‘nalishini 
o‘zgartirar ekan.
Yorug‘likning tezligi. Yorug‘likning qaytishi va sinishi
99-rasm.
100-rasm.


V bob. Yorug‘lik hodisalari
138
138
101-rasm.
Stakanga solib qo‘yilgan naycha singandek bo‘lib ko‘ri-
nishi, hovuzdagi suvga qaralganda chuqurmasdek bo‘lib 
ko‘rinishi yorug‘likning suvga tushishi va chiqishida sinishi 
tufaylidir (101-rasm). Yorug‘likning bir muhitdan ikkin-
chisiga o‘tganda sinishiga sabab, yorug‘likning tarqalish 
tezligi o‘zgarishidir. Yorug‘lik shishadan havoga yoki suv-
dan havoga o‘tganda sinish burchagi tushish burcha gidan 
katta bo‘ladi. Shunga ko‘ra, suvda yashovchilar uchun 
tashqi dunyo butunlay boshqacha bo‘lib ko‘rinadi.
Amaliy topshiriq
Piyola olib, uning ichiga tanga soling. Piyolani stol ustiga qo‘yib, 
undan tanga ko‘rinmaydigan joygacha uzoqlashing. O‘rtog‘ingizdan 
piyolaga suv quyishni so‘rang. Shunda tanga yana ko‘rinadigan bo‘ladi. 
Sababini tushuntiring.
1. Nima sababdan qog‘oz ho‘llansa orqasidagi yozuvlar ko‘rinadi?
2. Suv yoqasida o‘tirgan bola, suvda Quyoshning aksini ko‘rib turibdi. Bola 
o‘rnidan tursa, Quyoshning aksi qaysi tomonga siljiydi?
3. Suv ichida turib atrofga qaralsa, undagi toshlar, suv o‘tlari va h.k., suv 
ustidan turib qaralgandagidek ko‘rinadimi?
47-MAVZU
YORUG‘LIK HODISALARI 
HAQIDA BERUNIY VA IBN SINONING FIKRLARI
Yorug‘lik hodisalari allomalarimizdan Beruniy va Ibn Sinoning 
ham e’tiborini jalb qilgan. Oldingi mavzularda Yerdagi energiyaning 
(issiqlikning) asosiy manbai Quyosh deb ko‘rsa tilgan edi. Bu haqda 
Beruniy o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida 
quyidagicha bayon qiladi:
«Quyosh nuridagi mavjud haroratning sababi haqida ba’zilar bunga 
sabab nur desalar, ba’zilar esa nur aksi – burchaklarining o‘tkirligi sabab 
deganlar. Unday emas, balki nurning o‘zida harorat mavjud – deydilar». 


139
Beruniyning bu fi 
kri Quyoshdan Yerga issiqlik 
nurlanish tufayli kelishini isbotlaydi.
Yorug‘lik tezligi haqida quyidagicha yozadi: «Ba’zilar 
u zamonsizdir, chunki jism emas – desa, ba’zilar esa 
uning zamoni tez, lekin undan ham tezroq biror narsa 
yo‘q va nur tezligini sezib bo‘lmaydi». Bu fi krlari bilan 
tabiatdagi biror jism yoki zarraning tezligi yorug‘lik 
tezligiga teng yoki undan katta bo‘la olmasligini 
ta’kidlagan. Beruniy Oy va Quyosh tutilishining 
sabablarini quyidagicha izohlaydi: «Oyning tutilishiga 
sabab uning Yer soyasiga kirishidir. Quyosh tutilishi Oy bilan Quyoshning 
bizdan tutilishi (ya’ni Quyosh bilan Yerning orasiga Oyning kirib qolishi) 
tufaylidir. Shuning uchun Oyning qorayishi g‘arb tomondan va Quyoshning 
tutilishi esa sharq tomondan boshlanmaydi. Quyosh tutilishi oldidan 
Oy g‘arb tomondan kelib bir parcha bulut berkitgandek uni (Quyoshni) 
to‘sadi. Turli joy (shahar)larda berkitiladigan sathi turlicha bo‘ladi. 
Ammo Quyoshning berkituvchisi (Oy) katta emasdir. Oyni berkituvchisi 
(Yer) kattadir». Beruniyning bu fi krlari qanchalik to‘g‘ri ekanligi haqida 
o‘ylab ko‘ring. Yorug‘lik sinishi haqida Beruniy va Ibn Sinoning bir-
biriga yo‘llagan savol va javoblarida quyidagilar bor. Beruniy shunday 
deb so‘raydi: – «Oq, yumaloq, tiniq bir shishani tiniq suv bilan to‘ldirilsa, 
kuydirishda bamisoli yumaloq tosh (linza) xizmatini bajaradi. Agar u 
shisha suvdan bo‘shatilib, havo bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, kuydirmaydi va 
Quyosh sho’lasini to‘plamaydi. Nima uchun shunday bo‘ladi?». Savolga 
Ibn Sino quyidagicha javob beradi: «Albatta suv qalin, vazmin, zich tiniq 
bir jism bo‘lib, uning zotida rang bordir. Shunday sifatdagi har qanday 
narsadan yorug‘lik akslanadi (sinadi). Shuning uchun suv bilan to‘ldirilgan 
dumaloq shishada yorug‘lik akslanadi. Sho’laning to‘pla nishidan kuydirish 
quvvati paydo bo‘ladi. Ammo havodagi sho’la kuchli akslanmaydi. Chunki 
havo nozik (siyrak) va tiniqdir». Bu fi krlarning qanchalik to‘g‘riligini 
keyingi «linza» haqidagi mavzuda o‘rganasiz.
Ko‘rish va uning sabablari haqida Beruniy Ibn Sinoga shunday savol 
yuboradi: «Ko‘z nuri vositasi bilan idrok qilish – ko‘rish qana 
qa, nima 

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin