Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Yassi ko‘zgu
102-rasm.


V bob. Yorug‘lik hodisalari
142
142
fokusi deyiladi. Ko‘zgu markazidan F nuqtagacha bo‘lgan masofa fokus 
masofasi deyiladi.
Qavariq ko‘zguga tushgan Quyosh nurlari undan sochiladi (103-b rasm). 
Sochilgan nurlarni fi kran davom ettirilsa, F nuqtada kesisha 
di. Unga 
mavhum fokus deyiladi. OD  – ko‘zguning egrilik radiusi, OF – ko‘zguning 
fokus masofasi deyiladi. OF =
.
 
a
b)
103-rasm.
.
Agar yorug‘lik manbaini botiq ko‘zguning fokusiga qo‘yilsa, undan 
chiqqan nurlar ko‘zgudan qaytib, bosh optik o‘qqa parallel holda qaytadi. 
Ko‘zgularda tasvir yasash uchun buyumdan chiqqan ikkita nurdan 
foydalanish kifoya. 104-rasmda botiq ko‘zguda yonib turgan shamning 
tasvirini yasash keltirilgan.
104-rasmda buyum ko‘zgudan 2F masofadan nariga qo‘yilgan. Undan 
1 nurni bosh optik o‘qqa parallel, 2 nurni bosh fokus F ga yo‘naltiramiz. 
Bu nurlar ko‘zgudan qay tib, o‘zaro uchrashgan joyida shamning tasviri 
hosil bo‘ladi. Tasvir to‘nkarilgan, kichiklashgan va haqiqiy bo‘ladi. 
Agar buyum ko‘zgudan 2F va F oralig‘idagi masofaga qo‘yilsa (105-rasm), 
tasvir bu safar ham 1 va 2 nur yor damida yasaladi. Tasvir to‘nkarilgan, 
kattalashgan va haqiqiy bo‘ladi. Agar buyum 2F masofaga qo‘yilsa, 
buyum va tasvir ustma-ust tushadi.
106-rasmda qavariq ko‘zguda tasvir hosil qilish ko‘rsatilgan. Unda 
tasvir to‘g‘ri, kichiklashgan va mavhum bo‘ladi.


143
104-rasm. 
105-rasm.
106-rasm.
F
Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, qa 
variq 
va botiq ko‘zgularda buyumdan ko‘zgu mar-
kazigacha bo‘lgan masofa d, tasvirdan ko‘zgu 
o‘rtasigacha bo‘lgan masofa f (104-rasm) 
va fokus masofasi F orasida quyidagicha 
bog‘liqlik bor: 
.
Botiq ko‘zgularda d va F hamma vaqt musbat qiymatga ega. f ning 
qiymati haqiqiy tasvir uchun musbat, mavhum tasvir uchun manfi y 
bo‘ladi.
Sferik ko‘zgular kundalik turmushda va texnikada keng qo‘llaniladi. 
Qavariq ko‘zgular avtomobillarda orqa tomonni kuzatish uchun o‘rnatiladi. 
Chunki unda yassi ko‘zguga nisbatan kattaroq joyni ko‘rish mumkin. Botiq 
ko‘zgular nurni to‘plash xususiyatiga ega bo‘lganligidan projektorlarda, 
avtomobil va qo‘l chiroqlarida qo‘llaniladi.
1. Mavhum tasvir deganda nimani tushunamiz?
2. Tajribada sferik ko‘zgularning fokusi qanday topiladi?
3. Sferik sirt markazi va ko‘zgu fokusi ustma-ust tushadimi?
4. Botiq ko‘zguda kattalashgan tasvirni olish uchun buyumni qayerga qo‘yish 
kerak?

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin