Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


fokusi (F) deyiladi. Linzaning optik markazidan shu nuqtagacha bo‘lgan  masofa linzaning fokus masofasi



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

fokusi (F) deyiladi. Linzaning optik markazidan shu nuqtagacha bo‘lgan 
masofa linzaning fokus masofasi deyiladi. Linzaga teskari yo‘nalishda 
parallel nurlar tushirilsa, ular ikkinchi tomonda to‘pla nadi. Shunga ko‘ra, 
har qanday linzada ik kala tomonda bittadan fokus bo‘ladi. Botiq linza 
bilan shunday tajriba o‘tkazil sa, nur lar aksin cha, sochilib ketadi (109-rasm). 
Sochilgan nurlarni fi kran davom ettirilsa, optik o‘q dagi F nuqtada kesishadi. 
Shu ning uchun botiq linzaning fokusi mav hum. Shunday qilib, qavariq lin-
za yig‘uvchi linza, botiq lin za sochuvchi linza deb ataladi.
Linzalarning bir tomoni sferik, ik 
kinchi tomoni tekis bo‘lishi ham 
mumkin. Qavariq linza olib, ship dagi cho‘g‘lanish tolali elektr lampoch-
kasidan tushayotgan yorug‘ 
likni linza orqali stol yuzasiga tushiraylik. 
Linza ni u yoq, bu yoqqa sursak, stol ustida lampochka tolasining aniq 
tasviri hosil bo‘lganligini ko‘ramiz. Linzalarda tasvir quyidagicha yasaladi.
1. Qavariq linzada tasvir yasash. AB buyum F va 2F oralig‘iga 
qo‘yilgan bo‘lsin (110-rasm). Tasvirni yasash uchun buyumdan 1 nurni bosh 
optik o‘qqa parallel yo‘naltiriladi. U linzadan keyin linza fokusidan o‘tadi. 
2 nurni linza markazi O ga yo‘naltiriladi. Markazdan o‘tgan nur sinmasdan 
o‘tadi. Har ikkala nur A nuqtada uchrashadi va tasvir hosil bo‘ladi. Hosil 
bo‘lgan tasvir haqiqiy, to‘nkarilgan va kattalashgan bo‘ladi.
107-rasm. 
108-rasm. 
109-rasm.
Linzalar haqida tushuncha


V bob. Yorug‘lik hodisalari
146
146
113-rasm.
110-rasm.
111-rasm.
112-rasm.
Buyumni linzadan 2F masofadan 
uzoqqa (111-rasm) va OF oralig‘iga 
(112-rasm) qo‘yilganda hosil bo‘lgan 
tasvirlarni ham shu tartibda yasaladi.
Rasmlardan ko‘rinadiki, tasvir 
kattaligi to‘g‘ri yoki to‘nkarilganligi 
buyumning qayerga qo‘yilganligiga 
bog‘liq bo‘ladi. Buyum 2F dan uzoqqa 
qo‘yilganda tasvir haqiqiy, to‘nkarilgan 
va kichiklashgan bo‘ladi. Buyum OF 
oralig‘iga qo‘yilsa, tasvir mavhum, 
to‘g‘ri va kattalashgan bo‘ladi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin