147
formula bilan ifodalanadi. Agar
F = 1 m bo‘lsa,
= 1
dioptriya
bo‘ladi.
Qisqacha
D = 1 dptr.
Botiq
linzalar uchun D manfi y qiymatga ega bo‘ladi.
Amaliy topshiriq
Yig‘uvchi linza, ko‘zoynak yordamida quyosh (lampochka) nur-
larini bir nuqtaga to‘plab fokus masofasini aniqlang.
1. Linzalardan qayerlarda foydalaniladi?
2. Buyum qavariq linzaning fokusiga qo‘yilsa, tasvir qanday bo‘ladi?
3. Linza suvga to‘la tushirilsa, uning optik kuchi qanday o‘zgaradi?
•
Muz yordamida olov hosil qilish mumkinmi?
Bir qarashda
hech ham mumkin emasdek tuyiladi. Lekin linzalar haqidagi
mavzuni o‘qigandan so‘ng ilojini topgandek bo‘lamiz.
Ingliz yozuvchisi
Jyul Vernning «Kapitan Gatterasning sayohati» kitobida sovuq qotgan
sayohatchilar katta shaffof muz bo‘lagidan bolta
va pichoq yordamida
qirtishlab, linza yasaganliklari va uning yordamida Quyosh nurlarini
to‘plab, olov hosil qilganliklari keltirilgan. Haqiqatdan ham 1763-yilda
Angliyada bu tajribani ko‘p marta takrorlab ko‘rishgan.
Buni Siz ham
bajarib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun mos shakldagi idishga suv
quyib muzlatiladi va idish biroz qizdirilib «linza» ajratib olinadi.
Dostları ilə paylaş: