Ehtiyojlar faollik manbayi. Faoliyat turlari Gulmurodova Sevinch 22-03- gurux talabasi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix17.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#115429
Ehtiyojlar faollik manbayi. Faoliyat turlari



Ehtiyojlar faollik manbayi.
Faoliyat turlari 
Gulmurodova Sevinch 
 
22-03- gurux talabasi 


Reja: 
• 1. Faoliyatning tuzilishi haqida tushuncha.
• 2. Ko‘nikma va malakalar.
• 3. Faoliyatning asosiy turlari.


• Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni 
ushlab turuvchi, uz-uzini anglab, har bir harakatini 
muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bulganeng muxim va 
umumiy xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha 
«actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chikkan 
tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti harakatlarini 
namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha 
oddiy kulimizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan 
boglik elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygonish 
paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha 
bulgan murakkab harakatlarga alokador ishlarimizni 
tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, 
uning ongi va uz-uzini anglashi muammolari uning faolligi, u 
yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga 
alokador sifatlari orkali bayon etiladi. 


• Fanda inson faolligining asosan ikki turi farklanadi: 
• A. Tashki faollik- bu tashkaridan uz ichki istak-
xoxishlarimiz ta’sirida bevosita kurish, kayd qilish 
mumkin bulgan harakatlarimiz, mushaklarimizning 
harakatlari orkali namoyon bo‘ladigan faollik. 
• B. Ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu 
faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar 
(moddalar almashinuvi, kon aylanish, nafas olish, 
bosim uzgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, 
bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida 
kurinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir 
kursatuvchi omillarni uz ichiga oladi. 


• Misol tarikasida xayotdan shunday manzarani tasavvur 
kilaylik: uzok ayrilikdan sung ona uz farzandi visoliga 
yetdi. Tashki faolllikni biz onaning bolasiga intilishi, uni 
kuchoklashi, yuzlarini siylashi, kuzlaridan okkan sevinch 
yoshlarida kursak, ichki faollik- usha kuz yoshlarini 
keltirib chikargan fiziologik jarayonlar, ichki soginchning 
asl sabablari (ayrilik muddati, nochorlik tufayli ayrilik 
kabi yashirin motivlar ta’siri), kurib idrok kilgandagi 
uzaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir 
qarashda kuz bilan ilgab bulmaydigan emotsional 
holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani 
bevosita guvoxi bo‘lsak ham, taxminan qanday 
jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz 
mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba 
va rivojlanishning asosini tashkil etadi.



Bir qarashda har bir aniq shaxsga uning extiyojlariga boglik bo‘lib tuyulgan bunday 
faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib,shaxsning jamiyat bilan bo‘ladigan 
murakkab va uz aro munosabatlarining okibati xisoblanadi 
• Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulk» 
tushunchalari bilan chambarchas boglik bo‘lib, shaxs va 
uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli 
faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon kiladi 
ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon 
bulmay, ongli ravishda boshkariladigan faol jarayondir. 
Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar 
jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat- inson ongi 
va tafakkuri bilan boshkariladigan, undagi turli-tuman 
extiyojlardan kelib chikadigan, hamda tashki olamni va 
uz-uzini uzgartirish va takomillashtirishga karatilgan 
uziga xos faollik shaklidir


• Bu-yosh bolaning real predmetlar moxiyatini uz 
tasavvurlari doirasida bilishga karatilgan uyin 
faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga karatilagn 
mehnat faoliyati, bu-yangi kashfiyotlar ochishga 
karatilgan ilmiy-tadkikotchilik faoliyati, bu-
rekordlarni kupaytirishga karatilgan sportchining 
maxorati va shunga uxshasha. Shunisi xarakterliki, 
inson har dakikada qandaydir faoliyat turi bilan 
mashgul bo‘lib turadi.


Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har 
qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda 
va turlicha kurinishlarda namoyon bo‘ladi. Kilinayotgan 
har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga karatilgani 
uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui 
sifatida tasavvur kilinadi. Predmetli harakatlar tashki 
olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini 
uzgartirishga karatilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani 
konspekt kilayotgan talabaning predmetli harakati 
yozuvga karatilgan bo‘lib, u avvalo usha daftardagi 
yozuvlar soni va sifatida uzgarishlar qilish orkali, bilimlar 
zaxirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni 
tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan 
nimalarga yunaltirilganiga karab, avvalo tashki va ichki 
faoliyat farklanadi.


• Tashki faoliyat shaxsni urab turgan tashki 
muxit va undagi narsa va xodisalarni 
uzgartirishga karatilgan faoliyat bulsa , ichki 
faoliyat – birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, 
u sof psixologik jaraenlarning kechishidan kelib 
chikadi. Kelib chikishi nuktai nazaridan ichki-
aqliy, psixik faoliyat tashki predmetli 
faoliyatdan kelib chikadi. Dastlab predmetli 
tashki faoliyat ruy beradi, tajriba orttirib 
borilgan sari sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy 
jaraenga aylanib boradi. Buni nutk faoliyati 
misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki 
so‘zlarni kattik tovush bilan tashki nutkida 
ifoda etadi, keyinchalik ishida uzicha gapirishga 
urganib,uylaydigan, muloxaza yuritadigan, uz 
oldiga maksad va rejalar kuyadigan bo‘lib 
boradi. 


Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday sharoitda 
ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashki 
muvofiklik nuktai nazaridan ongi tomonidan 
boshkarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham 
aqliy, ham jismoniy–motor harakatlar mujassam bo‘ladi 
.Masalan, fikrlaetgan donishmandni kuzatganmisiz?. 
Agar uylanaetgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, 
undagi yetakchi faoliyat aqliy bulgani bilan uning 
peshonalari, kuzlari, hattoki, tana va kul harakatlari 
juda muxim va jiddiy fikr xususida bir tuxtamga 
kelolmaetganidan, yeki yangi fikrni topib, undan 
mamnuniyat xis kilaetganligidan darak beradi


• Bir qarashda tashki elementar ishni amalga oshiraetgan 
– misol uchun ,uzum kuchatini ortikcha barglardan 
xalos etaetgan bogbon harakatlari ham aqliy 
komponentlardan xoli emas, u kaysi bargning va nima 
uchun ortikcha ekanligidan anglab bilib turib olib 
tashlaydi
• Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik 
mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli – 
tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa 
isbot kilinganki, bunday harakatlar doimo motor 
harakatlarni ham uz ichiga oladi.Bunday harakatlar 
kuyidagi kurinishlarda bulishi mumkin


• pertseptiv-ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning 
okibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar tugrisida 
yaxlit obraz shakllanadi;  
• mnemik faoliyat – narsa va xodisalarning moxiyati va 
mazmuniga alokador materialning eslab kolinishi, esga 
tushirilishi hamda esda saklab turilishi bilan boglik 
murakkab faoliyat turi; 
• fikrlash faoliyati - akl, faxm – farosat vositasida turli xil 
muammolar, masalalar va jumboklarni yechishga 
karatilgan faoliyat; 
• imajitiv – («image»-obraz suzidan olingan) faoliyati 
shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya 
vositasida xozir bevosita ongda berilmagan narsalarning 
xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni takozo etadi.


• Yukorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham 
tashki harakatlar asosida shakllanadi va motor 
komponentlardan iborat bulishi mumkin. Agar tashki 
faoliyat asosida psixik jarayonlarga utish ruy bergan bulsa, 
bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi
aksincha, aklda shakllangan goyalarni bevosita tashki 
harakatlarda yoki tashki faoliyatga kuchirilishi 
eksteriorizatsiya deb yuritiladi. 


• Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`yin bolalarda ham 
o`z faolligini ro`yobga chiqarish shakli, hayot 
kechirish va faoliyat ko`rsatish shakli bo`lib xizmat 
qiladi. Bolaning o`yin harakatlari avval boshdanoq 
buyumlardan foydalanishning insoniy usullari va 
amaliy xulq - atvorining katta yoshdagilar bilan 
muloqot jarayonida va katta yoshdagilar 
raxbarligida o`zlashtirilib olinadigan insoniy 
shakllari zamirida rivojlanib boradi. 
Xulosa 


• 1. A.V.Petrovskiy «Umumiy psixologiya» Toshkent-
«O`qituvchi»-1992y 
• 2. M.G.Davletshin «Umumiy psixologiya» Toshkent 
2002 y 
• 3. E.Goziev «Umumiy psixologiya» 1 kitob Toshkent-
2002 y 
• 4. E.Goziev «Umumiy psixologiya 2 kitob Toshkent-
2002 y 
• 5. Gippenreyter Yu.B «Vedenie v obshuyu 
psixologiyu»Kurs lektsiy Moskva- 
Asosiy adabiyotlar: 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin