Yorug‘lik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sinoning fi krlari
Ibn Sino
V bob. Yorug‘lik hodisalari
140
140
uchun tiniq suvning tagidagi narsa ko‘rinib turadi, holbuki ko‘z nurining
ravshanligi tiniq jismlardan akslanadi (sinadi)? Suvning sathi silliq va
yaltiroq-ku».
Ibn Sino o‘zining javoblarini keyinchalik «Fizika», «Tib qonun lari» nomli
asarlarida aniqroq tafsifl aydi. «Agar ko‘zimizdan nur chiqib, buyumlarni
yoritadigan va oqibatida biz buyumlarni ko‘radi gan bo‘lsak, nima uchun
kechasi ko‘rmaymiz? Nahotki ko‘zimizdan chiqqan nur butun olamni
yoritishga yetsa?» – deya Afl otunning fi krini rad etadi. Ibn Sino ko‘rishning
asosiy sababi aksincha, buyumlardan kelayotgan nurlarning ko‘zimizga
tushishi va ko‘z gav
haridan o‘tib sinishi, so‘ngra ko‘zdagi to‘r pardada
tasvirning paydo bo‘lishi natijasida deb tushuntiradi.
Osmonda ba’zan yomg‘irdan keyin ko‘rinadigan kamalak (Hasan-
Husan kamalagi) hodisasini ham to‘g‘ri tushuntiradi. Uning sababi Quyosh
nurlarining atmosferadagi bulutlardan o‘tgan vaqtda rangli nurlarga
ajralishdir. Uning yoy shaklida bo‘lishi sababi, Yer atmosferasining
sharsimonligidandir.
Shunday qilib, allomalarimiz yorug‘lik hodisalarini turli afsonalarga
emas, balki o‘zlarining ilmiy kuzatishlariga asoslanib tushunti rishgan.
Amaliy topshiriq
Sharsimon shakldagi kolbani olib, suvga to‘ldiring va uning Quyosh
nurlarini to‘plash xususiyatini kuzating.
1. Inson qanday qilib ko‘radi?
2. Yorug‘lik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sino aytgan fi krlarining qay
darajada to‘g‘riligi haqida o‘ylab ko‘ring.
•
Markaziy Amerikada Anableps degan baliq bor. U suvda ham,
quruq likda ham bir xil ko‘rsa kerak. Chunki u suv yuzida katta
ko‘zlari
ning yarmi suvda, yarmi havoda bo‘lgan holatda suzib
yuradi.
|