V bob. Yorug‘lik hodisalari
136
136
Shunga ko‘ra maxsus asboblar bilan qaralsa,
Quyosh ichida kichik qora
dog‘ harakatlanib o‘tishi kuzatiladi.
•
Qadimgi bobilliklar eramizdan oldingi 2000-yillarda Quyosh va Oy
tutilishlarida takrorlanish borligini aniqlaganlar. Bu davr
saros (arab-
cha – takrorlanish)
deb atalib, 6585 sutkaga, ya’ni 18 yil va 11,3 sutkaga
teng. Shu davrda 43 marta Quyosh tutilishi va 28 marta Oy tutilishi ro‘y
beradi.
46-MAVZU
YORUG‘LIKNING TEZLIGI.
YORUG‘LIKNING QAYTISHI VA SINISHI
Aristotel, yorug‘lik nuri bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga
bir zumda
boradi, deb hisoblagan edi. Yorug‘lik tezligini tajribada aniqlashga Galiley
uringan. Bir-biridan bir necha kilometr uzoqlikda
joylashtirilgan ikkita
odamning biriga fonus berilgan. Fonusni bir minutga berkitib ochgan
odam vaqtni belgilagan. Ikkinchi kuzatuvchi ko‘rgan vaqtini belgilagan.
Lekin tajriba muvaffaqiyatsiz tugallangan. Yorug‘lik tezligini
birinchi bor
1676-yilda daniyalik astronom
Olaf Ryomer o‘lchashga muvaffaq bo‘ldi.
Shundan so‘ng boshqa olimlar ham yorug‘lik tezligini turlicha usulda
o‘lchadilar. Yorug‘lik tezligi juda katta bo‘lib, vakuumda υ = 300 000 km/s
ga teng.
Tabiatdagi boshqa hech qanday jism yoki zarra
bunday tezlikka erisha
olmaydi. Yorug‘lik bir muhitdan ikkinchisiga o‘tganda tezligi o‘zgaradi.
Masalan, suvda uning tezligi 225 000 km/s bo‘lsa, shishada 200 000 km/s
ga teng. Shunday katta tezlik bilan harakatlangan Quyosh nuri Yerga
taxminan 8,3 minutda yetib keladi.
Dostları ilə paylaş: