V bob. Yorug‘lik hodisalari
134
134
45-MAVZU
QUYOSH VA OY TUTILISHI
Tabiatda soya va yarim soya hosil bo‘lishini katta
masshtabda Quyosh
va Oy tutilishida kuzatish mumkin. Ma’lumki, Quyosh atrofi da
boshqa
sayyoralar kabi Yer ham o‘zining tabiiy yo‘ldoshi Oy bilan birgalikda
aylanib turadi. Yer Quyosh atrofi da 365, 26 sutka mobaynida
bir marta
aylanib chiqadi. Oy esa Yer atrofi da 27 sutka 7 soat 43 minutda bir marta
aylanadi. Ularning harakati davomida qandaydir momentda Yer va Quyosh
oralig‘iga Oy tushib qolsa, Oy Quyoshdan keluvchi nurlarni to‘sib qoladi.
Shunda
Quyosh tutilishi ro‘y beradi (97-rasm).
A
B
B
97-rasm.
Yerdagi
A sohaga tushadigan Quyosh nurlari Oy tomonidan to‘la
to‘silib qolganligidan, u yerda qorong‘ilik bo‘ladi. Bu joyda Quyoshning
to‘la tutilishi kuzatiladi. Yerning
B sohasida esa yarim soya bo‘ladi.
Bu joydagi kuzatuvchi uchun Quyoshning
qisman tutilishi ro‘y beradi.
Yerda Quyoshning to‘la tutilishi kuzatilgan joylarida to‘la qorong‘ilik
bo‘lganligidan, osmonda yulduzlar chaqnab ko‘rinadi. Yerning bu sohasi
isitilishdan to‘xtaganligidan shamollar paydo bo‘ladi. Noxush vaziyat
vujudga kelib, itlar hurgan, hayvonlar ovoz chiqarishgan.
Bu esa odamlarga
ta’sir etib vahimaga tushish gan.
Yer va Oy harakati davrida Oy va Quyosh oralig‘iga Yer tushib qolsa,
Oy tutilishi ro‘y beradi (98-rasm). Oy o‘zidan yorug‘lik chiqarmaydi.
U faqat Quyoshdan tushgan yorug‘likni qaytaradi. Oyga tushayotgan
Quyosh nurini Yer to‘sib qol ganda Yer ning soyasi Oyga tushadi. Yerning
atmosferasi bo‘l maganda edi, Oy tutilishi davrida u ko‘rin may qolar edi.
Yer atmo sferasi Quyosh nurlarini sochib yuborganligi tufayli
Oyning tutili-
shi davrida qizg‘ish disk shaklida ko‘ramiz.
135
98-rasm.
Oy tutilishi sababi ma’lum bo‘lmagan davrda, odamlarda qo‘r
qinch
paydo bo‘lgan. Uni tushuntirish uchun turli rivo yat va afsonalar to‘qishgan.
Hozirgi kunda Quyosh va Oy tutilishini ancha oldin, qayerda, qachon va
qanday ko‘rinishda bo‘lishi aytib beriladi. Shunga ko‘ra olimlar bu hodisani
o‘rganish uchun tayyorgarlik ko‘rishadi. Quyosh to‘la tutilganda, boshqa
vaqtda ko‘rinmaydigan «
Quyosh toji» ni kuzatish mumkin.
Yerning o‘z o‘qi atrofi da aylanishi tufayli kun va tun almashinadi. Oy
ham o‘z o‘qi atrofi da aylanadi. Oyning kunduzgi yorug‘ tushib turgan
qismi bizga ko‘rinib, yorug‘ tushmagan qismi ko‘rinmaydi. Uni Oy tutilishi
bilan adash tirmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: