131
chiqarmasa-da, boshqa manbadan chiqib, o‘ziga tushgan yorug‘likni
qaytaradi. Masalan, Oy, ko‘zgular.
Ayrim hasharotlar, baliqlar ham o‘zlaridan nur chiqaradi. Yorug‘lik
manba larini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
tabiiy va
sun’iy
manbalar (94-rasm).
Quyosh, yulduzlar, chaqmoq, shimol yog‘dusi, yaltiroq qo‘n
g‘izlar,
ayrim baliqlar, chirindilar yorug‘likning
tabiiy manbalariga kiradi.
Inson
aralashuvi bilan hosil qilinadigan yorug‘lik manbalariga
sun’iy manbalar
deyiladi. Ularga elektr lampochkasi,
gulxan alangasi, kerosin lampasi,
televizor ekrani,
elektr va gaz payvandi, lyuminessent lampalar,
qizigan
gazlar va h.k. lar kiradi.
Yorug‘lik manbalaridan chiqadigan nur turli rangga ega bo‘ladi.
Jismlarning yorug‘lik chiqarishining asosiy sababi uning qizishidir. Jism
temperaturasining yuqori yoki past bo‘lishiga qarab, undan chiqayotgan
nur rangi ham o‘zgaradi. Masalan, elektr lampochkasidan belgilangan tok
o‘tmasa, u qizarib yonadi va xonani yaxshi yoritmaydi.
Yorug‘likning
tabiiy manbalari
Yorug‘likning
sun’iy manbalari
Yorug‘likni qabul
qilgichlar
94-rasm.
Yorug‘likning tabiiy va sun’iy manbalari
V bob. Yorug‘lik hodisalari
132
132
Yorug‘lik ta’sirida ishlaydigan jismlar yorug‘likni qabul qilgichlar
deyi ladi. Inson ko‘zi shu vazifani bajaradi. Fotoplyonkalar,
fotosurat,
videokamera, Quyosh batareyalari, pult bilan boshqariladigan televizor va
magnitofonlar shular jumlasidandir. O‘simliklarda Quyosh nurlari ta’sirida
murakkab jarayonlar boradi va Yerdagi hayot uchun muhim bo‘lgan
kislorod
ajraladi va oqsillar, yog‘ hosil bo‘ladi.
1. Yorug‘likning yana qanday manbalarini bilasiz?
2. Sovuq holda nur chiqaradigan manbalar bormi?
3. Yorug‘lik ta’sirida ishlaydigan yana qanday qurilmalarni bilasiz?
Dostları ilə paylaş: