6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar
44-MAVZU YORUG‘LIKNING TO‘G‘RI CHIZIQ BO‘YLAB TARQALISHI. SOYA VA YARIM SOYA Yorug‘likning tarqa lishini o‘rganish uchun quyidagi tajribani ko‘ raylik.
Yorug‘lik manbai (M) va ekran (E) ora lig‘iga birorta to‘siq (T) qo‘yaylik
(95-a rasm). Shunda ekranda to‘siq hosil qilgan soyani ko‘ramiz. Agar
manba (M) bilan ekran oralig‘iga tirqishi bor to‘siqni (TT) qo‘ysak, ekranda
tirqish shakliga mos yorug‘ dog‘ni ko‘ramiz (95-b rasm). Soya chetlaridan
to‘siqqa tomon chiziqlar tushirsak, ular manbada uchrashadi. Shunday
hol yorug‘ dog‘ va tirqish orqali to‘g‘ri chiziq o‘tkazilsa ham kuzatiladi.
Bundan yorug‘lik to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi, degan xulosaga kelamiz.
Shunga ko‘ra yorug‘likni nur deb ham ataladi. Matematikada ba’zan to‘g‘ri
chiziqni chizishda «nur o‘tkazaylik» degan iborani ham ishlatishadi.
96-rasmda buyum orqasida hosil bo‘lgan soyani qaraylik. Soyaning
o‘rta qismi to‘la qorong‘i, chet qismi esa nimqorong‘i. Shunga ko‘ra to‘la
qorong‘i qismini soya, nimqorong‘i qismini yarim soya deb ataladi.
96-a rasmda buyum ga yorug‘lik ikkita manba (S 1
va S 2
)dan tushgan hol
ko‘rsatilgan. Buyum orqasida hosil bo‘lgan soya qismiga birorta manbadan
yorug‘lik tushmaydi. Yarim soya qismiga manbaning bittasidan yorug‘lik
tushadi. Yarim soyadan tashqariga har ikkala manbadan yorug‘lik tushadi.
Agar shamlardan birini o‘chirsak, buyum orqasida faqat soya hosil bo‘ladi.
133
a)
b)
95-rasm.
M M T TT E E S 1
S 2
a)
b)
96-rasm.
96-b rasmdagi manza
rani tushuntirishga ha
rakat qiling! Unda shar
o‘lchami yorug‘lik manbai elektr lam pochkasidan ancha ki chik.