Maydalangan mahsulotning o‘lchamlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi. a) katta o‘lchamli - 350 - 100 mm
b) o‘rta o‘lchamli - 100 - 40 mm
v) kichik o‘lchamli - 40 - 3 mm
Kukunlangan mahsulotlarni: a) yirik o‘lchamli - 3 - 0.1 mm
b) mayda o‘lchamli - 0.1 - 0.05 mm
v) juda mayda o‘lchamli - 0.05 - 0.001 mm
Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar ochiq va yopiq sikllarida ishlashi mumkin. Ochiq siklda ishlagan holda qurilish materiallari maydalovchi va kukunlovchi mashinalardan faqat bir marotaba o‘tadi va bunda natijaviy mahsulot tarkibida talab qilingan o‘lchamdan yuqori bo‘lgan zarrachalar uchraydi.
Maydalovchi va kukunlovchi mashinalarning ishini asosiy texnik iqtisodiy ko‘rsatgichi bu birlik olingan mahsulotga sarf qilingan energiyadir.
Maydalash uchun sarf qilinadigan energiyani aniqlash bu juda murakkab masaladir, chunki sarf qilinayotgan energiya ish jarayonida o‘zgaruvchi bir qator (faktorlar zarrachalarning bir xilmasligi, ulardagi sinikliklar, zarralarning shakllari va boshqa) qaysiki hisobga qiyin olinadi.
Masalan: Maydalanish jarayonida zarrachalar eng noziq eridan maydalaniladi. Olingan mayda zarrachalarda esa noziq erlari qolmadi. Demak, maydalanish katta zarrachalarga sarf bo‘lgan energiya, mayda zarrachalarga ketganidan kamdir.
Maydalash jarayonida tashqi ta’sir qiluvchi kuchlar zarrachalarni deformatsiyalaydi va mustahkamlik chegarasidan oshishi bilan ularni yana ham mayda zarralarga maydalaydi. Maydalash uchun sarf bo‘lgan energiyani aniqlashi uchun quyidagi gipotezalarni qo‘llaymiz:
a) yuza gipotezasi (ittengera), ya’ni maydalanish jarayonidagi sarf bo‘lgan energiya yangi bo‘lgan yuzaga to‘g‘ri proporsionaldir.
a) yuza gipotezasi (ittengera), ya’ni maydalanish jarayonidagi sarf bo‘lgan energiya yangi bo‘lgan yuzaga to‘g‘ri proporsionaldir.
b) hajm gipotezasi (Kirpicheva - Kika), ya’ni geometrik o‘xshash jismlari bir xil shaklga keltirish uchun sarf bo‘lgan energiya ularning hajmi va og‘irligiga proporsionaldir.
Bu ikki gipoteza P.A.Rabinder tomonidan umumlashtirildi.
Maydalash uchun sarf bo‘lgan to‘la ish, deformatsiyalangan hajmdagi difformatsiyaga sarf bo‘lgan ish bilan yangi yuzalar hosil qilishi uchun sarf bo‘lgan ishlar yig‘indisiga teng.
Qurilish materiallari sanoatida qo‘llanuvchi kukunlovchi mashinalarni ishlashi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
a) Mexanik usulda maydalovchi jismlar bilan kukunlovchilarda zarralarning maydalanishi ularning urishish va ishqalanish hisobiga amalga oshadi.
b) Mexanik usulda maydalovchi jismlarsiz kukunlovchi mashinalarda materiallarni maydalash dinamik kuchlar ta’siri ostida amalga oshiriladi.
Kukunlovchilarni konstruksiyalariga qarab quyidagilarga bo‘lish mumkin.
Kukunlovchilarni konstruksiyalariga qarab quyidagilarga bo‘lish mumkin.
a) Barabanli kukunlovchilar, bunda maydalovchi jismlar bilan aylanayotgan barabanda 1 materiallarning maydalanishi maydalovchi jismlar bilan urish va qisman ishqalanishi hisobiga amalga oshadi.
a) Barabanli kukunlovchilar, bunda maydalovchi jismlar bilan aylanayotgan barabanda 1 materiallarning maydalanishi maydalovchi jismlar bilan urish va qisman ishqalanishi hisobiga amalga oshadi.
b) Doiraviy sharli kukunlovchilar, bunda materiallarni maydalash harakatsiz 1 va aylanuvchi 2 doira va sharlar 3 orasida amalga oshiriladi. SHarlar aylanuvchi doiraga purjinalar yordamida qisib qo‘yilgan.
v) Doiraviy rolikli kukunlovchilar, bunda materiallarning maydalanishi aylanib turuvchi o‘qga o‘rnatilgan harakatlanuvchi roliklar 1 va harakatlanmaydigan doira 2 o‘rtasida amalga oshadi.
g) Diskali kukunlovchilar, bunda materiallarning maydalanishi bir-biriga qisib o‘rnatilgan harakatdagi 1 va harakatsiz disklar o‘rtasida amalga oshiriladi.
d) Urib kukunlovchilar, bunda materiallar dinamik kuchlar va qisman ishqalanish ta’sirida maydalanadi.
e) Tebranma kukunlovchilar, bunda maydalash sharlarning materialga davomli ta’siri ostida amalga oshiriladi.
j) Oqimli kukunlovchilar, bunda materiallar zarralari havoning turbulent oqimida o‘zaro urilib maydalovchi kamera devoriga ishqalanib maydalanadi.
Maydalagichlarning konstruksiyasi
Asosan noruda materiallarni birinchi bor qayta ishlash uchun qurilish materiallari sanoatida jag‘li maydalagichlar keng qo‘llaniladi.
Jag‘li maydalagichlarning asosiy parametri uning yuklash va yuk tushirish qismlaridir. Masalan: SM-888-1500 x 2100 x 180. Markali jag‘li maydalagichning yuklash qisman o‘lchamlari kengligi 1500 mm, uzunligi 2100 mm, yuk tushirish qismi kengligi 180 mm (jag‘ning eng katta ochilgan holda) uzunligi 2100 mm yuklash qismining kengligi yuklanayotgan materialning eng yuqori kattaligini belgilaydi. YUklanayotgan materialning o‘lchami yuklash qismining kengligining 0,8-0,85 qismini teng bo‘lishi kerak. YUklash qismining o‘zligi bir vaqtida yuklayotgan material miqdorini va ish unumdorligini belgilaydi.
Ish jarayoniga qarab jag‘li maydalagichlar 2 tipga bo‘linadi.
1) Harakatdagi jag‘i oddiy harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar.
2) Harakatdagi jag‘i murakkab harakat qiluvchi jag‘li maydalagich.
Maydalagich quyidagicha ishlaydi. Aylanish harakat elektrodvigateldan tasmali uzatma orqali shkiv – maxovikga uzatiladi. Maydalagichni ishga tushirishga katta og‘irlikdagi harakatdagi qism qiyinlashtiradi. Keyingi vaqtlarda katta hajmdagi maydalagichlar ketma-ket ishga tushuvchi pog‘onali ishga tushirish mexanizmlariga ega. SHkiv - maxovik aylangandan so‘ng, Fraksion mufta orqali maydoni ekssetrik valga, so‘ngra ikkinchi firiksion mufta orqali ikkinchi maxovikga uzatiladi. Bu holatda maydalagichning to‘la ishga tushish vaqti 50-60 s ni tashkil qiladi.
\
Xulosa
Maydalagich quyidagicha ishlaydi. Aylanish harakat elektrodvigateldan tasmali uzatma orqali shkiv – maxovikga uzatiladi. Maydalagichni ishga tushirishga katta og‘irlikdagi harakatdagi qism qiyinlashtiradi. Keyingi vaqtlarda katta hajmdagi maydalagichlar ketma-ket ishga tushuvchi pog‘onali ishga tushirish mexanizmlariga ega. SHkiv - maxovik aylangandan so‘ng, Fraksion mufta orqali maydoni ekssetrik valga, so‘ngra ikkinchi firiksion mufta orqali ikkinchi maxovikga uzatiladi. Bu holatda maydalagichning to‘la ishga tushish vaqti 50-60 s ni tashkil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Poderni R.Yu. Mexanicheskoe oborudovanie karyerov: Uchebnik. M.: MGGU, 2003-2005-2007 -606 s.
2. Poderni R.Yu. Gornie mashini kompleksi. M.; Izdatelstvo MGGU, 2001g. 1- 2 tom-630 s.
3. Yaltanets I.M., Щadov M.I. Praktikum po otkritim gornim rabotam. Ucheb.posobie. M.: MGTU, 2003.-510 s.
4. Solod V.I. i dr. Gornie mashini avtomatizirovannie kompleksi M; Nedra, 1981. 485 s.
5. Sodiqov A. «Turg’un mashinalar va qurilmalar» Ma’ruzalar to‘plami. Toshkent, TDTU, 2002 y.
6. Sodiqov A., va b. «Konchilik mexanikasi». Toshkent, Turon- iqbol, 2007 y.