1.2. MATEMATIK MAYATNIK VA UNI HARAKAT TENGLAMASI
Garmonik tebranishlar va ularni tavsiflovchi fizik kattaliklar bilan
yuqoridagi mavzuda tanishib chiqdik. Endi garmonik tebranma harakatlarga
misol tariqasida mayatnik deb ataluvchi sistema harakatini qarab chiqamiz.
Mayatnik deganda qo’yilgan kuch ta’sirida qo’zg’almas o’q yoki
muvozanat holatiga nisbatan tebranayotgan sistemalar tushuniladi.
Matematik mayatnik – bu matematik abstraksiyadir.
Cho’zilmaydigan uzun, cho’zilmas, “vaznsiz” ip va unga osilgan jismdan
iborat sistemaga matematik mayatnik deb ataladi. Bu sistema matematik
mayatnik bo’lishi uchun qattiq jism o’lchamlari ip o’lchamlaridan bir necha
marta kichik, massasi ip massasidan ancha marta katta, ya’ni sistemaning massa
markazi B qattiq jismning massa markazi bilan mos tushishi kerak (81-rasm).
Dostları ilə paylaş: |