avtogeneratorning teskari bog'lanish g'altagi 180° ga burilsa (2.7- rasm),
ossillogrammadan ko'rinishicha, generator ishlamay qo'yadi. Buning boisi
shundaki, teskari bog'lanish g'altagining 180° ga burilishi emitter
Konturdan har bir impuls o'tishida elektr tokning bajargan ishi
manfiy bo'ladi (2.8-a rasm). Bu tok impulslari kontur energiyasini
to'ldirmaydigina emas, balki, aksincha, uni kamaytirishini anglatadi.
Natijada konturda yuzaga kelgan erkin tebranishlar juda tez so'nadi.
2.8-rasm
2.9-rasm
Agar musbat teskari bog'lnaishda ishlayotgan avtogenerator konturidagi
g'altak bilan teskari bog'lanish g'altagi orasidagi masofa sekin-asta orttirilsa,
avtotebranishlar amplitudasi kamayadi. G'altaklarning ayrim joylashuvida
tebranishlar to'xtaydi (2.9-rasm).
Bu holatda teskari bog'lanish kuchsiz va har davrda konturga keladigan
energiya qaytarilmaydigan ichki energiyaga aylangan energiyadan kichik
bo'ladi. Shunday qilib, teskari bog'lanish shunday bo'lishi kerakki,
birinchidan, emitter o'tishidagi kuchlanish konturdagi kuchlanish bilan bir
xil fazada o'zgarsin. Bu holdagi teskari bog'lanish musbat bo'ladi. Bu
generator o'z-o'zini uyg'otishning fazaviy shartidir;
ikkinchidan, teskari bog'lanish konturga, undagi qaytarilmaydigan
energiya sarfini to'liq qoplaydigan energiya kelishini ta'minlasin. Bu o'z-
o'zini uyg'otishning amplitudaviy sharti deb yuritiladi.