3. Avtotebranishlar chastotasi. Konturining induktivligi va sig'imini
o'zgaitirish mumkin bo'lgan avtogeneratorni yig'aylik. Manbani ulab,
ossillograf yordamida generatorning ishlayotganiga ishonch hosil
qilamiz. Kondensator sig'imini o'zgartirib, tebranishlar chastotasining
ham o'zgarishini ko'ramiz: sig'im ortganda tebranishlar chastotasi
kamayadi, sig'im kamayganda esa chastota ortadi.
Tebranish konturi g'altagining induktivligi ortganda ham chastota
kamayishini, induktivlik kamayganda esa chastota ortishini
ko'ramiz.
Bu tajribalar avtotebranishlar chastotasi erkin tebranishlar chastotasi
kabi, tebranish konturining induktivligi va sig'imi bilan aniqlanishini
ko'rsatadi.
Har qanday avtotebranish sistemasida avtotebranishlar chastotasi
tebranish sistemasining parametrlariga bog'liq bo'ladi. Masalan, soat
mexanizmi
mayatnigining
uzunligini
o'zgartirib,
uning
tebranishlari
chastotasining o'zgarishini kuzatamiz.
Dostları ilə paylaş: |