Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Respublikada uzluksiz ta’lim tizimi yettita ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

Respublikada uzluksiz ta’lim tizimi yettita ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi: 
1
Maktabgacha ta’lim (bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va 
nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga 
oshiriladi); 
1.
Umumiy o‘rta ta’lim (to‘qqiz yillik (1-9 sinflar) o‘qishdan iborat 
majburiy o‘rta ta’lim); 
2.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish 
muddati 3 yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim); 
3.
Oliy ta’lim (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslangan va 
bakalavriat va magistratura bosqichlariga ega bo‘lgan ta’lim); 
4.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim (aspirantura, ad’yunktura, 
doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik); 
шахс
жамият
давлат
узлуксиз
таълим
фан
ишлаб
чиќариш


12 
5.
Kadrlar 
malakasini 
oshirish 
va 
ularni 
qayta 
tayyorlash 
(mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash va chuqurlashtirish); 
6.
Maktabdan tashqari ta’lim (madaniy estetik, ilmiy, tehnikaviy, sport va 
boshqa yo‘nalishlardagi ta’lim). 
1998 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida Respublika oliy ta’lim muassasalarida 
bir bosqichli diplomli mutaxassislar tayyorlanib kelingan, 1994 yildan e’tibor Oliy 
ta’lim ikki bosqichli tizimi bakalavriatura va magistratura bo‘yicha kadrlar 
tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizim 1997 yilda qabul qilingan «Ta’lim 
to‘g‘risida» gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga 
oshirilmoqda. 
O‘zbekiston respublikasi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari qaysi vazirlik 
yoki idora tasarrufida bo‘lishidan qat’iy nazar ularning o‘quv-uslubiy faoliyati 
O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilib
nazorat qilinib boriladi. 
Oliy ta’limning maqsadi O‘zbekiston yuksak rivojlangan demokratik 
mamlakatlar darajasida ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish 
bilan ta’minlay oladigan, yuksak ma’naviy , madaniy va ahloqiy fazilatlarga ega 
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar yetishtirishdir. 
Oliy ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar: 


13 
-
davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg‘or, zamonaviy ta’lim va kasb-hunar 
dasturlari asosida yuqori samarali o‘qitishni tashkil qilish va malakali kadrlar 
yetishtirishni ta’minlash; 
-
mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi istiqbollari, jamiyat talablariga 
binoan fan, texnika, ilg‘or texnologiya, iqtisodiyot va madaniyatning 
zamonaviy yutuqlari asosida kadrlar o‘qitishni tashkil qilish va uning 
uslublarini muntazam takomillashtirish; 
-
yoshlarni milliy tiklanish mafkurasi va umuminsoniy qadriyatlarni bilish 
asosida, mustaqillik g‘oyalari, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik 
ruhida tarbiyalash
-
o‘quv amaliyotiga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini kiritish, 
o‘qitishni shakllashtirish va masofaviy vositalar bilan ta’minlash; 
-
ta’lim, fan va ishlab chiqarish birlashuvining amaliy tizimlarini ishlab chiqish 
va amaliyotga kiritish; 
-
ilmiy-pedagogik kadrlar va talabalarning ilmiy tadqiqotlari va ijodiy 
faoliyatlari orqali fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish; 
-
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish asosida ta’lim 
xizmatlari bozorida raqobatli muhitni shakllantirish; 
-
oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish va ular mustaqilligini 
kengaytirish; ta’sischilar, va’siylar, jamoat kuzatuv kengashlari shaklida 
yangi jamoat boshqaruvini kiritish; 
-
oliy ta’lim sohasida yuksak rivojlangan mamlakatlar bilan o‘zaro foydali 
hamkorlikni rivojlantirish. 
Oliy ta’lim tizimi quyidagilardan iborat: 
-
davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim va kasbiy-ta’lim dasturlarini 
amalga oshiruvchi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari; 
-
oliy ta’lim rivojlanishiga zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-
pedagogik muassasalar; 
-
ta’limni boshqarish davlat idoralari,hamda ular tasarrufidagi korxona
muassasa va tashkilotlar. 
Oliy ta’lim muassasalari mutaxassislar tayyorlashni «Oliy ta’lim yo‘nalishlari 
va ixtisosliklari klassifikatori» ga muvofiq amalga oshiradi. 
Davlat ta’lim muassasalarida tayyorlanadigan ta’lim yo‘nalishlari va 
ixtisosliklari ro‘yxatini faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy 
qiladi. 
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklarining 
ro‘yxati ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi marketing rivojlanishi bilan aniqlab
boriladi va mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, davriy qayta ko‘rib 
turiladi. 


14 
O‘zbekiston Respbulikasida oliy ta’lim muassasalarning quyidagi turlari joriy 
etiladi: universitet, akademiya, institut. 
Universitet: 
-
bilim sohalari va bilim berish yo‘nalishlarining keng qamrovi bo‘yicha oliy 
va undan keyingi ta’lim turlari dasturlarini amalga oshiradi
-
oliy ta’lim muassasalari turli iqtisodiy sohalar mutaxassislari , kasb-hunar 
kollejlari va akademik litseylar, pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish amaliyotini bajaradi; 
-
fanlar keng qamrovi bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi; 
-
bilimlarning tegishli sohalari bo‘yicha ilmiy va uslubiy markaz bo‘ladi. 
Akademiya: 
-
muayyan bilim sohalari va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha oliy va 
undan keyingi ta’limlarning kasbiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi; 
-
ma’lum sohalar uchun oliy malakali kadrlar qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish bilan shug‘ullanadi; 
-
fan,madaniyat,san’at sohalari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar 
bajaradi; 
-
o‘z faoliyati sohasida yetakchi ilmiy va uslubiy markaz bo‘ladi 
Institut : 
-
odatda, bilimlarning bir sohasi doirasida oliy va undan keyingi ta’limlarning 
kasbiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi; 
-
xalq xo‘jaligining ma’lum sohalari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash 
va malakasini oshirishni amalga oshiradi; 
-
amaliy va shuningdek fundamental ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 
Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy 
ma’lumot tug‘risidagi xujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga 
ega. 
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, 
o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. 
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida 2 yil
davom etadigan oliy ta’limdir.
 
Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash 
Toshkent Davlat agrar unversitetida, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya, 
Samarqand qishloq xo‘jaligi va Andijon qishloq xo‘jaligi institutlarida amalga 
oshiriladi. 
Barcha Oliy ta’lim muassalari ma’muriy tomondan qaysi vazirlik yoki idoraga 
bo‘ysinishidan qat’iy nazar O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
uslubiy boshqaruvi va nazoratida bo‘ladi. 


15 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin