30
va NS binolari, shlyuzlar, kemalarni ko‘targichlar) va boshqa turlarga bo‘linishi
ta’kidlangan.
O’zbekiston Respublikasining «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi
to‘g‘risida» gi Qonuniga (1999) muvofiq
Gidrotexnika inshootlari
– to‘g‘onlar
(plotinalar) , gidroelektr stansiyalar binolari, suv tashlash, suv bo‘shatish, suv
o‘tkazish va suv chiqarish inshootlari, tunnellar, kanallar, nasos stansiyalari, suv
omborlari qirg‘oqlarini, daryolar va kanallar o‘zanlarining qirg‘oqlari va tubini
toshqin hamda yemirilishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan inshootlar,
sanoat va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining suyuq chiqindilar saqlanadigan joylarini
o‘rab turuvchi inshootlar (ko‘tarmalar) iga aytiladi.
Birgalikda ishlash shartiga mos va joylashuvi bo‘yicha birlashgan gidrotexnika
inshootlari guruhlariga
gidrouzellar
deyiladi.
O’rni kelganda shuni ta’kidlash kerakki, ekspluatatsiya atamasi fransuzcha
exploitation so‘zidan olingan bo‘lib, u
foydalanish
,
foyda olish, ishlatish, ishga
tushirish
ma’nolarini bildiradi. Shuning uchun xam [68] da «tasarrufida (balansida)
gidrotexnika inshooti bo‘lgan korxona, muassasa va tashkilot –
foydalanuvchi
tashkilot
» deb yozilgan.
Noqulay suv va havo rejimi, kimyoviy va fizik xossalar, shamol va suvning
zararli mexanik ta’siriga duchor yerlarni tubdan yaxshilash bo‘yicha amalga
oshiriladigan tashkiliy-xo‘jalik va texnik tadbirlar majmuiga
melioratsiya
deyiladi.
Suv xo‘jaligiga taalluqli ishlar bilan Respublikamizda asosan Qishloq va suv
xo‘jaligi vazirligi va uning joylardagi, tasarrufida gidrotexnika inshootlari bo‘lgan
tashkilotlari shug‘ullanadi, biz ularni
suv xo‘jaligi tashkilotlari
deb ataymiz.
Dostları ilə paylaş: