Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


-modda. Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O’zbekiston Respublikasi  qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilansin.  2-modda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

1-modda.
Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O’zbekiston Respublikasi 
qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilansin. 
2-modda.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 
2.2. Sug‘orish tizimlarini avtomatlashtirish va boshqaruvi masalalari
 
O’zbekiston Respublikasi gidromeliorativ tizimlardan foydalanish mavjud 
gidromeliorativ tarmog‘ini mukammallashtirish holatini yaxshilash, suv taqsimoti 
jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, sug‘orish maydonlarini 
meliorativ holatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlaridagi ishlarni 


27 
mexanizatsiyalash, kompleks suv xo‘jaligi tadbirlarini amalga oshirib borib 
melioratsiyalashgan maydonlardan barqaror qishloq xo‘jalik ekinlarining 
hosildorligini muntazam ravishda oshirib borish va rejalashtirilgan suv sarfi 
miqdorini sug‘orish manbaidan bosh gidrotexnik inshoot yordamida mo‘ljallangan 
vaqt davomida olish, uni isrof qilmasdan sug‘orish tarmoqlari orqali 
iste’molchilarga yetkazib berish, suvdan foydalanish rejalarini to‘zish va amalga 
oshirish, sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini nazorat qilish va ularni 
yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqish, sug‘orish va zah qochirish tarmoqlari 
o‘zanlarini oqiziqlar va begona o‘tlardan tozalash, suv isrofgarchiligiga qarshi 
mahsus kompleks chora-tadbirlarni ilmiy asoslangan holatda ishlab chiqish va ularni 
amalga oshirish vazifalarini o‘z ichiga oladi. Hozirda Respublikada 4,3 mln.ga 
sug‘orish maydoni mavjud bo‘lib, bu maydonlarga o‘z vaqtida va kerakli 
miqdordagi sug‘orish suvini yetkazib berish uchun kanal, zovur, gidrouzel, 
gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, doimiy nasos stansiyalari qurilgan, suv 
xo‘jaligida umumiy suv sarfi sekundiga 2500 m3 dan ortiq bo‘lgan 75 yirik kanal, 
umumiy hajmi 18,6 mlrd m3 bo‘lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 32,4 ming km 
xo‘jaliklararo kanallar (uning 9,4 ming.km ga beton qoplangan) 174,5 ming km. 
Ichki sug‘orish tarmoqlari ( 133,6 ming km – tuproq o‘zanli ochiq ariqlar, 12,1 ming 
km. – beton ariqlar, 25,0 ming km. – lotokli, 3,7 ming km. – yopiq quvurli tarmoqlar 
), 31,0 ming km. xo‘jaliklararo 106,3 ming km. xo‘jalik ichki zovur tarmoqlari 
(shundan 67,1 ming km – ochiq 39,2 ming km yopiq) bor. Respublika xo‘jaliklarida 
12,8 ming ga yaqin nasos agregatlari mavjud bo‘lib, ular yordamida 1050 ming ga 
ekin maydoni sug‘oriladi. Nasos agregatlarining 5,800 ga yaqini elektrlashtirilgan 
qolganlari dizel nasoslaridan iborat. Xo‘jaliklar hisobida 2,0 mingga yaqin sug‘orish 
quduqlari ishlatiladi. Respublika 4800 dan tik zovur quduqlari 24,6 mingdan ortiq 
kuzatuv quduqlari mavjuddir. Mavjud 4,3 mln.ga sug‘orish maydonidan 144 ming 
ga si kuchsiz, 668 ming ga i o‘rta, 168 ming ga kuchli sho‘rlangan hisoblanadi.
2. Har bir nazoratchi xodim bir necha yaqin joylashtirilgan inshootlarga xizmat 
ko‘rsatadi. To‘siqlarning holati odatda qo‘l yordamida harakatga keltiriluvchi 
ko‘tarma mexanizimlar yordamida boshqariladi, suvning sathi va sarfining 
o‘zgarishlari o‘rnatilgan asboblar yoki reykalar bilan tekshiriladi. Ma’sul 
gidrouzellar, inshootlar va ekspluatatsiya qilinayotgan bo‘limlar bilan dispetcher 
telefon aloqasi orqali bog‘lanadi. Agar dispetcher xizmatida telefon aloqasidan 
boshqa texnik vositalar bo‘lmasa, suv tarqatish jarayonini nazorat qilishda hisobot 
quyidagicha tayyorlanadi: har kuni ertalab bo‘lim gidrotexnigi foydalanilayotgan 
bo‘lim bo‘yicha suv chiqarish inshootlaridagi suv tarqatish balansini tuzadi, olingan 
sutkalar uchun nazoratchi xodimlarning bergan ma’lumotlari asosida bajariladi 
(o‘lchovlar asosan ikki marta - ertalab va kechqurun olinadi). O’lchovlar oralig‘idagi 
vaqt davomida sarfni o‘zgarmas deb qabul qiladilar. Foydalanuvchi bo‘lim va yirik 


28 
uzellarning suv tarqatish balanslari tizim dispetcheriga uzatiladi. Bu yerda olingan 
ma’lumotlar asosida o‘tgan sutka davomida butun tizimdagi umumiy suv tarqatish 
balansi tuziladi, suvdan foydalanish rejasi bilan solishtiriladi va kerak bo‘lgan 
hollarda ma’lum o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Dispetcherlashtirishning bunday 
shakli xizmat ko‘rsatishning faqat ma’lum qisminigina hal qilishi mumkin, negaki 
boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi ob’ektlar bilan bevosita aloqa o‘rnatmasdan 
turib ulardagi haqiqiy holat hakida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishi qiyin. O’lchov 
tizimi natijalari, telefon aloqasi orqali dispetcherdan olingan farmoyishlarning 
bajarilishi haqidagi ma’lumotlar dispetcher punktiga katta kechikishlar bilan yetib 
keladi. Maxsus boshqaruv va nazorat texnik vositalari bo‘lmagan holda 
xo‘jaliklararo xizmat ko‘rsatish bo‘limi unga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajara 
olmaydi, buning natijasida suv tarqatish va uzatish jarayonlarida quyidagi 
kamchiliklar kelib chiqadi: 
• quyi tarafda joylashgan iste’molchilar hisobiga yuqoridagi iste’molchilarning 
ko‘proq suvdan foydalanishi; 
• sug‘orish me’yorlariga rioya qilmaslik oqibatida qishloq xo‘jalik ekinlarining 
hosildorligini kamayib ketishi va yerlarning meliorativ holatining yomonlashishi 
(botqoqlanishi, shurlanishi); 
• suvning oqib kelishi va uning sarfi xaqida operativ ma’lumotlarni yo‘qligi 
sababli reja asosida suv tarqatish buyicha to‘liq nazorat ta’minlanmaydi va sug‘orish 
me’yorlariga o‘z-o‘zidan rioya qilinmaydi; 
• gidrotexnik inshootlar va uskunalarni texnik ekspluatatsiya tartiblari va 
qoidalari buziladi va bu avariya holatlariga olib keladi; 
• tizimni ish tartibini qayta o‘zgartirish davrlarida suv iste’moli va suvni tortish 
balansining buzilishi natijasida tizimning xo‘jaliklararo qismlarining alohida 
bo‘linmalarida sezilarli darajada suvning chiqarib yuborilishi kuzatiladi; 
• kichik ish unumdorligiga ega bo‘lgan qo‘l mehnati keng qo‘llanadi. 
Operativ xizmatning texnik ta’minotini o‘zgartirmasdan xizmatchi – 
xodimlarni sonini ko‘paytirish bilan yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni yo‘qotish 
mumkin emas. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish natijasidagina yuqori 
texnik iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. Shunday qilib asosiy 
masalalardan biri sug‘orish tizimidagi xo‘jaliklararo tarmog‘ining operativ xizmat 
bo‘limidan foydalanishni tubdan sifat jihatdan o‘zgartirilishi xisobdanadi. Sug‘orish 
tizimining ichki xo‘jalik tarmog‘i eng uzun va juda ko‘p mayda gidrotexnik 
inshoatlarga ega bo‘lgan qismdir. Misol uchun, O’zbekiston Respublikasidagi 
sug‘orish kanallarining umumiy uzunligi 165,3 ming kmni tashkil etadi, ulardan 
25,5 ming km – xo‘jaliklararo va 139,8 ming km ichki xo‘jalik tarmog‘i; Kollektor 
– drenaj tarmog‘i 106 ming km bo‘lib, shu jumladan 75 ming kmga yaqini ichki 
xo‘jalik tarmog‘idir. O’zbekistonning sug‘orish va drenaj tizimida 60 mingga yaqin 


29 
gidrotexnik inshootlar mavjud bo‘lib, ularning 40 mingga yaqini ichki xo‘jalik 
tarmog‘iga to‘g‘ri keladi. Sug‘orish tarmog‘ining umumiy f.i.k. ini hisobga olganda, 
suvni yo‘qotish magistral kanallardagi va xo‘jaliklararo tarqatgichlarda asosiy suv 
olish inshootidan 17,5 % ga, ichki xo‘jalik qismiga esa 32,5% gacha baholanadi. 
Sug‘orish jarayonini avtomatlashtirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, chunki 
ish unumdorligini oshirishda sug‘orish suvlarini effektiv ishlatish, suvni tejovchi 
texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shu jumladan, kollektr – 
drenaj tizimini ham avtomatlashtirish muhim ahamiyatga ega, bu holda yerlarni 
meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish, ekspluatatsion xarajatlarni 
kamaytirish imkoniyati bo‘ladi. Shunday qilib, sug‘orish tizimining asosiy 
vazifalariga suvni tortish jarayonlarini avtomatlashtirish, tizimdagi xo‘jaliklararo va 
ichki xo‘jalik tarmog‘idagi suv tarqatish va sug‘orish va kollektor – drenaj 
tarmog‘ini avtomatlashtirish kiradi. Sug‘orish tizimi tarkibiy qismlari va 
ko‘rsatilgan jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy prinsiplari ketma – ket 
tartibda ko‘rib chiqiladi. Bu holatni buzilishi suv resurslaridan unumli foydalanishni 
va sug‘oriladigan yerlarni holatini yomonlashuviga olib keladi. Shuning uchun 
tizimning barcha tarkibiy qismlarini kompleks avtomatlashtirish zarur bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin