Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


qobiliyatlariga ega bo‘lishi  lozim



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

 
qobiliyatlariga ega bo‘lishi 
lozim
.
 
Loyihaviy konstruktorlik faoliyatda:
- tipik elementlar, qurilmalar va avtomatlashtirish vositalarini loyihalash va 
gidromeliorativ tizimlari texnologik jarayonlarini boshqarish;
 

avtomatlashtirish va boshqaruvning tipik yechimlarini
 
algoritmlash;
- bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik 
modellarni ishlab chiqish va tadqiqot qilish; 
- loyihaviy va dasturiy xujjatlarni ishlab chiqish
 
qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim
.
 
Ishlab chiqarish-texnologik faoliyatda:
-gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari, suv tarqatish tipik texnologik 
jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va qo‘llash; 


21 
- avtomatlashtirish vositalarini texnik ekspluatatsiyasi tizimini ishlab chiqish va tipik 
prinsiplarni qo‘llash; 
- suv xo‘jaligi kompleksida texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan 
tizimlarining vositalarini ishlab chiqish va qo‘llash; 
- avtomatlashtirish tizimlaridagi montaj, ishga tushirish, sozlash ishlarini tashkil 
qilish va bajarish;
 
- loyiha xujjatlarini ishlab chiqish;
 
- professional etika kodeksiga amal qilish 
qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim

Tashkiliy-boshqaruv faoliyati: 
- loyiha institutlarining avtomatlashtirish va ekspluatatsiya bo‘limi, guruhiga 
rahbarlik, shu jumladan sug‘orish tizimlarini boshqarish;
 
- avtomatlashtirish va nazorat tizimlarining texnik vositalari, qurilmalarini ishga 
tushirish, montaj qilish , sozlash va ekspluatatsiya qilish; 
-suv ombori, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari texnologik jarayonlarini 
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida dispetcherlik ishi; 
- avtomatik nazorat, rostlash, boshqaruv tizimlarida ekspluatatsiya, ta’mirlash va 
texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish; 
- texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
ishlab chiqarish va resurslarni rejalashtirishda ishtirok etish; 
- texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tizimlarini yaratish 
va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari faoliyati 
monitoringida qatnashish; 
- zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan 
bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari 
va mexanizmlarini ishlab chiqish; 
- atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi 
borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish
 
qobiliyatlariga 
ega bo‘lishi lozim

Pedagogik faoliyatida (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
tizimida): 

umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimining ta’lim 
muassasalarida tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha
zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy hamda 
amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish; 

o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazilishiga ko‘maklashish, 
tadqiqotlarda ishtirok etish, ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil etish; 

o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zarur 
bo‘lgan o‘quv-metodik xujjatlarni shakllantirish, tuzish va ularni tadbiq etish; 


22 

mustaqil ta’lim va ijodiy qidiruv natijasida o‘qitilayotgan fan hamda 
pedagogik faoliyat sohasidagi metodlar, vositalar va shakllar jabhalarida o‘z-o‘zini 
muntazam takomillashtirib borish 
qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim.
 

5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va 
boshqarish (suv x
o‘
jaligida)
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi 
yuklama hajmi 
Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga 
olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanadi. 
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun auditoriya 
mashg‘ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soatgacha qilib belgilanishi 
mumkin. 
O‘qishning normativ muddati to‘rt yil bo‘lgani holda o‘quv jarayoni 204 hafta 
davom etishi zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin