24
2. O’zbekiston Respublikasi gidromeliorativ tizimlarining holati
2.1.Respublika qishloq va suv xo‘jaligi tizimining bugungi holati va
istiqbollari
Geografik joylashuvi
: O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo
oralig‘ida joylashgan, maydoni 448,9 ming kv km. Respublikamizning geografik
joylashishi, yeri, iqlim sharoiti va sug‘orish tizimlari sug‘orma dehqonchilikda
o‘ziga xos tomonlarini hisobga olinishini taqozo etadi.
Dehqonchilikda asosan
sug‘orma yer dehqonchiligi (92% dan ortiq erda) joriy etilgan.
Ichki suv havzalari
: Mamlakat eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo.
Amudaryo uzunligi -1437 km., Sirdaryo -2137 km.ga yetadi. O’zbekistonning
ko‘pgina ichki daryolari suvi oquvi davomida keng dashtu-cho‘llarga singib ketadi,
faqatgina Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga borib quyiladi. Respublikada yil
davomida suv bilan ta’min etib turuvchi Chordaryo kabi bir necha sun’iy ko‘llar
mavjud. Tuproq va o‘simliklari. Pasttekisliklar cho‘l o‘simliklari, tog‘lari esa dasht,
o‘rmon va tog‘ oldi yaylovlari o‘simliklaridan iborat. (2.1-rasm)
2.1-rasm. O’zbekiston Respublikasining geografik joylashishi
Respublika qishloq va suv xo‘jaligi istiqboli yildan yilga yuqori darajalarga
ortib bormoqda va sanoat asosida faoliyat yuritish imkoniyatlari tuzilmoqda.
25
Respublikamiz suv xo‘jaligi tizimida hozirgi kunda 1600 dan ortiq nasos
stansiyalari va 11000 donaga yaqin vertikal quduqlardagi nasos agregatlari ishlab
turibdi. Ular yordamida 2.038 ming gektar yerlar (jami sug‘oriladigan yerlarning-
53%) sug‘oriladi.
Respublikamiz suv ta’minoti va sug‘orish tizimlarida 10145
dona nasos
agregatlari ishlab kelmoqda. Ularning 5158 tasi elektrlashtirilgan va 4987 tasi esa
dizel agregatlari yordamida harakatga keltiriladi.
Respublikada jami 61 ta suv omborlari mavjud bo‘lib, ularda to‘plangan suv
zahiralari umumiy uzunligi 27711 km bo‘lgan xo‘jaliklararo kanallar orqali
sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlaydi. Bulardan tashqari barcha magistral va
xo‘jaliklararo suv tarqatish tarmoqlari elektrlashtirilgan bo‘lib, ularning barchasi
past (0,4 kV) va yuqori (6, 10 kV) kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali elektr
energiyasi bilan ta’minlanadi. Ushbu elektr tarmoqlarni samarali ekspluatatsiya
qilishda energetika va avtomatika xizmati mutaxassis xodimlari bilan ta’minlash
aktual masala bo‘lib qolmoqda.
Sobiq ittifoq tarkibida O‘zbekiston asosan xom-ashyo
yetishtiruvchi agrar
respublika hisoblanib kelgan va dehqonchilikda paxta monopoliyasi asosiy o‘rinni
egallagan. Bozor iqtisodiyoti tomoyillarini agrar soha islohotida qo‘llash, asosiy
boylik hisoblangan yerni davlat mulki sifatida saqlagan holda uzoq muddatga
xususiy mulk qilib aholiga berilishi, qishloq xo‘jaligida eng yirik voqeyliklardan
biridir. 1998 yilda qabul qilingan «Yer kadastri» qonuni
ushbu muhim iqtisodiy
islohotga huquqiy asos bo‘ldi.
Qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti qonunlariga mos
keluvchi shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklari, suvdan foydalanuvchilar
uyushmalarini (SFU) joriy etilishi dehqonlarda mulkdorlik hislarini uyg‘otib,
mahsulot yetishtirishning samaradorligini oshirishga qiziqish uyg`otdi. 1998 yilda
Oliy majlis tomonidan qabul qilingan «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat
xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi va «Dehqon xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi qonunlar xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etishda huquqiy
xujjat bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Ho‘jalik yuritishning yangi turlari asosida keyingi yillarda to‘plangan tajriba
va ijobiy natijalar asosida «fermer xo‘jaliklari» qishloq xo‘jaligida xo‘jalik
yuritishning ustuvor yo‘nalishi deb belgilandi.
Shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklarni moddiy-texnik ta’minlanishini
yaxshilash va ularga servis xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini tashkil etish bo‘yicha
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2004 yilda qabul qilingan qaror qishloq xo‘jaligini
barqaror rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Rivojlangan mamlakatlarda
qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda aholining 3-5% ishtirok etsa,
Respublikamizda qishloq aholisining 50-60% qishloq xo‘jalik mahsulotlari
26
yetishtirish bilan banddir. Ushbu ko‘rsatkich zaminida esa past hosildorlik, mahsulot
yetishtirishda qo‘l mehnati salmog`ining kattaligi, kabi ko‘rsatkichlar
bilan bir
qatorda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot darajasini hamon past bo‘lib kelayotgani ham
yotadi.
Boshqa mavjud muammolar qatorida ilmiy texnik taraqqiyot qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishida o‘ta muhim ahamiyatga egadir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida davlat tasarrufidagi yirik ishlab chiqarish xo‘jaliklari, tashkilot va
korxonalarni xususiylashtirilishi hamda yirik fermerlar, xususiy korxonalar sonini
bugungi kunda hali kamligi, ularning texnika
va texnologiyalar sotib olish,
mavjudlarini takomillashtirish (yangilash) uchun zaruriy mablag‘lari yetarli
bo‘lmaganligi tufayli texnik ta’minot darajasi bir muncha pasayishi, binobarin
mehnatni texnik va energetik resurslar bilan ta’minot darajasi kamayish holati
mavjuddir.
Ishlab chiqarishda yangi
texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy texnik
vositalar bilan jihozlash va eng asosiysi ulardan samarali foydalanish
yetishtirilayotgan mahsulotni son va sifat ko‘rsatkichlariga va tannarxiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklariga hamda boshqa faoliyat
ko‘rsatuvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘liq korxonalar, o‘rta
va kichik biznes sub’yektlarini yangi texnologiya
va texnik vositalar bilan
ta’minlash, ularni o‘rnatib berish, ekspluatatsiya qilish, texnik servis xizmat
ko‘rsatish, konsalting xizmatlari ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida hukumat
qarorlari bilan mashina-traktor parklar, ularning alternativ turlarini tashkil qilinishi
bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda.
Sohada texnik taraqqiyotning o‘sib borishi, uning barqarorligi ishlab chiqarish
jarayonlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, energoeffektiv jarayonlarni kashf
etish va ishlab chiqarishga joriy etish, hamda tizimini
avtomatlashtirish kabi
omillarga bog‘liqdir. O’zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini
belgilash to‘g‘risidagi qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 1 avgustda
qabul qilingan Senat tomonidan 2017 yil 24 avgustda ma’qullangan.
Dostları ilə paylaş: