42
omborining to‘la hajmi - 2,05 km
3
, foydali hajmi - 1,6 km
3
. Gidrouzel 1968 y ishga
tushirilgan (1.2 - rasm). Gidrouzel tarkibiga baland tosh-tuproqli to‘g‘on, suv
tashlovchi inshootlar va GES inshootlari kompleksi kiradi.
Chorvoq gidrouzeli to‘g‘oni suglinok gruntli yadroli, simmetrik ko‘ndalang
kesimga ega, yon prizmalari tosh tashlama va qum shag‘al toshli o‘tish zonalari bilan
qurilgan, to‘g‘onning eng ko‘p balandligi – 168 m, uzunligi – 762 m, tepasi
(o‘rkachi) bo‘yicha kengligi – 12 m, tepa qiyaligi – 1:2, pastkisi – 1:1,9.
Farxod gidrouzeli
Sirdaryoda joylashgan bo‘lib 5800 m
3
/s suvni o‘tkazishga
mo‘ljallangan, Farxod GES derivatsiya kanali, Janubiy Mirzachul kanali, Do‘stlik
kanali va Dalvarzin
kanallariga suv beradi, 1947 yil ishga tushirilgan. Gidrouzel
tarkibiga (1.3 – rasm) uzunligi 450 m, eng ko‘p balandligi 27 m bo‘lgan to‘kma
gruntli to‘g‘on, har biri 10 m. li 7 oraliqdan iborat va 4430 m
3
/s sarfga hisoblangan
91 m. li, o‘zidan suv tushiruvchi beton to‘g‘on (vodoslivnaya plotina),daryoning
o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan
Dalvarzin kanaliga suv olgich, chap qirg‘og‘ida
joylashgan GES derivatsion kanali bosh inshootlari kiradi.
GES binosi kovlama (vыemka)da joylashgan, undagi 2 agregatning har birini
quvvati 30 ming kVt, yana ikkitasining har biriniki esa – 33 ming kVt (GESning
belgilangan quvvati – 126 ming kVt). GES binosidan
bosimsiz suv olib ketuvchi
kanal qurilgan. Uning 6 - km da suv bo‘lgich inshooti qurilgan bo‘lib, undan chap
tomonga «Do‘stlik» kanali ketadi, o‘nga esa Sirdaryoga tashlama.
GESning derivatsion kanali gorizontal bermali (o‘zi tartibga tushiruvchi) qilib
qurilgan. Bunda yig‘ilgan qo‘shimcha suv hajmidan,
oqimini kundalik tartibga
solishdagidek, GES ishini tartibga solish amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: