44
o‘lchash qurilmasining aniq balandlik holatini aniqlash uchun nivelirlash belgilari
bilan jihozlanadi. Nivelirlash belgilarini joylashuv o‘rni quyidagi talablardan kelib
chiqib topiladi: suv omboridagi suvning eng past sathida kamida 0,5…1 m chuqurlik
zahirasini va ochiq havza bilan erkin suv almashinuvini ta’min etishi kerak;
kuzatishlar olib boriladigan joy muz bosishi, shomoldan to‘lqinlanishi va
o‘lchovlarni olib borish uchun yengil borib keladigan bo‘lishi lozim. Suv o‘lchash
pastlarini yirik suv olish inshootlari, suvni oqib kelib qo‘shiladigan joylari, kuchli
deformatsiyalanadiga qirg‘oqlar yaqinida o‘rnatish tavsiya qilinmaydi.
Suv
omborlarida va pastki beflarda reykali postlar, daryolarda esa svayli postlar
o‘llaniladi
. Suv o‘lchash postlarining plandagi joylashuvi eskizi, svaylar boshchalari
yoki reyka nuli, reperlar balgilari bilan qirg‘oq ko‘ndalang profili va postning
qisqacha tavsifi ilova qilingan post pasporti tuziladi. Suv sathini suv o‘lchash
postlarining muqobil (variant) lari 2.2 – rasmda ko‘rsatildi.
Odatiy sharoitda suv
sathi 1 sm aniqlikda har kuni ertalab soat 8.00 da o‘lchanadi. Toshqin payti
kuzatuvlar har soatda olib boriladi, sath jadal tushayotgan va ko‘tarilayotgan paytida
esa har 3 soatda o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar bo‘yicha sathlarni o‘zgarish
grafigi tuziladi va suv omborining hajmi aniqlanadi.
Suv ombori to‘ldirilishi bilan tutashgan xududlarda grunt suvlarning sathi
ko‘tariladi. Buning natijasida xudud botqoqlanishi, qo‘shimcha ko‘lchalar
hosil
bo‘lishi, tuproq qatlami, o‘simlik dunyosi, grunt suvlari tarkibi va sh.o‘. o‘zgarishi
mumkin.
2.2 – rasm Suv o‘lchash postlarida suv sathini o‘lchash variantlari:
a – ikki svay bo‘yicha; b – kuzatish nulidan pastda joylashgan suv sathi
bo‘lganda; v – erkin sathda to‘l inlanish bo‘lgan sharoitda o’lchanlari, sm.
Suv ombori to‘ldirilishi va bo‘shatilishida qiyaliklarni turg‘unligi va
mustahkamlovchilarni butunligini ta’min etish zarur. O’rtacha hajmili suv omborini
to‘ldirish tezligi, uning pastki va o‘rta qatlamlari uchun 0,5…1 m/sut, yuqori qatlami
uchun – 0,25…0,5 m/sut, yuqori qatlamining 2…3 m uchun – 0,05…0,1 m/sut.
Bo‘shatish tezligi: yuqori sathlar uchun – 0,3 m/sut, o‘rta sathlar uchun – 0,5 m/sut,
pastki uchun – 1 m /sut. Ammo bu tezliklar muayan geologik, gidrogeologik va
boshqa sharoitlar bilan bog‘lanishi lozim.
45
Suv ombori ishlatilayotgan davrda pastki befga tindirilgan oqim tashlanadi, shuning
uchun pastki bef o‘zanida umumiy yuvilish va o‘zanning pasayishi kuzatiladi, bu
urilma va pastki bef risbermasida beflarni tutashishini yomonlashtiradi.
Yuqori
befda oqizindilar cho‘kadi va suv omborini loyqa bosadi.
Dostları ilə paylaş: