2.3.3. Gidrotexnika inshootlarida dispetcherlik xizmati
Vazirlik bo‘yicha suv xo‘jaligi siyosati, suv resurslarini boshqarish, ulardan
foydalanish, suv resurslarini hisobini olib borish Markaziy texnologik va
dispetcherlik xizmati hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, ularning
37
irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, magistral kanallar boshqarmalari dispetcherlik
xizmati orqali amalga oshiriladi.
Gidrotexnika inshootlarida yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish
uchun aloqa texnika vositalari, signalizatsiya, telemexanika va avtomatika
yordamida ishlab chiqarishni nazorat qilish va boshqarishni markazlashtirish va
koordinatsiyalash maqsadida har bir suv xo‘jaligi, energetika tizimida dispetcherlik
xizmati tashkil qilingan. Ular zamonaviy dispetcherlik aloqasi, pulti bilan
ta’minlangan, dispetcherlik punktlari tashkil qilingan. Bunday dispetcherlik
punktlarini mahalliy dispetcherlik punktlari deb ataladi, ularda dispetcherning ish
joyi-operatorlik xonasi, yordamchi jihozlari bo‘lgan apparatlar xonasi mavjud.
Hozir ular zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan.
Dispetcherlik aloqasi - bu bajaruvchilar bilan dispetcher olib boradigan
muloqotlarda foydalanish uchun ishlatiladigan simli telefon, qo‘zg‘aluvchan
telefon, radioaloqa vositalari, telegraf, teletaypdan iborat. Dispetcherlik aloqasi bir
inshoot bilan boshqa inshootlar orasida aloqa bog‘lanishini, bir vaqtda
ekspluatatsiya xizmatining bir necha xodimlariga ko‘rsatma berishni ta’minlaydi.
Dispetcherlik pulti - bu gidrotexnika inshootlari bashqarilib turiladigan qurilma.
U inshootlar holati haqida ma’lumotlarni to‘playdi va ular asosida dispetcher qabul
qilgan qarorlarni inshootlarga uzatadi, inshootlarda suv taqimlash ishlarini amalga
oshiradi. Dispetcherlik pulti nazorat-o‘lchov asboblari, komitatsiya apparatlari,
inshootlarni joylashuvi, ularda nazorat-o‘lchov asboblarini joylashuvi aks ettirilgan
sxemalar, suv taqsimlash grafiklari, nazorat ishlari, texnik qarov, ta’mirlash ishlari
grafik (reja) lari, telefon va teletayp, teleo‘lchov apparatlaridan tuziladi. Inshootlar
zatvorlarini ko‘targichlari,zatvorlar holatini, suv olish va taqsimlashni distansion
boshqaruvi dispetcherlik pulti yordamida amalga oshiriladi.
Ko‘pchilik
gidrotexnika
inshootlaridagi
dispetcherlik
pultlari
avtomatlashtirilgan, ma’lumotlarni yig‘adigan, ularni hisobga oladigan va
ma’lumotlarga dastlabki qayta ishlov beradigan, boshqaruvni osonlashtiradigan
zamonaviy informatsion texnologiyalar bilan jihozlangan.
Dispetcherlik punkti ishlab chiqarish yoki suv resurslarini boshqarishning,
inshootlarga qarov, ularning texnik holatini nazorat qilish va ta’mirlash ishlarining
qanday borishi, transport xizmati, yer qazish texnikalari ishi, elektr va texnik
ta’minot va boshqa ishlar to‘g‘risida axborot to‘playdigan dispetcherlik boshqaruv
tizimining markazi hisoblanadi.
Suv
xo‘jaligi
tizimida
gidrotexnika
inshootlarini
boshqarishni
markazlashtirilgan dispetcherlik xizmati tashkil qilingan, ya’ni har bir gidrotexnika
inshootining dispetcherlik xizmati suv xo‘jaligining yuqori tashkilotlari bo‘lmish
irrigatsiya tizimlari, havza boshqarmalari, respublika birlashmalari, vazirliklar
dispetcherlik xizmatlari bilan bog‘langan.
38
Masalan, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy
dispetcherlik punkti Samarqand shahrida joylashgan, u o‘ziga qarashli barcha
irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, yirik gidrotexnika inshootlari (gidrouzellar, suv
omborlari, magistral kanallar), Samarqand viloyati qishloq va suv xo‘jaligi
boshqarmasi (Q va SXB) va uning barcha tumanlardagi Q va SXB lari, Jizzax
viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi va uning Baxmal, G’allaorol, Jizzax
tumanlari Q va SXB lari, Navoiy viloyati va uning Xatirchi, Navoiy (Norpoy kanali
zonasi), Konimex, Novbaxor tumanlari Q va
SXB lari, Qashqadaryo viloyati Q va SXB va uning Chiroqchi (Eski anhor
kanali zonasi) tumani Q va SXB markaziy va mahalliy dispetcherlik punktlari hamda
Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirligi (suv xo‘jaligi Bosh borqarmasi) Markaziy
dispetcherlik punkti (Toshkent sh.) bog‘langan. Bundan tashqari havza boshqarmasi
markaziy dispetcherlik punkti havza boshqarmasi xizmat ko‘rsatadigan barcha
viloyatlar va tumanlar nasos stansiyalari boshqarmalari, gidrogeologiya-
melioratsiya ekspeditsiyalari, qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari, suv
xo‘jaligi qurilishi tashkilotlari, suv xo‘jaligi avtobazalari, favqulodda vaziyatlar
vazirligining joylardagi organlari hamda viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan
to‘g‘ridan – to‘g‘ri aloqaga ega.
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga «Zarafshon» magistral
tizimi boshqarmasi (Samarqand sh.), «Tuyatortor-Qli» (Baxmal tumani), «Mirza-
Pay» (Chelak sh.), «Darg‘om» (Toyloq tumani), «Eski Angor» (Chiroqchi tumani),
«Oq-Qoradaryo» (Oqdaryo tumani), «Miankal-Tos» (Qattaqo‘rg‘on tumani),
«Karmana-Konimex» (Karmana sh.), «Norpoy-Navoiy» irrigatsiya tizimlari
boshqarmalari, Yuqori
Zarafshon suv olish uzeli (Urgut tumani), Oq-Qoradaryo gidrouzeli
(Samarqand sh.), Damxo‘ja gidrouzeli
(Kattaqo‘rg‘on tumani), Narpay gidrouzeli (Kattaqo‘rg‘on sh.), Karmana
gidrouzeli (Karmana tumani), Kattaqo‘rg‘on (Kattaqo‘rg‘on sh.), Oqdaryo (Ishtixon
tumani), Tusunsoy (Qo‘shrabot tumani), Qorasuv (Chelak tumani), Qora tepa (Urgut
tumani), Sobirsoy (Nurobod tumani), Qorovul tepa (G’allaorol tumani) suv
omborlaridan foydalanish boshqarmalari qaraydi, ularda mahalliy dispetcherlik
punktlari tashkil qilingan.
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy dispetcherlik
punkti Zarafshon daryosining rejimini qisqa va uzoq vaqtli bashorat qilish, amaldagi
rejimi bilan solishtirish, suvdan foydalanish (suv taqsimlash) rejasini tuzish va unga
aniqliklar kiritib borish, ob’ektlar texnik holatlari, texnologik jarayonlarni borishi
to‘g‘risida ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish, ob’ektlarni boshqarishga
topshiriqlar berish, ekspluatatsiya xizmatiga joriy ma’lumotlarni berish, texnik-
iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarishni rejalashtirish, markaziy buxgalterlik hisobi va
39
hisobotini yuritishga amaliy yordam ko‘rsatish, yuqorida sanab o‘tilgan
masalalardan kelib chiqadigan ilmiy ishlarni rejalashtirish kabi bir qancha ishlar
bilan shug‘ullanadi.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy dispetcherlik punkti Respublikadagi
sug‘orish manbalarini sersuvligi, magistral kanallarga suv olish, suv omborlari, yirik
nasos stansiyalari ish rejimlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarini olinishini
ta’minlaydi. Dispetcherlik xizmati juda katta maydonga suvni tezkor taqsimlashni
amalga oshiradi. Dispetcherning o‘z vaqtida bergan ko‘rsatmalari avariyalar, sel,
toshqin xavflarini va sh.o‘. oldini olmoqda. Ma’lumotlar, axborotlarni muntazam
olinib turilishi vazirlikka va uning joylardagi tashkilotlariga barcha masalalarni
tezkor hal qilishga yordam bermoqda.
Shuningdek dispetcherlik xizmati, «Sirdaryo», «Amudaryo» havzalari suv
xo‘jaligi birlashmalariga qarashli yirik gidrotexnika inshootlari hamda
«O’zbekenergo» DAKga qarashli GESlarda ham tashkil qilingan, ular mos ravishda
birlashmalar va kompaniya markaziy dispetcherlik xizmati bilan bog‘langan.
O’rni kelganda shuni aytish kerakki, daryolarning rejimi va sersuvligini
o‘rganish ko‘p xorijiy mamlakatlarda kosmik yo‘ldoshlar yordamida amalga
oshirilmoqda va olingan ma’lumotlar shu mamlakatlarning suv xo‘jaligi
dispetcherlik punktlarida dastlabki va qayta ishlov berilib amaliyotda
foydalanilmoqda.
Suv resurlarini to‘g‘ri taqsimlash, ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish
Vazirlikning «O’zsuvnazorat» Respublika inspeksiyasiga yuklatilgan.
Vazirlik tizimida suv xo‘jaligi ob’ektlarini qurish, ularni texnik qayta jihozlash,
rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq loyiha-qidiruv ishlari
«Suvloyiha», «O’zgiprosuvloyiha». «O’zgipromeliosuvloyiha» loyiha institutlari
hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining loyiha-qidiruv guruhlari
tomonidan o‘zaro xo‘jalik hisobi asosida bajariladi.
Shu masalalar bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlarini esa SANIIRI ilmiy ishlab
chiqarish birlashmasi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Davlatlararo suv
xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning ilmiy-axborot markazi hamda
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining suv muammolari va boshqa
ilmiy-tekshirish institutlari olib boradi.
Tizim uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakalarini
oshirish Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida olib boriladi.
«Sirdaryo» XSXB tasarrufida 198 gidrotexnika inshooti bo‘lib, ular Sirdaryoni
Norin va
Qoradaryo ko‘yilgan joyidan Orol dengizigacha bo‘lgan 2337 km uchastkasida,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O’zbekiston Respublikalari xududlarida
joylashgan. Bu inshootlar tarkibida 3000 m
3
/s suv o‘tkazish qobiliyati ega bo‘lgan
40
Norin daryosidagi Uchqo‘rg‘on gidrouzeli (1400 m
3
/s), Chirchiq daryosidagi Yuqori
Chirchiq gidrouzeli (1800 m
3
/s), umumiy hajmi 19,5 km
3
, foydali hajmi 14 km
3
bo‘lgan Toktag‘ul suv ombori, mos ravishda 1,9 km
3
, 1,75 km
3
bo‘lgan Andijon suv
ombori (akvatoriyasi), xuddi shunday 4,03 km
3
;
2,55 km
3
bo‘lgan Qoyraqqum suv ombori, 2,05 km
3
; 1,6 km
3
- Chorvoq suv
ombori (akvatoriyasi), 5,4 km
3
; 4,4 km
3
- Chordara suv ombori bor. Mazkur
inshootlar Sirdaryo» XSXB tarkibidagi:
-
Norin-Qoradaryo gidrouzellar (Andijon viloyati Kuyganyor shahrida);
-
Mirzacho‘l gidrouzellar va Do‘stlik kanali (Sirdaryo viloyati Guliston shahri);
-
YuqoriChirchik gidrouzellar (Toshkent viloyati Chirchik shahrida);
-
Chorvoq suv ombori (Chorvoq sh.);
-Toktog‘ul suv ombori boshqarmalari tomonidan ishlatiladi.
Sirdaryo XSXB markaziy apparati Toshkent shahrida joylashgan. Sirdaryo
XSXB tasarrufidagi gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash shu birlashma tarkibidagi
ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnalar tomonidan bajariladi.
«Amudaryo» XSXB (Urganch shahrida joylashgan) 84 gidrotexnika inshooti
(shu jumladan 36 daryodan suv olgich bosh inshoot), 169 gidropost, 386 km
davlatlararo kanallar, shuningdek ishlatish bilan bog‘liq ko‘p sonli kommunikatsiya
(yo‘llar, elektr ta’minoti, texnik vositalar va boshq.) ni ishlatadi.
«Amudaryo» XSXB o‘ziga yuklatilgan vazifalarini amalga oshirish uchun
tarkibida suv oluvchi inshootlar, gidrouzellar, davlatlararo kanallarni ishlatish
bo‘yicha quyidagi xududiy boshqamalarni tashkil etgan:
-
Qo‘rg‘ontepa gidrouzellar boshqarmasi (yangi nomi –Yuqori Daryo
boshqarmasi, Tojikiston Respublikasi Qo‘rg‘ontepa shaharida joylashgan) 8 suv
oluvchi inshootni ishlatadi, Vaxsh, Pyandj, Kofirnigon daryolaridan Amudaryoning
Kelif gidropostigacha bo‘lgan 246 km uchastkasidan suv olishni nazorat qiladi.
-
Turkmanobod
gidrouzellar
boshqarmasi
(yangi-nomi
O’rtadaryo
boshqarmasi, Turkmanistonning Turkmanobod shahrida joylashgan) Amudaryoning
Kelif gidropostidan Darg‘onati gidropostigacha bo‘lgan uchastkasida suv olishni
nazorat qiladi, balansida 8 yirik daryo gidrouzeli bor.
-
Amudaryo respublikalararo kanallar boshqarmasi (Upradik, Urganch shahrida
joylashgan) 11 daryodan suv olgich inshootlar, magistral kanallardagi 52
gidrotexnika inshootini, 385 km magistral kanallarini ishlatadi, Amudaryoning
Tuyamo‘yin gidrouzelidan Qipchoq gidropostigacha bo‘lgan uchastkasi (167 km)
bo‘ylab suv olishni nazorat qiladi. Tarkibida Toshsaka, Qilichniyozboy va Qipchoq-
Bo‘zsuv yirik sug‘orish tizimlari mavjud.
-
Nukus gidrouzellar boshqarmasi (yangi nomi – Pastkidaryo boshqarmasi,
Qoraqolpog‘iston Respublikasini Taxiatosh shahrida joylashgan) Taxiatosh
gidrouzeli, Xon-yop va Jumaboysaka kanallarini daryodan suv olgich bosh
41
inshootlarni ishlatadi, Amudaryoni Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha
bo‘lgan (283 km) uchastkasida suv olishni nazorat qiladi.
«Amudaryo» va «Sirdaryo» XSXB lari Qozoqiston, Qirg‘iziston, Tojikiston,
O’zbekiston Respublikalarining ajratmalaridan moliyalashtiriladi.
«O’zbekenergo» DAK markaziy apparatida elektrostansiyalardan foydalanish
boshqarmasi tuzilgan bo‘lib, u O’rta-Chirchiq, Qadriya, Toshkent, Pastki-Bo‘zsuv,
Chirchiq GESlar kaskadi va Farxod GESi hamda Andijon, Samarkand elektr
tizimlari ma’suliyati cheklangan aksionerlik (MAJ) jamiyatlari orqali mavjud 28
GES ni ishlatishni tashkil qiladi. Bu ob’ektlarni kapital ta’mirlanishi va qayta
qurilishi bilan bog‘liq loyiha ishlari «Gidroloyiha» MAJ loyiha institutida bajariladi.
GESlar kaskadlarida gidrotexnika inshootlarini ishlatish bilan gidrotexnika
sexlar shug‘ullanadi. Ularning tarkiblariga ekspluatatsion va ta’mirlash-qurilish
brigadalari bilan ta’mirlash-ekspluatatsiya uchastkalari, kuzatuvchilar guruhi,
yordamchi uchastka va bo‘linmalar (ustaxona, omborxona va boshq.) kiradi.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Tuyamo‘yin, Andijon, Darg‘om
kanali 84-PK dagi kichik GESlar vazirlikning «Suvenergo» direksiyasi tomonidan
ishlatiladi. Shu direksiya qurilayotgan GESlarni qurish bo‘yicha buyurtmachi ham
hisoblanadi.
Ekspluatatsiya xizmatining ishi qaysi ob’ektda bo‘lmasin, mos ravishda,
ma’lum bir qoidalar, ko‘rsatmalar, nizomlar, me’yoriy hujjatlar bilan tartibga
solinadi.
Bundan tashqari gidrotexnika inshootlarini ishlatish bilan band shaxslarning
lavozimiy ko‘rsatmalari mavjud bo‘ladi. Namunaviy nizomlar ekspluatatsiya
xizmatining barcha boshqarmalari va guruhlari orasidagi o‘zaro munosobatlarni
tartibga soladi.
Dostları ilə paylaş: |