Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Mavjud gidrotexnika inshootlari va ularning kompanovkalanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

2.3.1.Mavjud gidrotexnika inshootlari va ularning kompanovkalanishi 
bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar

 
 
Gidrotexnika inshooti loyihalangan, qurilgan va ishga tushirilgan bo‘lsa, shu 
inshootni ishlatadi, bu gidrotexnika inshootlarini kompanovkalanishiga ham 
taalluqlidir. 
Shuning uchun biz, bu yerda, o‘quvchi tassavur qilishiga imkon yaratish 
maqsadida Respublikadagi mavjud gidrotexnika inshootlarining ba’zi birlari va 
ularning kompanovkalanishini hamda ulardan foydalanuvchi tashkilotlar haqida 
qisqacha ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz.
Yuqori Zarafshon suv olish uzeli
yoki ikkinchi nomi - Rovotxo‘ja to‘g‘oni, 1930 
yilda ishga tushirilgan, Zarafshon daryosida, Samarqand viloyatining Rovotxo‘ja 
qishlog‘ida joylashgan, chap qirg‘oq – Yangi Darg‘om va o‘ng qirg‘oq kanallariga 
suv olish maqsadida qurilgan. Yangi Darg‘om kanali Samarqand viloyatidan 
tashqari Qashqadaryo – viloyatining Eski Anhor kanaliga, chap qirg‘oq kanali esa 


31 
Jizzax viloyatiga Eski Tuya tortor kanal orqali suv beradi. Chap va o‘ng qirg‘oq 
kanallarining har birini suv o‘tkazish qobiliyati 110 m
3
/s.
Gidrouzel tarkibiga (1) o‘zi orqali suvni tushiruvchi yaxlit to‘g‘on (vodoslivnaya 
plotina), 2) to‘g‘onning suv tushiruvchi qismi bilan bir chiziqda joylashgan 
cho‘kindilarini yuvuvchi ikki ( chap qirg‘oq va o‘ng qirg‘oq) shlyuzlar, 3) ikki 
magistral kanallarni bosh tartibga soluvchi (regulyator) (chapqirg‘oq va 
o‘ngqirg‘oq) inshootlari, 4) yuqori o‘ng qirg‘oq okimni yo‘naltiruvchi damba, 5) 
o‘ng qirg‘oq suvni ushlab turadigan damba va 6) ikkala kanalning bosh qismi kiradi. 
Gidruzel 1350 m
3
/s suvni o‘tkazishga hisoblangan, kompanovkasi Hind daryosidagi 
Sakkur barraji nusxasidan olinganligi uchun suv olishning xind turiga mansub suv 
oluvchi gidrouzel hisoblanadi. Bu turdagi gidrouzel Respublikada yagona bo‘lib, 
oqib kelayotgan (vlekomыe nanosы) oqizindilarni maxsus daryo suv tindirgichi – 
cho‘ntak (karman) da ushlab qolish, so‘ng esa u yerdan oqizindilarni gidrouzelning 
pastki b’efiga gidravlik yuvish orqali tushirib yuborishga mo‘ljallangan.
Gidrouzelni Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli 
«Zarafshon» magistral tizimi boshqarmasining yuqori Zarafshon suv olish uzelidan 
foydalanish boshqarmasi ishlatadi.
Gidrouzelning asosiy kamchiligi – turg‘un bo‘lmagan suv olishdir. Bu 
kamchilikning kelib chiqishiga kanallarga tushayotgan oqizindilar, ularni 
karmanlarda yig‘ilib qolgan qismini yuvib chiqarish uchun shart- sharoitlarni 
yetishmasligi, pastki befga tushgan oqizindilar suv sathini oshirib yuborib 
karmanlarni yuvishini qiyinlashtirayotganligi va boshqa bir qancha sabablarni 
keltirish mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin