Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Gidrotexnika inshootlarida suv taqsimlash ishlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

2.3.5. Gidrotexnika inshootlarida suv taqsimlash ishlari 
 
Suv taqsimlash ishlari faqat suv xo‘jaligi tashkilotlarida amalga oshiriladi, uning 
tartibi quyidagiga bo‘ladi:
1.(Fermer, dehqon) xo‘jaliklarining suvdan foydalanish rejalari (SFR)ni suvdan 
foydalanuvchilar uyushmasi (SFU) xududi bo‘yicha tuzishda qatnashiladi hamda 
SFU xo‘jaliklarida quyidagi kerakli me’yoriy hujatlar bo‘lishiga erishiladi:
a) SFU xizmat ko‘rsatadigan yerning (xaritasi) rejasi, unda har bir fermer 
(dehqon) xo‘jaliklarning chegaralari, xo‘jaliklarni sug‘orish ichki tarmoqlari, 
sug‘orish uchastkalarining tartib raqamlari, kollektor–drenaj tizimi (KDT) va suv 
tashlash tarmog‘i, suv olish nuqtalari, gidrotexnik inshootlari,
gidropostlar, yo‘llar, o‘rmon – daraxtzorlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;
b) Sug‘oriladigan yerning ekin maydonlari va gidromodul hududi
ko‘rsatilgan hamda tuman hokimiyatidan tasdiqlatib olingan rejasi;
v) Gidromodul hududlari bo‘yicha ekinlarni sug‘orish tartibi (rejimi):
2. SFU tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan xo‘jaliklar uchun tuzilgan (suv 
taqsimlash nuqtalari bo‘yicha) SFRni tumanlar hokimiyatlaridan tasdiqlatib olinadi;
3.Tuman (tumanlararo) suvdan foydalanish jamlanma rejasi ishlab chiqiladi, 
so‘ng Boshgidromet (yoki uni joylardagi tashkilotlari)dan SFR tuzilayotgan yil 
uchun suv manbasining tartibi (rejimi) olinadi;
4.Sug‘orish tarmog‘ining (o‘tgan yillarda o‘lchab olingan yoki boshqa usullarda 
aniqlangan) foydali ish koeffitsiyentini inobatga olib:
a) Suv manbasidan (dekadalar bo‘yicha) kelishi kutilayotgan suv sarfiga SFRni 
solishtirib ekilishi mumkin bo‘lgan maydonga aniqlik kiritiladi va uni tumanlar 
hokimiyatlariga bildiriladi, 
yoki
b) Suv ta’minoti 75 foizdan kam bo‘lganda suv ta’minotini yaxshilash 
(almashlab sug‘orish, kechasi sug‘orish, sug‘orib ishlov berish, yer osti suv 
zahiralaridan foydalanish va b.sh.o‘.) usullarish qo‘llash tavsiyalarini berib, suv 
taqsimlash limiti va suvni (dekadalar bo‘yicha) taqsimlash rejasi ishlab chiqiladi 
(tuziladi), uni vazirlikdan tasdiqlatib olinadi.
5.
Sug‘orish mavsumi boshlanguncha xo‘jaliklarni yerlarni o‘z vaqtida 
tekislash, sug‘orish texnikasini tayyorlash, vaqtinchalik ariqlar, jo‘yaklarni kerakli 
uzunlikda oldirish, suvchilarni malakasini oshirish, sug‘orishga tayyorgarligini 


50 
nazorat qilish, lozim bo‘lsa kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha ishlarini o‘rganib 
chiqib (hokimiyatlarga bildirish sharti bilan) dalolatnomalar tuziladi.
6.
Xo‘jaliklararo kanallar, xo‘jaliklarning ichki ariq, kanal va zavurlarini 
tozalanganligi, gidropostlarini tayyorligi va
shahodatlashdan o‘tkazilganligini
tekshirib chiqib tavsiyalar beriladi.
7.
Inshootlardan SFRda ko‘zda tutilgan suv sarfini (limitini hisobga olib) 
ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkazib borish va suv taqsimlash amalga oshiriladi.
8.
Suv berish bilan birga kanallarni (dekadalar bo‘yicha) FIKni o‘lchab aniqlab 
boriladi.
9.
Suv berish va qabul qilib olish jurnallari tutiladi, suv berishni hisobi olib 
boriladi hamda suvdan foydalanish nazorat qilinadi, suvdan foydalanish natijalarini 
har 10 kunda tahlil qilib boriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin