56
2.4-rasm Bir supachali markazdan kochma
nasosni sxemasi
2.4- rasmda bir
taraflama kirishli nasosni
sxemasi ko‘rsatilgan. Nasos uskunalarida ikki
taraflama
kiruvchi
nasoslardan
ham
foydalanadi. Markazdan kochma nasoslar bir
supachali (bitta ishchi g‘ildirakli), yana
ko‘psupachalik (ko‘p g‘ildirakli) bo‘lishlari
mumkin. O’qni konstruktiv joylashishi bo‘yicha nasoslar gorizontal va vertikalga
bo‘linadi.
Nasoslarni asosiy ishchi parametrlari uni xarakteristikasi bilan aniqlanadi.
Nasosni xarakteristikasi deb asosiy parametrlar (bosim N, quvvat N, ish unum
koeffitsiyenti η va cheklangan vakuummetr so‘ruvchi balandlik yoki kavitatsion
zahira ∆h dan) larni nasosni suv uzatishi Q bilan bog‘liqligidir. Bu vaqtda
ishchi g‘ildirak D ni aylanish chastotasi n bo‘ladi.
2.5-rasmda D1250 – 65 tipli mark.qochma nasosni, g‘ildirak diametri D=460,
430 va 400 mm bo‘lgan aylanish chastotasi 1450 ayl/min,
ishchi xarakteristikasi
ko‘rsatilgan.
Xarakteristikalar Q – N yassi yoki ko‘taringan, uzluksiz pasaygan (stabil) yoki
oldin ko‘tarilgan, keyinroq esa pasaygan bo‘lishi mumkin.
Xarakteristikalar ko‘rilib chiqilganda shu ko‘rinadigan markazdan kochma yoki
o‘qli nasoslarni ishchi parametrlari keng diapazonda o‘zgaradi. Shu bilan birga suv
berish ko‘paysa bosim pasayadi, suv berishni kamayishi bosimni ko‘tarilishiga olib
keladi. Napor xarakteristikasini Q – N ni ishchi zonasini chegarasi vertikal terichalar
bilan ko‘rsatilgan yoki boshqa yo‘l bilan.
Nasos agregetlari va uskunalari avtomatik ravishda ishga tushirilganda
boshqaruv signali har bir agregat va uskunaga alohida mexanizmlarni ketma ket
ishga tushiradi, to‘xtatadi va normal ish holatlarini ta’minlaydi. Agregatlarni avariya
holatlarida ishdan to‘xtab kolishi, to‘liq ishdan chiqish holatlarini avtomatik
himoyalash va signallash vositalari bilan ta’minlanadi.
Bundan tashqari nasos
stansiyalarida bir qator markazlashgan uskunalar va suv ta’minoti , vakuum tizim,
ventilyatsiya, isitish tizimi ham avtomatlashtirilishi zarur.
57
2.5-rasm.Markazdan kochma
nasosning ishchi tavsifnomasi
2.6-rasm. Markazdan qochma nasos
ish tartibini rostlash: a- miqdor
jihatdan; b- sifat jihatdan.
Nasos stansiyasining belgilangan texnologik jarayeni sug‘orish tizimining
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi sifatida quriladi. Avtomatlashtirilgan nasos
stansiyalarida nasos agregatlari va markazlashtirilgan uskunalar operativ xizmat
xodimlari tomonidan beriluvchi birlamchi impulslar asosida boshqariladi. Bu holda
aloxida uskunalar avtomatik rejimda ishlaydi. Bunday uskunalar soni ekspluatatsiya
rejimlari asosida aniqlanadi.
Programmali boshqaruvda maxsus programmali uskuna yordamida barcha
agregat va mexanizmlarning ishchi rejimi moslanadi( masalan bir yoki bir
nechta
dastur avtomatik ravishda amalga oshiriladi). Programmali boshqaruvda
avtomatlashtirilgan tizimdan farqli ravishda xizmatchi xodimlar aloxida
agregatlarning ishini boshqarmaydilar. Programmali qurilma ishga tushgandan
so‘ng stansiya avtomatik rejimda ishlay boshlaydi.
Avtomatik stansiyalarda barcha operatsiyalar xizmatchi xodimlarsiz
bajariladi. Ish jarayoni rejimlari maxsus datchiklar va avtomatik rostlash tizimlari
asosida amalga oshiriladi ( masalan, metrologik parametrlar asosida ehtiyojga ko‘ra
va boshqarishga ko‘ra sug‘orish).
Nasos stansiyasining ish rejimi sugorish tizimining avtomatlashtirilish
darajasiga bog‘liq. Gidromeliorativ tizimlarida qo‘llanuvchi nasos stansiyalarining
bir necha asosiy turlari mavjud:
asosiy nasos stansiyalari, suv tortish nasos
stansiyalari, suv tortish nasos stansiyalari kaskadlari, quritish va quritish –sug‘orish
nasos stansiyalari;
Berilgan har bir nasos stansiyasi sug‘orish tizimining avtomatlashtirish
darajasi va texnologik ish tartibiga ko‘ra yarim avtomatik, programmali va
avtomatik ish rejimida ishlashi mumkin.
58
Agar tizimga beriluvchi sarf oldindan ma’lum bo‘lmasa,
ulangan
iste’molchilar soniga ko‘ra nasos stansiyalari avtomatik rejimda ehtiyojga ko‘ra
ishlaydi. Quritish stansiyalari ham avtomatik rejimda quritilayetgan kollektor
sifatida ishlaydi.
Nasoslarning ishini rostlash usullari
. Nasos uskunalarini ishlatish
jarayonida ko‘p hollarda
Q
suv mikdori holatini o‘zgartirish yoki
H
1
balandlik
o‘zgartirilganda uning o‘rnatilgan qiymatini saqlab turish talab etiladi.
Nasoslarning ishini rostlashning asosiy usullaridan biri qarshilikni oshirish,
ya’ni bosim liniyasiga o‘rnatilgan maxkamlovchi
yoki maxsus rostlovchi
armaturaning ochilish darajvsini kamaytirish hisoblanadi ( surgichlar, diskli
zatvorlar ). Nasosning ishini bunday rostlash usuli miqdor jihatdan o‘zgartirish deb
yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: