“KIMYOVIY TEXNOLOGIYA VA METALLURGIYA” FAKULTETI “METALLURGIYA “KAFEDRASI 1BS-21MET guruh talabasi Abduqayumov Shaxzodning “Metallar resiklingi” fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
1
Mavzu:turli xil chiqindilarni qaynoq namlab bolaklash
Ruda va boyitmalarning mayda zarrachali materiallariga flus komponentlari qo‘shilishi natijasida tayyorlangan shixtalarni zichlashtirishning yana bir usuli bu granulalash usulidir. Granulalash bu ruda va boyitmaning mayin fraksiyalarini keyingi qayta ishlash jarayonlarida o‘zining o‘lchamini va formasini yoqotmaydigan mustahkam shar ko‘rinishidagi granulalar olish jarayonidir. Granulalash o‘z ichiga quyidagi uchta jarayonni olgan:
Birinchi jarayon dastlabki materiallarni yanchish, granulometrik tarkibi boyicha tayyorlash, namlash yoki quritish va shixta komponentlarini aralashtirish bosqichlarini o‘z ichiga olgan. Granulalash jarayonining natijasiga dastlabki shixtaning namligi ta’sir qiladi. Namlikning optimal ko‘rsatkichi 6–12% teng. Granulalash jarayoni korxonalarda maxsus dastgohlarda amalga oshiriladi. Bularga aylanma barabanli, likopchali hamda likopchasifat granulatorlar misol bo‘ladi (78 a, b-rasm).
Barabanli granulator uzunligi 9–10 m, diametri 3 m bo‘ladi. Gorizontal yuzaga nisbatan 2–10 0 burchak ostida o‘rnatiladi. Ikkinchi dastgoh likopchali granulator, uning aylanma diametri 3-5 m ni tashkil etadi va ichki qismi maxsus bo‘limlardan iborat. Vertikal o‘qqa nisbatan 30–50 0 burchak ostida o‘rnatiladi. Uning aylanish tezligi 5–15