Chingizxon va Muhammad Xorazmshoh o’rtasidagi elchilik munosabatlari. Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasida bir-birining kuchqudratini bilib olishga va bu haqda ma’lumotlar to‘plashga harakat qilinadi. Ikki o‘rtada hatto elchilik aloqalari o‘rnatiladi. Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o‘z elchilarini yuboradi.Elchilarni Chingizxon iltifot bilan qabul qiladi. Hatto elchilardan u Sulton Muhammadni G‘arbning sohibqironi (G‘arb mamlakatlari yerlarining sultoni), o‘zini esa Sharqning podshosi deb hisoblashini Xorazmshohga yetkazishlarini so‘raydi.Chingizxon qimmatbaho sovg‘alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o‘z elchilarini Xorazmga yuboradi. Elchilarga xorazmlik savdogar Mahmud Yalavoch boshliq qilib tayinlanadi. Chingizxon elchilarini Sulton Muhammad 1218-yilning bahorida Buxoro shahrida qabul qiladi. Elchilar Chingizxon Sulton Muhammadni qudratli podshoh sifatida bilib, uni o‘zining eng ardoqli o‘g‘illari qatorida ko‘rishi hamda u bilan do‘stona shartnoma tuzishga roziligini aytadi. Eng ardoqli o‘g‘illari qatorida ko‘rish “iltifoti”, shubhasiz, Sharq ustomonligida “Chingizxonning Xorazmshohni o‘ziga qaram qilib olish niyati bor” degan ma’noni anglatardi. O‘zini Iskandari soniy (Ikkinchi Iskandar) deb hisoblab yurgan podshoga bunday “istiqbol” sira yoqmas edi. Xorazmshoh Mahmud Yalavochni tunda xufiyona o‘z huzuriga chaqirtirib keladi. Elchiga xorazmlikbo‘lgani uchun Chingizxonga emas, balki Xorazm shohigaxizmat qilishini, Chingizxon to‘g‘risidagi bor haqiqatniaytishini, keyinchalik xon qarorgohida Xorazmshohning josusibo‘lib qolishini talab qiladi.