Mezolit (o’rta tosh) davri


(yangi tosh) davri va bu davr yodgorliklari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə224/293
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#43010
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   293
Mezolit (o’rta tosh) davri-fayllar.org

(yangi tosh) davri va bu davr yodgorliklari. Neoli yunoncha so’z bo’lib “neos” yangi “litos” tosh yani yangi tosh davri ma’nosini anglatadi. Neolit davrida qurollar ishlash texnikasida tub o’zgarish - inqilob sodir bo’ldi. Yangi tosh qurollari orqali silliqlash, pardozlash, parmalash usullari ixtiro etildi. Hunarmandchilikning sopol buyumlar yasash tarmog’i vujudga keladi. Shuning uchun bu davrni «sopol asri» ham deyishadi. Neolit davrida odamlar hayotida chorvachilik va dehqonchilik vujudga keladi va xo’jalikda asosiy o’rinni egallaydi. Urug’ jamoalari echki, qo’y va qoramollardan iborat qo’ra-qo’ra chorva mollariga, don-dun zahiralariga ega bo’ladilar. Urug’ jamoalari ozuqa izlab ko’chib, daydib yurishdan o’troq hayot kechirishga o’tadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar yasash odamlarning turmush tarziga aylanadi, qishloqlar vujudga keladi. Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar o’rniga jun va o’simlik tolasidan to’qilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadigan bo’ladilar. Hunarmandchilikda to’qimachilik, tikuvchilik tarmog’i ham paydo bo’ladi. Neolit davri mehnat qurollari 1.Tosh bolta, pona, iskana; 2.Motiga (ketmon-tesha). Motiga dehqonchiligi; 3.Chaqmoq toshga tig’ o’rnatilgan suyak o’roq; 4.Toshdan yasalgan don yorg’uchoq; 5.Loydan qo’lda yasalgan va pishirilgan sopol idishlar; 6.Zig’ir tolasi va jundan ip yigiruv urchuqlari, mato to’quv dastgohlari yasaldi. Neolit davri qabilalari xo‘jaliklar shakllanishiga qarab Joytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyatiga bo‘linadi. Kaltaminorliklar hayoti, xo’jalik mashg’ulotlari va turmush tarzini o’rganish, uning miloddan avvalgi 5-3 ming yilliklarga doir arxeologik madaniyat ekanligini ko’rsatdi. Kaltaminor madaniyatining eng muhim manzilgohlaridan biri Jonbosqal‘a hisoblanadi.Bu madaniyatga mansub odamlar termachilik, hayvonlar hamda baliq ovlash bilan kun kechirishgan. Jotun madaniyatigaa mansub axolisi esa asosan dehqonchilik chorvachilik va qisman ovchilik bilan shug‘ullangan. Hisorliklar sopol idishlar yasab asosan chorvachilik, ovchilik va qisman termachilik. bilan shugullanganlar.



  • Yüklə 0,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   293




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin