. Odamzod paydo bo‟lishi xususidagi qarashlar va nazariyalarJamiyatshunos va tabiatshunos olimlar er sharida hayotning paydo bo’lishi, odamlarning vujudga kelishi, muammolari ustida uzoq yillardan beri tadqiqot ishlari bilan shug’ullanib kelmoqdalar. Bu haqda diniy va dunyoviy ta’limotlar, rivoyatlar mavjud. Xristian dini odamzod xudo tomonidan bundan 7 ming yil burun qizilloydan yaratildi,dastlabki odamlar Adam va Evadan tug’ilgan deb ta’riflaydi. Islom dini odamning Olloh tomonidan tuproqdan yaratilib, unga jon kiritilgani, dastlabki odamlar Odam Ato va Momo Havo bo’lganligi haqida, ularning qachon yaratilganligini Ollohdan o’zga hech kim bilmaydi, bu yolg’iz ungagina ayon degan g’oyani ilgari suradi. Yunon olimi Arastu odamning paydo bo’lishini erda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayoni bilan bog’lab tushuntiradi,odamzod oddiydan murakkabga, hayvonot olamidan odamzod dunyosiga o’sib chiqdi, deb ta’kidlaydi. Jeyms Manboddo odam oliy turdagi maymunsimon odamdan vujudga kelgan, degan g’oyani ilgari suradi. Ingliz olimi Charlz Darvin evropalik arxeologlarning Gibraltar qoyasi, Germaniyaning Neandertal vodiysi va Avstriyadagi tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilib, odamlarning ajdodlari daraxtda yuruvchi eng oliy turdagi maymunsimon odamlar /driopiteklar/ bo’lganligi haqidagi evolyutsion nazariyani ilgari suradi. sayyoramizda odamzodning qachon va qanday paydo bo’lgani haqida aniq, uzil-kesil fikr yo’q deyish mumkin, bu muammoligicha qolmoqda