11
Yon tomonga yotish holati
Agar siz qorinni yorish orqali tuqqan bo‘lsangiz, o‘tirish siz uchun
noqulay bo‘lsa yoki emizish vaqtida dam olmoqchi bo‘lsangiz, bu
holatdan foydalanishingiz mumkin. Biroq oziqlantirgandan keyin
chaqalog‘ingiz bilan uxlab qolmaslik kerakligini yodda tuting; uni
krovatchasi yoki belanchagiga joylashtiring.
1.
Chaqalog‘ingiz sizga qarab turgan holda yon tomonlama
yoting .
2.
Uning badanini bo‘sh qo‘lingiz bilan va boshini kaftingiz
bilan ushlang .
3.
Chaqalog‘ingizni yaqinroq torting va uning og‘zini
ko‘kragingizga olib boring .
4.
Chaqalog‘ingiz yopishib olganidan keyin pastdagi qo‘lingiz
bilan boshingizni tutib turing va yuqoridagi qo‘lingiz va
kaftingiz bilan chaqalog‘ingizni ushlab turing .
Dostları ilə paylaş: |