3. Ishchi kitoblarini tasvirlash, ko`rib chiqish va birgalikda qo`llash
Ishchi kitoblarida har xil grafik obyektlarni namoyish etish ish varaqlari va diagrammalarning tashqi ko`rinishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Grafik obyektlarni namoyish etish bir qancha usullar bilan keltiriladi:
- "Chizish" uskunalar paneli yordamida (bu erda xuddi WORD kabi ishlashni ta`kidlash lozim);
- faqat ishchi, diagramma, muloqot varaqlarida chizish mumkin. Uskunalar panelini "sichqoncha" ning o`ng tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.
Rasm chizish.
Grafikni import qilish, masalan rasmlarni boshqa asarlardan ko`chirish uchun:
a) tayyor rasmni "qo`yish" menyusidan Rasm buyrug`ini tanlash bilan amalga oshiriladi;
b) grafik obyektni qo`yish - "qo`yish" menyusidan Obyekt buyrug`ini tanlash. EXCEL da grafik obyektlar bilan ishlash yuqoridagiga nisbatan engil.
Grafik obyektlar bilan ishlashni foydali bilish uchun obyektning kontekstli menyusidan foydalanish qulay, grafik obyekt o`ng tugmani("sichqoncha"da) bosib chiqariladi. Yana bir ish kitobida axborotni namoyish etishni engillashtiruvchi obyekt-bu matnli maydon. Matnli maydon -ichida matn bo`lgan to`g`ri to`rtburchak, ish qog`ozida yoki diagrammada ma`lumotlarni ajratish uchun ishlatiladi. Matnli maydon tuzish uchun uskunalar panelidagi "Matnlar maydoni" tugmasidan foydalaniladi. "Sichqoncha" bilan kerakli kattalikdagi to`g`ri to`rtburchak va matn kiritiladi. Matnli maydonni yo`qotish esa DEL (DELETE) bilan amalga oshiriladi. Agar maydonda faqat matn ajratilgan bo`lsa, maydonning o`zi emas, faqat matn yo`qoladi. Grafik obyekt kabi matnli maydonni xam formatlashtirish mumkin: Maydonning ramkasini o`zgartirish Format menyusining Obyekt buyrug`idan foydalanib, matnni aylantirish mumkin (ish qogozida). Grafik obyektlarni nusxalashtirish, qirqish, qo`yish, yo`qotish, formatlashtirish mumkin.
Ish kitobidagi keraksiz matnni chiqarib tashlash uchun, ma`lumotlarni va unda joylashgan axborotni ko`rib chiqishni EXCEL ish kitobi 3 darajali himoya bilan ta`minaydi:
- parol yordamida himoya qiladi, parol bilmagan foydalanuvchi ish kitobidan foydalana olmaydi;
- yozuvdan himoya qilish har qanday foydalanuvchiga ish kitobini ochishga ruxsat beradi, ammo unga o`zgartirish kiritish uchun parolni bilish kerak;
- faqat oddiy o`qish uchun himoya tanlashga imkon beradi, ish kitobini ochish faqat o`qish uchun yoki o`qish va yozish uchun.
Parolning o`rnatilishi: "Fayl" menyusi, "Qanday saqlash" buyrug`i;
- himoya qilinishi kerak bo`lgan ish kitobini ochish;
- "Fayl" menyusida "Qanday saqlash" buyrug`ini tanlash, keyin parametrlar tugmasini bosish;
- himoya darajasini tanlash;
- himoyani faollashtirish uchun kitobni yoping (aytish kerakki, parolni unutmaslik lozim, ish kitobini boshqa usul bilan ochish mumkin emas). Parolning olinishi:
- parol olinadigan ish kitobini ochish;
- "Fayl" menyusida "Qanday saqlash" komandasini tanlash;
- parametrlar tugmasini bosish;
- parol oynasiga parolni kiritish;
- parolni yo`qotish uchun DELETE ni bosish;
- muloqot oynasida "Saqlash" va OK ni bosish;
- ma`lumot paydo bo`lgan oynada OK ni bosish.
Ish kitobini istalmagan ko`rishdan himoya qilishning boshqa usuli -bu ish kitobini yashirishdir. Ish kitobini yashirish uchun:
- yashirish kerak bo`lgan ish kitobini ochish;
- "Oyna" menyusidan "Yashirish" buyrug`ini tanlash. Ish kitobini yashirishni bekor qilish:
- "Oyna" menyusidan "Ko`rsatish" buyrug`ini tanlash;
- yashirilgan ish kitoblari ro`yxatidan ish kitobini tanlash;
- OK ni bosish.
Varaqni yashirish o`rnatmasi:
- yashiriladigan qogozni faollashtirish;
- "Format" menyusidan "Varaq" buyrug`ini tanlashdan keyin Yashirish buyrug`ini tanlash.
Varaqni yashirishni bekor qilish:
- format menyusidan "Varaq" buyrug`ini tanlash, keyin ko`rsatishni tanlash;
- yashirilgan varaqlar ro`yxatidan varaqni tanlash;
- OK ni bosish.
3. Ish kitoblaridan biriga foydalanish ish kitobidagi faylni elektron pochta orqali uzatadi. Uzatish uchun Microsoft Mail dasturi kerak bo`ladi. Apparat ta`minoti: modem.
Uzatish jarayoni:
- "Fayl" menyusidan "Jo`natish" komandasini tanlash;
- xizmat maydonini axborot bilan to`ldirish uchun sistemangizdagi elektron pochtani va axborotni jo`nating.