4. Diagramma. Diagrammalarning asosiy elementlari. diagrammalarni joylashtirish
1. Diagramma - ishchi varaq ma`lumotlarini grafik (sxematik) tasvirlash (mavzuni tushuntirishda jadval va shu ma`lumotlar asosida tuzilgan diagrammalar chizilgan plakatlardan foydalanish ma`qul). Bunda o`quvchilardan ma`lumotlarning o`zgarishi qaysi birida yaqqol ko`rsatilganligini so`rash lozim. Xuddi shu maqsadda EXCEL bo`yicha joylashtirilgan darslikdan foydalanish mumkin. Diagrammani ishchi varaqda yaratish mumkin va uni shu holda tatbiq etilgan diagramma deb atash mumkin. Lekin uni alohida varaqda ham yaratish mumkin. Bu holda uni diagrammalar varag`i deb atash mumkin. Diagrammalar ma`lumotlarini ko`rgazmali o`rganish, tahlil va taqqoslashning ma`lumotlar bilan bevosita bog`liqligi, bu ma`lumotlarni o`zgartirish diagrammada avtomatik tarzda o`zgarishlarga olib kelishini albatta ta`kidlash lozim. Diagramma turlari (EXCEL yordamida berilgan bir necha avvaldan tayyor turli diagrammalardan namoyish qilish uchun foydalaning):
- grafikli ;
- chiziqli;
- gistogramma;
- nuqtali;
- dumaloq;
- xalqasimon;
-hajmli diagrammada (grafik, gistogramma, sohali, chiziqli, hajmli, yuzali, dumaloq).
Hammasi bo`lib EXCEL 14 turli diagrammalarni taklif etib, ular ma`lumotlarni aniq va tushunarli ravishda ifodalashga imkoniyat yaratadi. Diagrammaning asosiy elementlari:
a)diagrammani yaratishda ishchi varaqda ajratilgan yacheykalarning qiymatlari foydalaniladi va EXCEL ularni ma`lumotlarning elementlari (manbai ishchi varaq katakchalaridan iborat bo`lib, diagrammada ifodalangan alohida qiymatlar) ko`rinishida ifodalaydi. Ma`lumotlarning elementlari (masalan, o`zgarish foizi) yo`l, chiziq, ustun, sektor, nuqta yoki boshqa ko`rinishida tasvirlanishi mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, bu shakllar ma`lumot markerlari deb ataladi (Shu erda albatta diagrammalarning har xil turlari misolida markerlarga namunalar keltiring). Ishchi varag`ida bir satr yoki ustundagi katakchalarni ifodalovchi ma`lumotlar elementlari yoki markerlar guruhi ma`lumotlar qatorini tashkil etadilar (diagrammada har bir ma`lumotlar qatori ajoyib rang bilan ajratilishini eslating. Tushuntirishda diagramma-lardan misol keltirish zarur. O`quvchilar jadvalda ham, diagrammada ham ma`lumotlar qatorini farqlay olishga majburdirlar, chunki bu bilimlar mustaqil ravishda diagrammalar tuzishda kerak bo`ladi);
b) afsona- afsonaning hoshiyasi va kaliti bo`lgan maxsus oyna bo`lib, ular diagrammada ma`lumotlar qatorini farq qilish imkoniyatini beradi;
v)diagramma nomi-foydalanuvchi tomonidan diagramma yaratishda berilib, ushbu diagrammada qanday jarayon ko`rilayotganini ifoda etadi.
Ikkita hajmi tanlangan ma`lumotlarning ko`rinishiga qarab, ikkita yoki uchta o`qqa ega bo`ladigan ko`pchilik diagrammalar uchun ma`lumotlar U o`qi (boshqacha aytganda, qiymatlar o`qi, masalan, o`zlashtirish foizi, og`irligi yoki rivojlanishi bo`ylab), X o`qi esa kategoriyalar (oy, yil, firma nomi va hokazolar) o`qi deb ataladi. Ko`pincha diagrammalarda X o`qi gorizontal, U o`qi esa vertikal joylashadi. Ba`zi hollardagina diagramma-lar doirasimon va xalqasimon bo`lib, ularda umuman o`q bo`lmaydi. Chiziqli diagrammalarda o`qlar teskari joylashgan, nuqtali diagrammalar esa ikki o`q bo`ylab qiymatlarni akslantiradi. Hajmli (fazoviy) diagrammalarda Z (qiymatlar o`qi), X (kategoriyalar o`qi) va U (ma`lumotlar o`qi) o`qlari diagrammaning asosini shakllantiradi.
d) Elak- ko`rish sohasi orqali o`qda belgilangan joyda keltiriluvchi qo`shimcha chiziqlar. Elak diagrammada ma`lumotlarni ko`rib chiqish va baholashni engillashtiradi.
2. Diagrammalarni joylashtirish.
Diagrammani yaratish oldidan diagrammadan qanday foydalanishni ta`kidlash zarur.
Agar u ishchi varag`idagi ma`lumotlarga ko`rgazma uchun, masalan, hisobot tuzish uchun foydalanilsa, u holda joriy qilingan diagramani yaratish kerak.
Diagramma varag`i avtomatik tarzda o`zi asoslagan ma`lumotlarda ishchi varag`ining chap tomoniga joylashtiriladi. Diagramma varag`i taqsimot yoki o`qitish uchun mos keladi. Masalan, slayd yoki tarqatma materiallar tayyorlash, shuningdek chop etilgan materiallarni (masalan, ro`znomalardagi maqola va reklamalar) to`ldirish uchun mos keladi. Tatbiq qilingan va diagrammaning alohida varag`ida joylashgan diagrammalar o`zlari yaratilganda qo`llaniladigan ishchi varaqdagi ma`lumotlar bilan aloqadorligini ta`kidlab o`tish kerak.
Diagrammalarni joylashtirish usullari:
- Uskunalar panelidagi diagrammalar "Ustasi" (dastlab o`quvchilardan ishchi varaqda diagrammalar tuzish uchun mo`ljallangan ma`lumotlardan foydalanib, jadval (masalan, ushbu sinf o`quvchilarining oxirgi uch oy mobaynidagi matematika, fizika, ingliz tili va kompyuter savodxonligi asoslari predmetlaridan o`zlashtirish foizlari) tuzishni so`rang:
Ishchi varag`ida diagramma tuzilishi kerak bo`lgan, shu jumladan diagrammada qo`llanilishi zarur bo`lgan kategoriya va qatorlarni o`z ichiga olgan katakchalarni hisobga olgan holda, ma`lumotlarni ajratish (avvallo kategoriya va qatorlarga nimalar kirishini aniqlab olinsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Masalan,predmet-kategoriya, oy-qator, o`zlashtirish foizi-qiymat):
- Diagrammalar "Ustasi" tugmasini ("sichqoncha" kursorning shaklini kesishmada o`zgartiradi) bosing;
- diagrammaning joyini avtomatik tarzda tanlash uchun ishchi varag`i bo`yicha "sichqoncha" tugmasini bosing. Ishchi varagida diagrammaning joyini mustaqil ravishda berish uchun "sichqoncha" kursorining kesishmasini diagramma joylashishi kerak bo`lgan joyga qo`ying va diagramma qo`yilishi kerak bo`lgan, istalgan o`lchamdagi to`rtburchakni ajrating.
Kvadrat diagrammani aniq tuzish uchun SHIFT tugmasini bosing va "sichqoncha" kursorini yurgizgan vaqtda uni bosib turing:
- so`ngra diagrammalar "Ustasi"ning ko`rsatmasi bo`yicha ish tuting;
- navbatdagi qadam yoki oddingisiga qaytish uchun "Qadam" tugmasini bosing;
- diagramma tuzishning ixtiyoriy qadamida tamomlash tugmasini bosish avtomatik tarzda diagramma tuzishni tamomlashga olib keladi.
3. Diagrammani formatlash.
Diagrammaga ixtiyoriy o`zgartirishlar kiritish uchun dastlab uni faollashtirish kerakligini ta`kidlab qo`yish kerak. Diagramma faol bo`lganda, uning barcha buyruqlariga murojaat qilish imkoniyati tug`ilib, diagramma komponentlarini ajratish va unga kerakli o`zgartirishlar kiritish mumkin bo`ladi. Masalan, afsona va elakni qo`shish yoki olib tashlash, ma`lumotlar markazini formatlash, diagramma o`lchamlarini o`zgartirish yoki umuman olib tashlash mumkin.
Diagrammani faollashtirish:
- foydalanilayotgan diagramma faqat "sichqoncha" yordamida faollashtiriladi (diagramma bo`yicha ikki marta tugma bosiladi);
- diagramma varag`ini faollashtirish uchun zarur bo`lgan varaq bo`yicha bir marta "sichqon" tugmasi bosiladi;
Diagramma elementlarini formatlash usullari.
a) kontekstli menyu yordamida:
- "sichqoncha" tugmasini ikki marta bosish bilan diagramma yoki diagramma komponentini ajratish zarur. "Sichqoncha" ning o`ng tugmasi bosilib, kontekstli menyu paydo bo`lganda, uning chap tugmasini bosib, zarur buyruq tanlanadi.
"Format" menyusi yordamida:
- diagramma yoki uning komponentini ajratib, "Format" menyusi ochiladi. Birinchi buyruq ajratilgan komponentga mos keladi (masalan, agar afsona komponenti ajratilsa, u holda "Format" menyusidagi birinchi buyruq ajratilgan afsona bo`ladi). "Sichqoncha" ning chap tugmasi bilan buyruq bo`yicha amalga oshirish yoki ENTER tugmasini bosish kerak. Formatlashning muloqotli oynasida odatda bir necha varaq bo`lib, ularning soni va vazifasi ajratilgan komponentga bog`liq (yaratilgan diagramma misolida formatlash jarayoni ko`rsatilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi).
Dostları ilə paylaş: |