Ishchi kitob 1 dan 255 gacha bo`lgan miqdordagi varaqlardan tashkil topishi
mumkin. Yangi ishchi kitobi ochilganda, 1 varaq, 2 varaq, ... deb nomlanuvchi 16
varaq bo`ladi. Ishchi kitobi tarkibida varaqlarning quyidagi asosiy ko`rinishlari
bo`lishi mumkin:
a) ishchi varaq;
b) diagramma varag`i;
v) VISUAL BASIC tipidagi modul varag`i;
g) dialoglar varag`i.
Varaqlar nomlari ishchi kitobi oynasining pastki qismida darchada chiqadi.
Varaqdan varaqqa ko`chirish - "sichqoncha" kursorini kerakli varaq nomiga
keltirib, chap tugmasini bosish bilan bajariladi. Faol varaqning yorlig`ida varaq
nomi yarim qalin shrift bilan ajratilgan.
3. Ishchi varaqlar bilan ishlash uslublari:
a) 1.Varaqni joylash "Joylash" menyusida Ishchi varaq buyrug`i.
2. SHIFTQF1 tugmalari.
b) 1.Varaqni o`chirish- birinchi varaq yoki varaqlarni tanlash, o`chiriladigan
varaq ustiga SHIFTQ, agar qo`shni emas varaqlar bo`lsa, o`chiriladigan varaqlar
ustiga CTRLQ ni bosish.
2. To`g`rilash menyusidagi varaqni o`chirish buyrug`i.
v) varaqlarni qayta nomlash;
- Format Menyusida Varaq buyrug`ini tanlash, so`ng qayta nomlash, varaq
nomi maydoniga yangi nomni yozish;
- darcha ikki marta bosiladi va yangi nom yozib, ENTERni bosish kerak.
Dostları ilə paylaş: